Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
991 subscribers
12.5K photos
1.48K videos
58 files
4.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#yashil_makon

🌿Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Yosh ekologlar” tanlovi ekologik tarbiyani rivojlantirish, ekologik madaniyatni shakllantirish va iqtidorli yoshlarni kashf etish maqsadida “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chatlar ekildi. Unda 9-10-sinf o‘quvchilari hamda biologiya fani, fizika fani ustozlari tashabbus ko'rsatdilar.


▶️Jarayonlarda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#jarayon
#Robo_Coding

💻Avtomobillardan tortib maishiy texnika jihozlarigacha zamonaviy uskunalarning bir qismidir. Robototexnika kelajak haqida emas, balki hozirgi kun haqida, shuning uchun uni o'rganish rivojlanishda har qachongidan ham muhimdir.

🚀Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o'rgatilayotgan "Robototexnika" fanidan foto lavha

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Adabiy kecha ijodkorlarni birlashtirdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi.
Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari M.Abdurahmonova Enaxon Siddiqova adabiy merosi bo'yicha ma'ruza qildi. Shundan so'ng Ogahiy, Erkin Vohidov va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari o'quvchilari Enaxon Siddiqova she'rlari va o'z ijodlaridan namunalar aytishdi. Uchta ijod maktabi yoshlari o'rtasida o'tkazilgan bahr-u bayt bellashuvi esa qizg'in tus oldi.
Mazkur ijodiy tadbir yakunida faol ishtirok etganlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Muddat bor – zamonga daxl qilmagan,
Nur bordir – tegmagan birorta manglay.
Voqe bor – hech bir zot ko‘ra bilmagan,
Hech kimning boshini chertmagan anglam.

Sabil koinotda azim safar bor,
Charxfalak kaftidan oqar tamaddun.
Tosh kabi yo‘llaraga muk tushar asror,
Irmoqlar amallab o‘tar qamaldan.

Parilar pinjida mujdalar yashnar,
Qanotlar ostida avom bor gavjum.
Tasavvurdan nari cheksizlik yashar,
Devorlar ortida bir qudrat mavjud.

O‘z o‘rnin topadi omonat anjom,
Ketarmiz asta bu go‘shani tashlab.
Biroq do‘st-u dushman bordir har qachon,
Sening ham, mening ham qonimga tashna…

* * *
Ruhim panoh bilsa yurak qa’ringni,
Hayyomning jomida to‘lg‘ongandek may.
Cho‘chitib yubormay kipriklaringni,
Tushlaringga kirib borsam sezdirmay.

Yashasam umrimni sochingga burkab,
O‘ylaring rangida bexush qarisam.
Qoyalar kunjidan bir kaft suv tarab,
Horg‘in qushlaringga tutsam, farishtam!

Ko‘nglingga chuqqurroq yetganim sayin,
Xotirjam dunyodan voz kechib kulsang.
Mehr-la jonimni olsa Azroyil,
Sening xayollaring shaklida o‘lsam!

Tayyorman, bu tunda ishqingni kuylab
Nigohing tubida uyg‘onsam basir.
Roziman,
Qismatim bir nafas siylab
Ko‘zlaring rangida bitsa Musavvir…

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
🔥 “SHE’RYURAK” DAVOM ETADI!

💥Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi “She’ryurak” adabiy tanlovining O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bag‘ishlangan 2-mavsumiga start beradi.

🤓 Tanlovda yoshidan qat’i nazar Respublikamiz bo‘ylab ijod qilib kelayotgan o‘quvchi-yoshlar va barcha shoirlar qatnashish imkoniyatiga ega.

🙋🏻‍♂️ Ishtirok etish uchun o‘zingiz haqingizda qisqa ma’lumot, 5 ta she’ringiz va telefon raqamingiz joylangan word faylni bizga yuborishingiz kerak bo‘ladi.

📞 Biz saralashdan o‘tgan ijdokorlar bilan bog‘lanamiz.

😳 Gʻoliblarga quyidagi mukofotlar topshiriladi:

1-o‘rin uchun Noutbook;
2-o‘rin uchun Smartfon;
3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.


Tanlov haqida batafsil: Tanlov nizomi

Materiallarni ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha 5-dekabrga qadar https://t.iss.one/evtanlovbot telegram manziliga joʻnatishingizni so‘raymiz.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈