Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
#ustozlar_bisotidan

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Ayriliq oni yaqindur, kema yo‘l bongin cholur,
Vah, meni tashlab firoqqa, yor yiroqqa yo‘l olur,
Jon borib jono bilan, sohilda bir jismim qolur,
Har qachonkim kemaga ul oy safar rahtin solur,
Mavjlig‘ daryo kabi oshufta ko‘nglim qo‘zg‘olur.

Men necha aytdim, ko‘ngul, jondin kechib yor sevma deb,
So‘ng yiroqqa ketsa tashlab, urma oh, dod dema deb,
Ketdi yor, bas endi, kim aytdi yoshingni tiyma deb,
Yig‘lama, ey ko‘z, nedin sohilga chiqmas kema deb,
Kim yoshing daryosidur har sorikim el ko‘z solur.

Yel turar, yig‘lar falak, bu guldurak ham barq dema,
Dardi hijronimni o‘krab so‘zlar osmon har kima,
Jism aro jondek omonat chayqalib borgay kema,
Titrabon siymobdek ko‘nglim, yetar jon og‘zima,
Tund yel tahriqidin har damki daryo chayqolur.

Ey falak, bas, yig‘lama, yo‘q foyda, ul oy kemada,
O‘rtada daryoyu men bu joyda, ul oy kemada,
Kelmas endi, oyda ne, ming oyda, ul oy kemada,
Sabr ko‘ngulda, ko‘ngil ul oyda, ul oy kemada,
Vahki, borib, termulib ko‘z, mungrayib jonim qolur.

Taskinim shulkim, kema ko‘zdan yo‘qolmabdur hali,
Bir nafas bor fursatim yor yo‘liga termulgali,
Oh, demay, saqlab nafas, qo‘zg‘olmayin turdim, vale,
Dam tutilgandin o‘lar eldek yetibman o‘lgali,
Surmasin deb kemasin, baskim, nafaslar asrolur.

Ey shamol, jim tur, samo jim, mavjudot, bir lahza jim,
Tingla, olam, tingla, odam, sen agar bo‘lsang-da kim,
Buldur ustoz pandi: siymin tandin o‘zga surma siym,
Kirma savdo bahriga olamdan istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg‘olur.

Sun qadah, bergil menga jonim haqin, ey piri dayr,
Kim qadahlar zarbidan chiqsin chaqin, ey piri dayr,
Bormi Erkinga ul ustozdin yaqin, ey piri dayr,
G‘arq etar bahri fano g‘am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

KAMTARLIK HAQIDA

Garchi shuncha magʻrur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin boʻl, hatto bir qadam
Oʻtma gʻurur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
Oʻpar doim peshonasidan.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

* * *
Koʻngli boʻshdir pok qizning,
Chunki shirin magʻizning
Yupqa boʻlar danagi.

©️Anvar Obidjon

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

KAMTARLIK HAQIDA

Garchi shuncha magʻrur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin boʻl, hatto bir qadam
Oʻtma gʻurur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
Oʻpar doim peshonasidan.

©️Erkin Vohidov

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

POʻLAT

U dastavval oybolta boʻldi,
Soʻng zambarak boʻlib quyildi.
Qilich ham u,
miltiq
va nagan,
U bomba ham boʻlib portlagan.
Lekin olgan jahonni faqat
Pero boʻlib quyilgach poʻlat.

©️Erkin Vohidov

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bisotidan

Qadrdon ovozlar

Erkin VOHIDOV

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

“TARBIYA”

Jiyan togʻasiga “jinnisan” desa,
Ota tanbeh berdi oʻgʻliga sekin:
Togʻang katta odam, kattani esa
Sizlash kerak, oʻgʻlim, “jinnisiz”, degin.

✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

📖VATAN, TO TANDA JONIM BOR...

Vatan, to tanda jonim bor,
Seningdirman, seningdirman,
Tanim xok oʻlsa ham sen yor,
Seningdirman, seningdirman.
Jahon kengdir, falak kengdir,
Yurak kengdir, chu sen borsan,
Seningsiz ikki dunyo tor,
Seningdirman, seningdirman.
Menga begona ellarda nasib gar
Oʻlsa yuz rohat
Chekay bagʻringda ming ozor,
Seningdirman, seningdirman.
Agar shodliklaring ozdir,
Meningdirsan, meningdirsan,
Magarkim gʻamlarim bisyor,
Seningdirman, seningdirman.
Bugun bor, erta yoʻq jismim,
Valek ruhim uchun mangu
Sening manguliging darkor,
Seningdirman, seningdirman.
Sening ishqing bilan yondim,
Ketar jonimda bu otash,
Seningdirman, yana takror,
Seningdirman, seningdirman.

✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Men jilg'aman
Erkin Vohidov
#ustozlar_bisotidan

✏️Erkin Vohidov - "Men jilg'aman"

📹She'rni shoirning o'zi o'qigan

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bisotidan

📖O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda,
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilamiz tortiq.

Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida,
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizdikda oshmasak bo‘ldi,
Ovropalik tog‘alardan ham.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

ONA TUPROQ

Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas
Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.

Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer

O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.

Yo‘q, mo‘tabar emas asli yer
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter
Mo‘tabardir qutlug‘ toza qon.

✍️Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ustozlar_bisotidan

🇺🇿VATAN QADRI

Chashma qoshida tiniq suv
Qadrini bilmas kishi,
Sayr etib gulshanda gulni
Koʻziga ilmas kishi.
Vah, bu ne gʻaflatki inson -
Koʻksida tutmish vatan,
Kim vatan ichra vatanning
Shukrini qilmas kishi.
Yurt nedir, yurt dogʻi nedir,
Yurtdan ayrilgan bilar,
Anglaguvchi yurt firoqin
Yurtda topilmas kishi.
Ey vatandoshim, eshit
Boburu Furqat nolasin,
Besabab anduh tigʻida
Bagʻrini tilmas kishi,
Bilma, farzandim, vatan hajrini,
Lek qadrini bil -
Kim vatan qadrini bilmas,
Angla komilmas kishi.

✍️ Erkin Vohidov
, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bisotidan

ONA TUPROQ

✍️ Enaxon Siddiqova, O'zbekiston xalq shoiri
🎤 Ma'mura Zohid, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈