Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Muslimaxon TOHIRJONOVА,
Erkin Vohidov ijod maktabining 9-sinf oʼquvchisi.

АNDА JON

Аndijon, Аndijon deb urar yurak ,
Ruhidan taralar sogʼinch hislari.
Uzoq Hindistonda armondan boʼlak,
Qolmadi hech hisi qoldi izlari.

Baʼzilar tuproqni tepib yurganda,
U yurtin bir goʼsha tuprogʼiga zor.
Baʼzilar otadan kechib ketganda,
U esa otasin sabogʼiga zor.

Bir zot yoʼq hislarin etmoqqa izhor,
Yurtsiz tor tuyular butun bir ochun.
Bir payt Аndijonni qoʼmsagandek zor,
Аndijon Boburni qoʼmsaydi bugun.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Ollohyor Erkinov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi

“BOBUR” TRAGEDIYASI

Buyuk shoh hamda shoir
Bobur ko‘shkida bir kun,
Chalinibdi bedavo
Dardga o‘g‘li Humoyun.

Ulug‘ shoh ko‘zin yoshlar,
Xudoga nola chekib.
Namoz o‘qidi tinmay
Qiblaga boshin egib.

Dedi, ey xunrez taqdir,
Sinovingga to‘ymayman.
Andijonni berdim, lek
O‘g‘lim berib qo‘ymayman.

Podshohning nidolari
Borib arshi a’loga,
O‘g‘li tuzalib, Bobur
Aylandi bedavoga.

Bobur shuncha yo‘l bosib
Qora kuniga yetdi.
Joni ketib bobosi
Temur yoniga ketdi.

Buyuk shoh hamda shoir
Bobur ko‘shkida bir kun.
Podshoh tobutin tongda
Chiqarishdilar mahzun.

O‘zbek halqi asli bu,
Buyuklarning shodasi.
Mana shunday jonfido
Bo‘lar o‘zbek otasi.



Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Avazbek Adhamjonov, Erkin Vohidov ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi

BOBUR G‘AZALIGA TAZMIN

Ne vafo umrimda ul jon-u, jahondin ko‘rgamen,
Kim vafo jondin ko‘ribdurkim, men ondin ko‘rgamen.

Ko‘nglim ichra tuman tutti ohimning dudidan,
Yorni oydek husnini endi qayondin ko‘rgamen?

Senga oshkora qilib erdim hama g‘am dardimi,
O‘zni so‘ng qullar yashar baytul hazandin ko‘rgamen.

Yor! Ko‘ngil misli xazonbarg-u shamol tortgay mudom,
Ayriliqning totini necha zamondin ko‘rgamen.

Meni avf etgil jafoyingdin sirishk aylar edim,
Ishq o‘ti birla ko‘zim yoshin har ondin ko‘rgamen.

Ishq elining ko‘nglini g‘aflat bila etma tuman,
Yorning aksini, Avaz, mohitobondin ko‘rgamen.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Muhammadjon Haydaraliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tamomlagan, yosh ijodkor

Bobur dardi

Afgʻon kechib oʻtib keldim Hind soriga,
Kim tushungay hasta dilning ozoriga,
Oʻlsam qoʻying Mir Alisher mozoriga,
Majruh ko'nglim toʻlgaymikan shunda manim,
Sezilmasmi Navoiyni koʻrmaganim?!!

Bunda shohman qayga choʻzsam qoʻlim yetar,
Bexavotir yurmoq uchun yoʻlim yetar,
Davlatimda oʻz daryo-yu choʻlim yetar,
Bir sababi yuragimning toʻlmaganin-
Soʻz sultoni Navoiyni koʻrmaganim!

Oʻzga yurtga kelib boʻldim Mirzo Bobur,
Dilim dardi hech tuzalmas bir vabodur,
Shoh holiga hayron bo'lib el xavotir,
Ona yurtim sogʻinganman "Oh Vatanim",
Koʻproq ezar Navoiyni koʻrmaganim!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Shoh shoir shaxsiyatiga xos 7 fazilat

-Vatanparvarlik;

-Yuksak himmatlilik;

-Jasurlik;

-Boshqaruvda benazirlik;

-Odamlarga farovonlik sog‘inish;

-Jangchilar ko‘ngliga yo‘l topish;

-Adolat qilmoqlik.

Zahiriddin Bobur hikmatlaridan namunalar

«Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.»

«Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.»

«Ko‘pchilik bahodirlar qanchalar kuchli bo‘lmasinlar, ular hargiz o‘z jahllari va qo‘rquvlaridan ustun kela olmaydilar.»

«Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.»

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🔰14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🔰Mavzu: Bobur-dilbar shaxs

🎥 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlangan ochiq dars mashg‘uloti

📚Nigoraxon Mannopova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori

📺Farg'ona MTRK

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Shaxlo SAFAROVA
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi

BOBUR MIRZOGA BAG‘ISHLOV

O‘zim yolg‘iz sahroda qoldim,
O‘z alangam ichida yondim,
Gunohimdan, aybimdan tondim,
Darddosh bo‘ling dardimga Bobur.

Yiroqdaman, uyimdan olis,
Chin aytaman, niyatim holis,
Ne qilsam ham bandaman ojiz,
Darddosh bo‘ling dardimga Bobur.

Hayqiraman tinglamas dunyo,
O‘ngim emas, tushimday go‘yo,
Dardim aytsam quriydi daryo,
Darddosh bo‘ling bu dardga Bobur

Siz ham yurtni sog‘ingandingiz ,
Shu sog‘inchdan og‘rigandingiz,
Bu dillardan o‘chmas ismingiz,
O‘zingiz yo‘l ko‘rsating Bobur.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

🔰14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

✍️"Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana"- Zahiriddin Muhammad Bobur

📚Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari

📺Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda

Nihoyat, “O‘zbegim” ko‘rsatuvining Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilk mumtoz soni kuni kecha Farg’ona TVda efir yuzini ko‘rdi.

🔰Murodimiz hosil bo’lib, aynan shu bugun – Bobur tavallud topgan kunda, ko’rsatuvni siz bilan ulashish baxtiga muyassar bo’lib turibmiz.

👇👇👇Quyida ushbu ko‘rsatuvdan lavhalarni e’tiboringizga havola etib boramiz.👇👇👇
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#uchinchi_qism

Bu kunlar ilohiy, bu kunlar nabiy,
Ko‘ngillarning borgohidir Navoiy.


✍️Enaxon
Siddiqova, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#to'rtinchi_qism

📺Vahob Rahmonov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#yettinchi_qism

📺O'ktamxon Soliyeva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#to'qqizinchi_qism

📺Rustamjon Halimov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#to'qqizinchi_qism

📺Muxlisa Zokirjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozbegim_ilk_soni_efirda
#o'ninchi_qism

📺Nigina Qodirova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi