#ustozlar_ijodi
* * *
Qulluq qil demasman.
Yurt tuprog‘in o‘p,
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu mendek shoirlari ko‘p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
Qaddingni baland tut,
Bo‘lma serta’zim,
Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l,
Pillapoya bo‘ldim senga, azizim,
Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l.
✍️Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni.
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

#ziyorat
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ajdodlar tarixi, madaniy meros va muzeylar bilan tanishtirish maqsadida Jahon otin Uvaysiy muzeyiga sayohat, Farg‘ona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga, viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga, markaziy kutubxonaga, xotira va qadrlash muzeyi va ziyoratgoh majmualariga sayoxatlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-sentabr kuni ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Marg‘ilon shahridagi “Kaptarli mozor” ziyoratgohiga borishdi. Ziyorat davomida o‘quvchilarning hayrat to‘la ko‘zlaridan ilohiy ilhomlar nur kabi yog‘ilib turdi desak adashmagan bo‘lamiz. Bu kabi sayohatlar o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-onaga sadoqat, ustozlarga ehtirom, ularga yaxshilik qilish tuyg‘ularini yanada gurkirashiga xizmat qiladi.
✍️Erkin Vohidov maktabi ijod maktabi Matbuot xizmati

Forwarded from Deleted Account
#bizning_ijod
U sakkiz yoshli qizaloq. Bobosi, buvisi, dadasi bor. Bobosi chet elda ishlaydi. Buvisi – tarjimon. Dadasining bir nechta kompaniyasi bor. Safarlarga kattalar bilan birga chiqib, dunyoning ko‘plab davlatlariga borib kelgan.
U har kech maktub yozadi. Turli xil tillarni o‘rganayotgani uchun har kuni turli tillarda yozadi. Chunki u hatto onasi qaysi tilda gaplashishini ham bilmaydi. Maktubni yozib bo‘lgach, yurakchalar chizilgan, oq varaqdan o‘zi yasagan xatjildga joylaydi. Tashqariga qarab son-sanoqsiz yulduzlarga birnimalarni shivirlaydi-da, maktubni derazadan uchiradi. Ertalab turib, hovliga chiqqanida maktub yo‘q bo‘lib qolishini Xudodan so‘rab, uxlaydi. Ertalab uni quyosh uyg‘otishi, toza havoda sayr qilishi va albatta hammadan avval hovliga chiqish uchun pushti gullar chizilgan, pardali derazani ochib qo‘yadi.
Tong. Uni har doimgidek quyosh nurlari erkalab uyg‘otdi. Shamollab qolmaslik uchun yotoq kiyimi ustidan qora, tugmalari yaltiroq jemferini kiyib, yuz-qo‘lini yuvib ham o‘tirmay hovli tomon yugurdi. U maktub egasiga yetib bormaganligini biladi, ammo unda umid bor. Bolalarcha umid...
Hovli katta, ikki yonda maysalar o‘sgan, o‘rtada keng yo‘lak. Yo‘lakning o‘rtasida kechagi xatjild turibdi. Qizcha maktubni oldi-yu, ko‘zida yosh miltillab xonasi tomon yugurdi. Hali yig‘ilmagan, issiq o‘rniga yotib, boshini o‘rab oldi-da, shu yotgancha anchagacha turmadi. Kiyinib, xonasini saranjomladi. Nonushtada buvisiga xarxasha qildi. Noiloj qolgan buvisi uni qabristonga olib bordi. Qizaloq o‘zi yasagan qog‘oz guldasta va maktubni olib borib, onasining qabri ustiga qo‘ydi...
✍️Dilfuzaxon Mahmudova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
📝Kuzni sog’inib…
✍🏻🎬🎤 Gulyora Hoshimjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi.
📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidovning "Oʻzbegim" sheʼrida parcha oʻqidi.
#ustozlar_ijodi
O‘ZBEKNING
Uzun tunlar oylardanam uyalgan,
Ayollari tolsa sevilib tolgan.
Qora ko‘zi bor yurakka ishq solgan,
Tog‘lardagi jayronidir O‘zbekning.
Oybarchini — bor Barchindir, ertakmas,
Alpomishdan tug‘ olmagan erkakmas.
Do‘st yukiga yelka tutib, tog‘i past,
Hamma olam hayronidir O‘zbekning.
Uylarida g‘ichirlaydi hamon sinch,
Nodirasi mozorida yotsin tinch.
Har bolasi to so‘nggi dam — yukingich,
U bir Ka’ba — vayronidir O‘zbekning.
Bilmam Alloh gul berganmi, xas bergan,
Ne bo‘lsa ham dilin sarxush, mast bergan.
Nodiraga kaniz bo‘lib sas bergan
Halimasi, biyronidir O‘zbekning.
Yerda bunday go‘zal yer yo‘q, oy yo‘q deb
Ko‘nglim bir oydinlik yuqtirib turar.
“Yotmoqqa bundan-da issiq joy yo‘q ” deb,
Onamning mozori uqtirib turar.
✍️Halima Xudoyberdiyeva she’ri.

Forwarded from Mahmudxon Kuchkarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
TUN
Huddi uxlab qolayotganday,
Sukunatga cho‘mar bizning bog‘.
Go‘yo bola, zulmatdan qo‘rqib
Oy nuriga to‘ladi chorbog‘.
Jimjitlikka halal bermasdan,
Shoshmay, asta oqayapti soy.
Yulduzlar-la bezagan yuzin,
Olmos taqib qo‘yganiday oy.
Uzoqlarda uvullar bo‘ri,
Oyga qarab aytar ashula.
Yonar qurtlar kezadi atrof,
Har tomonga sochadi shuʼla.
Chigirtkalar chirillar tinmay,
Аlla aytar olamga go‘yo.
Yer zulmatga cho‘mgan pallada,
Orom olar butun bir dunyo.
✍️Muxlisxon Haydarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

#ona_tilim_faxrim_mening
📝O'zbek tilim...
✍🏻Ollohyor Erkinov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

📺She’riyat kechasi|Iqbol Mirzo O’zbekiston xalq shoiri.
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod
Dada
Dadamning borligi baxtdir men uchun,
Ularsiz bemazmun bo‘lar hayotim.
Аdo etay endi yuragim burchin,
Siz uchun bityapman ushbu bayotim.
“Dada” deb hayqiray, tinglasin ochun,
Mavjlanadi dengiz kabi yuragim.
Sizga qalb sheʼrini bag‘ishlar bu kun,
Mehribon qizingiz Nodirabegim.
✍️Nodirabegim Saidjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi.

https://youtu.be/ZpWkH_rJo8Q Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
YouTube
#ona_tilim_faxrim
#ustozlar_ijodi
***
O‘rtamizda qahva va jimlik,
Ko‘cha xazon, biz ham munglimiz.
Sen judayam sevgan ichimlik
Kabi sovib borar ko‘nglimiz...
Mening shoyi bo‘yinbog‘im va
Sening shoyi ko‘ylaging yangi,
So‘nggi kunda mos kepti, tavba,
Ziragingga ro‘molcham rangi...
Tomchi-tomchi yoshingga o‘xshar
Stoldagi billur qadahlar,
O‘rtamizga muk tushib o‘rtar
Stolga aylangan daraxtlar...
Qahvangni ich, ko‘z yoshingni art,
Yig‘lamay chiq avtobusingga.
Axir seni sevmayman, deb shart
Hozir aytolmayman yuzingga...
✍️ Nosirjon JO‘RAEV
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
***
O‘rtamizda qahva va jimlik,
Ko‘cha xazon, biz ham munglimiz.
Sen judayam sevgan ichimlik
Kabi sovib borar ko‘nglimiz...
Mening shoyi bo‘yinbog‘im va
Sening shoyi ko‘ylaging yangi,
So‘nggi kunda mos kepti, tavba,
Ziragingga ro‘molcham rangi...
Tomchi-tomchi yoshingga o‘xshar
Stoldagi billur qadahlar,
O‘rtamizga muk tushib o‘rtar
Stolga aylangan daraxtlar...
Qahvangni ich, ko‘z yoshingni art,
Yig‘lamay chiq avtobusingga.
Axir seni sevmayman, deb shart
Hozir aytolmayman yuzingga...
✍️ Nosirjon JO‘RAEV
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Deleted Account
#bizning_ijod
SOG‘INCH
Tong! Erta saharlab ko‘chaga chiqqanimda dimog‘imga suv sepilgan yer hidi urilishini, simyog‘ochdagi qaldirg‘ochlar nigohini sog‘indim...
Katta shaharning kichik derazasidan tashqariga boqaman. Mashinalar juda ko‘p, tashqariga chiqsam havo toza emasligi aniq. Yana o‘ylayman...
Men yo‘q ko‘chalarni kim supurdiykin? Bilaman, qo‘shni o‘rtog‘im men yo‘qligimni bilib supurib qo‘ygan (qishloqda seniki-menikisi bormi?) Men ham albatta u uyda yo‘qligini bilganimda supurardim, bu unchalik og‘ir ish emas-ku, to‘g‘rimi? Lekin bu ishni qachondir o‘rtog‘imning menga bir kun foydasi tegishini o‘ylab qilamganman. U ham huddi shunday, bilaman.
Sababi, ko‘ngillar ko‘chamizga o‘xshab juda ozoda bo‘lgan u paytlar...
Sog‘indim!!!
Judayaaam sog‘indim! Sog‘inchim o‘zimdan ham katta, rangimdan ham ancha zafaron. Sog‘inchim sarg‘ayib turgan barg kabi to‘kilib tushiishidan qo‘rqaman.
Ey sog‘inchim, iltimos, to‘kilmay tur! Sen to‘kilsang yuragimning allaqayeri ozorlanadi, og‘riq sezaman. Yo‘q, yo‘q, men ozorlanishdan aslo cho‘chimayman. Faqat... mening ko‘nglim sal og‘risa onamning qalbi larzaga tushadi. Iltimos! Onam haqqi, to‘kilma!!!
Mahsuma Ne’matova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

📝Ona tilim
✍️Avazbek Adhamjonov, Erkin Vohidov maktabi ijod maktabi o'quvchisi.