Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
968 subscribers
12.7K photos
1.5K videos
58 files
4.38K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#olimpiada
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi

⚡️ IJOD MAKTABIMIZDA 2024-2025-O‘QUV YILI ASOSIY FAN OLIMPIADALARINING 1-BOSQICHI (MAKTAB BOSQICHI) DAVOM ETMOQDA!

🔰Ijod maktabi direktorining 2024-yil 16-sentyabrda qabul qilingan 53-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 17-27-sentyabr kunlari darslardan so‘ng jami 11 ta fanni qamrab olgan olimpiadalar tashkil qilinmoqda. Jarayonlar qizg‘in tus olmoqda.
Bundan tashqari haftaning chorshanba kuni ona tili va adabiyot; payshanba kuni ingliz tili; juma kuni tarix fanidan milliy sertifikatlarga tayyorgarlik doirasida diagnostik testlar tashkil qilingan.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz uchun ajoyib yangilik

Joriy yilning 15-oktabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universitetiga tarixda ilk bor Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti professor Erik Grimson tashrif buyurmoqda. U bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

💫 Erik Grimson 1984-yildan beri Massachusetts texnologiya institutida faoliyati olib boradi. O‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan ushbu oliygohni yuksalishida, jumladan ta’lim sifatini oshirishda asosiy rol o‘ynagan ta'lim ekspertlaridan hisoblanadi.

☑️ Biz ushbu muloqotga yurtimizning barcha ta'lim muassasalari vakillarini taklif qilmoqchimiz. Muloqot ta'lim sohasida birlashishimiz va yurtimizda dunyo miqyosidagi ta'lim muhitini yaratishimiz uchun muhim qadam bo‘lishiga ishonaman.

🔹Ochiq muloqotda qatnashing, bilimingizni oshiring, biz barchamiz birgalikda rivojlanamiz.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Ruxshona Oybekova IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 8 balni qo‘lga kiritdi va IELTS sertifikatiga ega bo‘ldi.

Band score: 8
L score: 9
R score: 9
W score: 6.5
S score: 7.5
Given name: Ruxshona
Family name: Oybekova

💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi, o'quvchilari nomidan Ruxshona Oybekovani tabriklaymiz!

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#zakovat
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi g‘oliblari

📝 Mazkur 42 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yosh_kitobxon_2024

Kitob o‘qing, elektromobil yuting!

📚 9 452 ta mahalladan eng bilimdon va zukko kitobxonlarni aniqlash uchun maydon yaratgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi. Ushbu mavsumning mahalla bosqichi sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📣Ushbu tanlovga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o'quvchilar o'rtasida og'zaki savol-javob va muhokamalar o'tkazilmoqda.

Bugun "Dunyoning ishlari" va "Bolalik xotiralarim" asarlari asosida o'quvchilar o'rtasida savol-javoblar o'tkazildi. Unda ijod maktabining 7-8-sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#qaror_ijrosi

IJOD MAKTABLARINI KASB-HUNARGA O'RGATISH

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining 2024-yil 4-apreldagi 33-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilariga bosma shakldagi kutubxona resurslarini skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈