Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona 24
16.10.2024

21-oktabr - O`zbek tili bayrami kuni.

https://t.iss.one/Fargona_trk
Safsataboz, nomard-u tili botir,
Yoqangga tahqir muhri yorlig‘ini qadaydi.
Chet tilini o‘rgansang, seni “kosmopolit” der,
O‘z tilingda so‘zlasang, “millatchi” deb ataydi...

Erkin VOHIDOV,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri,
"Hushyor bo‘l!" sheʼridan, 1988-yil.

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#harbiy_vatanparvarlik

“DESANTCHI HARBIYLAR JANGOVAR FAOLIYATI – YOSHLARGA O‘RNAK”
loyihasi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni yetuk, bilimli va barkamol avlod etib tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlariga qarashli harbiy qism va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘rtasida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumi ijrosi hamda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida joriy yilning 18-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari “Fargʻona” poligoniga tashrif buyurishdi. O‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, sadoqat, fidoyilik, mardlik, jasurlik, qat’iyatlilik, o'z ustida muntazam shug'ullanishi uchun barcha qiyinchiliklarni yengish kabi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Desantchi harbiylar jangovar faoliyati – yoshlarga o‘rnak” loyihasi o‘tkazildi.

Ijod maktabining o‘quvchilari desantchi harbiylarning ma’naviy-ma’rifiy va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etishib, ularning jangovar shayligi va tayyorgarligi qay darajada ekanligiga bevosita guvoh bo‘lishdi. Kun davomida o‘quvchilarga o‘q otish qurollari, jamoaviy qurollar, jangovar texnikalar, harbiylarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlarining amaliy o‘tkazilishi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

“Desantchi harbiylar jangovar faoliyati – yoshlarga o‘rnak” loyihasi doirasida o‘tkazilgan amaliy tadbirlar ijod maktabi o‘quvchilarida unutilmas taasurotlar qoldirdi.

Xulosa o‘rnida aytganda, o‘tkazilgan bu kabi keng ko‘lamli tadbirlar o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, ona yurtiga sadoqat va vatanparvarlik kabi tuyg‘ularini yanada oshishiga xizmat qiladi.


😎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik

“DESANTCHI HARBIYLAR JANGOVAR FAOLIYATI – YOSHLARGA O‘RNAK”
loyihasi


😎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM