Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Erkin Vohidov-nodir iste’dod egasi…

Tong otar.
Shafaqdan quyosh jilmayib,
"Shu’lali qalam’’dek nurlarni sochib.
Erkin Vohidingni sog’inib keldim-
Farg’onam, kutib ol bag’ringni ochib.

"Xayolga oshnolik buyuk bir baxtdir",
Baxtga erishgaymi devona ko’ngil,
"Ilhoming diliga bog’lagum qanot",
She’riyat izmiga boringni bergil.

‘’Otashin quyoshing bilan yo’g’rildi’’,
Shoirning hayoti hislarga oshno.
Muhabbat shoirga qalam tutqazdi,
‘’Sevgi dardlaridan rangin qahrabo’’.

‘’Qalb ko’ksingda yonsin, o’rtansin!"-deydi
Shoirlik qismati shu erur azal:
"Yuz ming yillik xira yulduzdan ko'ra
Bir dam yoniq shamdek bo’lganing afzal’’.

Kamtarin shoirim aslo sham emas,
Ijod ummonida cho'ng, nurli mayoq.
Qalblarga qadalgan ilhom niholi
Gullagay, Yashnagay, Mevasiga boq!

"Boshida do’ppisi g’oz yurar’’ o’zbek,
Navoiy tilida so'ylaydi Vatan.
Rangin satrlari dunyoni kezdi,
Аsh'orin yod olmish og'am Erdo'g'an.

Zuxro yulduziga kemalar yo’llab,
Cheksiz fazolardan tashbehlar izlar,
Xayolin beshigin tebratar har tong,
Yesenin kuylagan gulruxsor qizlar.

‘’Hayot yo’li nadir? Qabr toshida,
Ikki sana aro qisqa chiziqdir’’,
Yaxshi nom qoldirsang -ikkinchi umr,
Hayoti abadiy , doim yoniqdir.

"Azaliy davrada charx
uradi yer
Mushtariy azaldek chaqnab yuribdi ’’,
Kuylar qanotida g‘azal-u she‘rlar
Yuksak davralar yangrab turibdi.

Yurtimda kezarkan farahbaxsh yellar,
Duogo’y xalqimiz chin dildan tilar-
She’riyat ko’kida chaqnasin chaqin,
Qalamin uchlasin Erkin Vohidlar.

Аlvon ko’ylak quyosh ufqqa qo’yar bosh,
Yoniq satrlardan dilga naqsh o’ydim.
Haykaling poyiga, ey Ulug’ Ustoz-
Tashbehdan guldasta –she’rimni qo’ydim.

Robiya Abdullajonova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-‘’A’’ sinf o’quvchisi

👆@piima_myim
Forwarded from ijodim
​​1️⃣3️⃣ -noyabr, 2021-yil shanba

🎉 Bayramlar 🎉

🤙 Butunjahon mehribonlik va mehir oqibat ko‘rsarish kuni
👀 Xalqaro ko'zi ojizlar kuni
💊 Butunjahon antibiotiklardan xabardorlik haftaligi
🛡 Rossiya Qurolli Kuchlarining Davlat maxfiy xizmati xizmati kuni
💉 Rossiyaning radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo'shinlari kuni


📔Tarixda bugun📔

📔 1758 - Rossiyadagi eng yirik va eng qadimgi tibbiyot oliy o'quv yurtlaridan biri - Birinchi Moskva Tibbiyot Instituti (hozirgi - I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti) tashkil etilgan.
📔1805 — venalik qassob Iogann Laner sosiska goʻsht mahsulotini kashf qilgan;
📔 1851 yil - Moskva va Sankt-Peterburgni bog'laydigan Nikolaevskaya (Oktyabrskaya) temir yo'li poyezdlar harakati uchun ochildi
📔1872 — L.N Tolstoy tomonidan ilk “Alifbo” nashr qilingan.
o'rgatadigan qo'llanma.
📔 1918 yil - Ryazan havo-desant oliy qo'mondonlik maktabi tashkil etilgan
📔 1985 yil - Kolumbiyada 1845 yildan beri harakatsiz bo'lgan Nevado del Ruiz vulqoni otildi. 20 mingdan ortiq odam otilish qurboniga aylandi
📔 1989 yil - SSSRda o'lim jazosi yoki 10 yildan ortiq qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishda hakamlar hay'ati sudi boshlandi.


🎁Shu kuni tug'ilganlar 🎁

👶 1718 - Jon Montague - "sendvich" ("sendvich") ixtiro qilgan ingliz diplomati.
👶 1725 - Valentin Gayuy - frantsuz tili o'qituvchisi, ko'rlar uchun alifbo muallifi
👶 1782 - Esayas Tegner - shved shoiri
👶 1821 yil - Mixail Petrashevskiy - rus inqilobchisi, mutafakkiri
👶 1850 - Robert Stivenson - Shotland yozuvchisi va shoiri, Treasure Island muallifi
👶1912 yil - shoir Usmon Nosir
👶 1914 - Georgi Babakin - Sovet muhandisi, muhandis, sovet oy sayohatchilarining yaratuvchisi
👶1933 yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Jumanazar Bozorboyev
👶1948 yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Safar Ostonov
👶 1955 yil - Vupi Goldberg - amerikalik teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi, prodyuser, ssenarist.
#tavallud_sana

Usmon Nosir 109 YOSHDA!

30-yillarda ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrida dunyoga kelgan.

YANA SHE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,
Geyne bilan o‘rtoq tutindim.
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!

👇Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#rasmlar_kela_boshladi

Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon oʻgʻli Fargʻona davlat universiteti Meva-sabzavotchilik fakulteti Agranomiya anorchilik yoʻnalishi 2- kurs talabalasi Fargʻona viloyati Yozyovon tumani.
Forwarded from Ijod bog‘idan guldasta
OLIMLAR VA SHOIRLAR

Qancha ilhom kerak, ishq, orzu-tilak
Insonni fazoga uchirmoq uchun.
Qancha bilim kerak, tafakkur kerak
Buni she’r, dostonga ko‘chirmoq uchun.

Olimni band etar yulduzli osmon,
Cheksiz fazo ilmi shoir xayolin.
Ha, bu shunday zamon, ajoyib zamon,
Olimlar — shoiru
Shoirlar — olim.



SCIENTISTS AND POETS

How much inspiration, love, dream-intent
To launch the human into the space.
How much knowledge and thought you need
To copy this into a poem and an epos.

The starry sky that occupies the scientist,
The science of infinite space is the poetʼs imagination.
Yes, this is such a time, wonderful time,
Scientists are poets,
Poets are scientists.

Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi Abduvohidova Dilnozaning Erkin Vohidov sheʼri tarjimasi.
***
Tunda tunab tondi tantiq tong,
Qorachiqqa indi mash’um tin.
Kecha urush bo‘ldi qaydasan,
Farishtalar chiqarmadi un.

Nag‘malarin boshlaydi shayton,
Budda uxlar, Yupiter mizg‘ir.
Ko‘chalarda esa haliyam,
Miltiq bilan urushlar izg‘ir.

Tinchlik o‘zin o‘lganga solar,
Qonli qafas ichra yurar erk.
O‘ngim urush, so‘lim jahannam,
Arosatda qoldim yo‘lim berk.

Qo‘limdagi gullar so‘ligan,
Bu dunyoning umri oxirlar.
Urush dastxat qo‘ymas yuzimga,
Men chun dastxat qumsiz qabrlar.

✍️ Arabboy Ahmadjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
VAQT

Quyosh imom boʻlib oʻqiydi namoz,
Hilol taqvo bilan qiladi ruku.
Yulduzdek sochilib yotsa ham gunoh
Bomdodda koʻzimga ilinar uyqu.

Umrimdan shu tarzda toʻkilar yillar,
Besh mahal allalab oʻtirar shayton.
Asrdan shomgacha oʻtadi kulib,
Xuftonda kulgusin buzadi azon.

Yana tong otadi, yana vaqt oʻtar,
Deraza rahidan tomadi shafaq.
Boshimga kaftini bosadi kimdir,
Uxlayman, jonimga koʻrsatar shafqat.

Nahot, tomirimda oqsa gʻaflatim,
Besh kunlik hayotim ayqashu uyqash.
Nahotki, Isrofil chalsa ham surin
Oyoqqa turaman uyqu aralash...

Masihulloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ва Туркий давлатлар ташкилоти: ҳамкорликнинг янги даври

Узбекистан и Организация тюркских государств: новая эра сотрудничества
Forwarded from ijodim
​​1️⃣5️⃣ -noyabr 2021 yil, dushanba

🎉Bayramlar:🎉

🇷🇺Rossiyada uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'linmalari tashkil etilgan kun
📖 Xalqaro falsafa kuni
🔁Chiqindilarni Qayta ishlash kuni
🚭Chekishdan voz kechish kuni
🇰🇿Qozog'istonda milliy valyuta - tenga kuni
🇧🇪Belgiyada Qirollik sulolasi kuni
🇧🇷Braziliya Respublikasi e'lon qilingan kun
🎌City-Go-San - Yaponiyada Bolalar kuni

📔Tarixda bugun (xronika)📔

1533

Kashfiyotchi Fransisko Pizarro Peruning Kusko shahriga kiradi.

1777

Amerika Qo'shma Shtatlarining doimiy ittifoqini tashkil etuvchi Konfederatsiya moddalari Kongress tomonidan qabul qilinadi.

1805

Meriwether Lyuis, Uilyam Klark va ularning partiyasi Tinch okeaniga sayohatlarini yakunlab, Kolumbiya daryosining og'ziga etib boradilar.

1806

Explorer Zebulon Pike, uning nomini olgan Kolorado cho'qqisini, unga chiqmaganiga qaramay kashf etadi.

1864 yil

Ittifoq general-mayori Uilyam T. Shermanning qo'shinlari Sherman dengizga yurishidan oldin Atlanta sanoat okrugining katta qismini yo'q qiladigan yong'inlarni uyushtirdi.

1881 yil

Amerika Mehnat Federatsiyasi tashkil etilgan.

1909 yil

M. Metrot Jazoirdan Voisin ikki samolyotida uchib, Afrikadagi birinchi odam parvozini amalga oshirdi.

1920 yil

Jenevada 41 millat vakillari Millatlar Ligasining birinchi sessiyasini ochdi ..

1922 yil

Doktor Aleksis Karrel oq tanachalarni topganligi haqida e'lon qilindi.

1930 yil

Umumiy ish tashlashlar va tartibsizliklar Ispaniya, Madridni falaj qilib qo‘ydi.

1942 yil

Amerikalik flot Gvadalkanaldagi to'qnashuvda Yaponiya dengiz kuchlarini mag'lub etdi.

1952 yil

Nyu-Jersidagi Nyuark aeroporti baxtsiz hodisalar ko'paygani sababli yil boshida yopilgandan so'ng qayta ochildi.

1957 yil

Sovet Bosh vaziri Nikita Xrushchev Sovet Ittifoqining raketalarda ustunligini ta'kidlab, Qo'shma Shtatlarni raketa masofasidan o'q otish bahsiga chorladi.

1962 yil

Kuba o'z hududi bo'ylab razvedka parvozlarida AQSh samolyotlarini tushirish bilan tahdid qilmoqda.

1963 yil

Argentina barcha xorijiy neft shartnomalarini bekor qiladi.

1965 yil

Jangning ikkinchi kunida 1-otliq diviziya polklari Ia Drang vodiysida Shimoliy Vetnam kuchlariga qarshi qo'nish zonalarida rentgen nurlari bilan jang qilishdi.

1969 yil

Vetnamda chorak millionga yaqin kishi Vetnam urushiga qarshi namoyishchilar yurish qildi

1976 yil

Suriyaning tinchlik kuchlari Beyrut (Livan) ustidan nazoratni o'z qo'liga oldi.

1985 yil

Angliya-Irlandiya kelishuvi Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher va irlandiyalik taoisach Garret Fitsjerald tomonidan imzolangan.

1988 yil

Falastin milliy kengashi mustaqil Falastin davlatini e'lon qiladi.

1990 yil

Bolgariya Xalq Respublikasi yangi respublika hukumati bilan almashtirildi.

1994 yil

Bu kundan boshlab O‘zbekistonning milliy valyutasi —soʻm mamlakat hududida yagona to‘lov vositasi bo‘lib qoldi

2007 yil

Bangladeshda "Sidr" sikloni urilib, taxminan 5000 kishini o'ldirgan.

🎁 Tavalludlar🎁

🇺🇿 1973 yil - O’zbekiston chempioni Muhammadqodir Abdullayev Muhammadyoqubovich
🇺🇿 1961 yil - O'zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva
🇩🇪 1862 yil - Nemis dramaturgi Gerxard Ioxonn Robert Gauptman
🇬🇧 1738 yil - Ingliz astronomi, Uran sayyorasi kashfiyotchisi Vilyam Gershel
🇷🇺1915 yil - Rus yozuvchisi Konstantin Simonov Mixaylovich.
#ustozlar_bisotidan

BIZLAR ARRA TORTMOQDAMIZ

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda
O‘ltiribmiz o‘zimiz.

✍️ Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
“Erkin Vohidov stipendiyasi - 2021”

Siz Erkin Vohidov nomidagi stipendiya haqida eshitganmisiz?

👫Ushbu stipendiya Erkin Vohidov oilasi hamda maktab-internat ma'muriyati tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun ta'sis etilgan.

📆Tanlov joriy yilning 17-noyabr kuni dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladi.

📖Yo‘nalishlar: Ilmiy va ijodiy

🥇💐Stipendiya “Adabiyot kunlari” doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi arafasida topshiriladi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ochiq_dasr

Joriy yilning 15-noyabr kuni “Adabiyot kunlari” doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilariga iste’dodli ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Davlatjon Karimov tomonidan Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Soʻz latofati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsni tajribali pedagoglar kuzatib bordi. O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun o‘quvchilarga topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar asosida yangi mavzu bayon qilindi. Slaydlar yordamida o‘quvchilar qiziqishi oshirildi, klaster uslubida mantiqiy fikrlashga undovchi savol-javoblar qilindi, tarqatma materiallardan samarali foydalanildi, mavzuga doir videorolik namoyish qilindi. Savol-javoblarga boy tarzida o‘tkazilgan dars jarayoni qiziqarli va munozarali yakun topdi.

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#kitob_haqida

Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg‘usini rivojlantiradi.

Kitob o‘quvchida dunyoni anglab olishda ko‘mak berish bilan bir qatorda uning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, ijobiy xarakterni tarkib toptiradi, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yo‘llarini o'rgatadi. Bu hislatlarni egallab olgan har bir o‘quvchi yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib kamolga yetadi.

Zero, kitob avlodlar zanjirini mustahkamlovchi ma’naviy merosdir. U inson ruhiga ta’sir etib, ularni ma’naviy-axloqiy kamolotga yetaklaydi, hissiyotiga ta’sir etadi va bilim berish bilan birga o‘quvchiga zavq bag‘ishlaydi hamda aqlni charxlab, uni tarbiyalaydi.
Forwarded from ijodim
​​Abduhayot Abduqodirov, 16/11/2021 07:51
1️⃣6️⃣-noyabr, 2021 yil, seshanba

🎉Bugungi bayramlar:🎉

💖Xalqaro bag'rikenglik kuni
👜Butunrossiya dizaynerlar kuni
🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Prezidenti kuni
📡Ukraina radio, televidenie va aloqa xodimlari kuni


📔Tarixda bugun:📔

📔1907 yil AQShda Oklaxoma birlashtirilib 46-shtatga aylantirildi.
📔1945 yil
Natsistlar sirlarini saqlagan Germaniyaning sakson sakkiz olimi AQShga etib kelishdi.
📔1945 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti - YuNESKO tashkil etildi
📔1948 yil Prezident Garri S Truman blokada olib tashlanmaguncha Berlin bo'yicha to'rtta hokimiyat muzokaralarini rad etadi.
📔1953 yil Qo'shma Shtatlar Isroilni Iordaniyaga hujumi uchun qoralashga qo'shiladi.
📔1955 yil Jenevada Germaniyani birlashtirish bo'yicha bo'lib o'tayotgan Katta To'rt muzokaralari muvaffaqiyatsiz tugadi.
📔1960 yil Ikkita oq tanli maktablar birlashtirilgandan so'ng, 2000 oq tanli Yangi Orlean ko'chalarida qo'zg'olon qilishdi.
📔1982 yil
Kolumbiya kosmik kemasi birinchi operatsion parvozini yakunladi.
📔1989 yil Salvador armiyasining o'lim guruhi Xose Simeon Kanas universitetida oltita jezvit ruhoniylarini va yana ikki kishini o'ldirdi.
📔1997 yil Demokratik xitoylik dissident Vey Jingsheng 18 yildan so'ng sog'lig'i yomonlashgani uchun qamoqdan ozod qilindi.
📔2000 — Marg'ilonda buyuk fiqh olimi Imom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) tantanali nishonlandi. Shu mu­nosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin Marginoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu erda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi.

🎁Bugun tug'ilganlar:🎁

🇮🇹Miloddan avvalgi 42-yil Tiberius Tiberius Rim imperatori (14-37)
🇷🇺1673 yil Aleksandr Menshikov, rus davlat arbobi va harbiy rahbari, Pyotr I ning sherigi
🇺🇿1947- yil O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov
🇰🇬1958- yil Qirg‘iziston Respublikasi sobiq Prezidenti So‘runbay Jeyinbekov
🇨🇦1964 Diana Kroll Kanadalik jaz qo'shiqchisi va pianisti.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ochiq_dars

🏢“Adabiyot kunlari” doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

📆Ana shunday darslardan biri joriy yilning 16-noyabr kuni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Komiljon Rizaqulovning 8 “B” - sinf o‘quvchilariga adabiyot fanidan “Erkin Vohidov hajviyalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

📝Darsni maktab MFBDO‘ K.Marasulov, O‘IBDO‘ S.Mamatov, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Karimov, ingliz tili fani o‘qituvchisi E.Usmonovlar kuzatib, tahlil qilib bordi. Kerakli ma'lumotlar, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan ko‘rinish, tezkor savol-javob, o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari ochiq darsning saviyasini ko‘tarib berdi.

🙋Ochiq darsda texnik vositalaridan foydalanildi. Darsda o‘zgacha yondoshgan holda interaktiv usullar qo‘llanildi. Darsda o‘quvchilar faol qatnashdilar.

👍Bizga qo'shiling!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmakta