Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.3K photos
1.47K videos
58 files
4.29K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Bizning_ijod

🎙 Mohinur Rahimberdiyeva
🔰 8- "B" sinf o'quvchisi

Another Time

For us like any other fugitive,
Like the numberless flowers that cannot number
And all the beasts that need not remember,
It is today in which we live.

So many try to say Not Now,
So many have forgotten how
To say I Am, and would be
Lost, if they could, in history.

Bowing, for instance, with such old-world grace
To a proper flag in a proper place,
Muttering like ancients as they stump upstairs
Of Mine and His or Ours and Theirs.

Just as if time were what they used to will
When it was gifted with possession still,
Just as if they were wrong
In no more wishing to belong.

No wonder then so many die of grief,
So many are so lonely as they die;
No one has yet believed or liked a lie,
Another time has other lives to live.


✍️ Wystan Hugh Audin

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI O‘zbegimI InstagramI 👈
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
#bizning_ijod
#tanlovga

“TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR”

Tog‘ ortidan ko‘taradi bosh,
Uyg‘oninglar farzandlarim deb.
Ona kabi mehribon quyosh,
Anduh chekar ich-ichini yeb.

Har kun o‘ylar farzand haqida,
O‘y suradi tundan tonggacha.
Yangrab qoldi tog‘dan aqida,
Jarangladi to gardungacha.

Oh, bu qanday aqida,
Zir titradi tog‘lar ham hatto.
So‘z aytolmas hech kimsa bunda,
Xurshid, falak, inson ham hatto.

Zero quyosh sochar ekan nur,
Nuroniydek hisor tog‘lari.
Chaqiradi jannatdan bir hur,
Farq qilmaydi so‘lim bog‘lari.

Toki quyosh sochar ekan nur,
Inson zoti hech ham o‘lmaydi.
Shul sabab ham “Xurshid” ekan dur,
Quyoshimiz hech ham so‘lmaydi.

✍️Tursunali Davlataliyev, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 7-“D” sinf oʻquvchisi.
#bizning_ijod
#yosh_tarjimonlar

ORZU

Tug‘ilmasdan oldin men
Chiqib arshi a’loga ,
Oyni o‘pib qoldim men
Yulduzlardan baloga .
Tug‘ilgandan to shu dam ,
Qo‘msab kecha – kunduzlar,
Oy qani deb yig‘lasam ,
G‘iybat qilar yulduzlar …
Xiqqillama , hey yurak ,
Dunyo bilan ishim yo‘q .
Bo‘lsa menga Oy kerak
Yulduzlarga xushim yo‘q .
Muhammad Yusuf she’ri

DAYDREAM
I flew up the universe,
It was until I was born.
And I get issue with stars,
Cause of kissing the Moon’s cheek.
Since my birth time and till now,
Missing her all nights and days.
Crying : Oh , where is my Moon,
And stars have been gossiping.
Please don’t you cry, hey my heart,
I have no need of the world.
What I need is only Moon,
No desire to the stars.

Written by Mukhammad Yusuf
Translated by Qodiraliyeva Nargizaxon, the 7th “B” class


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
#yosh_tarjimonlar

QODIRIYNI ESLAB

Ruhingizga sig'inganim choq
His qilàman o'zimni ruhsiz.
Do'st qalbida tiriksiz, biroq
G'anim uchun olamda yoqsiz.

Arvohingiz baxtli otadek,
Yurtga boqsin
Bugun shod bolib,
Yurtda minglab Anvar, Otabek
Ulg'aymoqda temirzot bolib.

So'ngach
Yana chaqmaydi chaqmoq,
Fazo borki yog'du hamnafas.
Omon bolsa el ona tuproq,
Siz oxirgi Abdulla emas.

MEMORY OF KODIRIY

When I am praying for your spirit,
I feel disappointed myself.
You live in the heart of your friends,
But disappered from enemies' heart.
Your spirit as a happy father,
Watching Homeland happily today.
There growing up as the iron men,
Thousands of Anvars and Otabeks,
The dead lightning wouldn't rise again,
The sky's live, so there is light enough.
If people and motherland are safe,
You will not be the last Abdulla.

Written by Anvar Obidjon
Translated by Halimjonova Gulyora the 7th "B" class


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

BAXT QIZIGA

Baxt qizi,
Baxtlansang ko‘zlaring
Porlasin anduhni unutib.
Bo‘ronli bulutlar kelganda,
Yashama taqdirga ko‘nikib.

Sarqitlar izlama ro‘yodan,
Ko‘nglingni bilaman, arazchim.
Qalbiga tosh to‘lgan bag‘ritosh,
Ortingga bir bora qarachi.

Bilmaysan, ko`zlaring sotadi,
Armonga aylangan hislaring.
Shahtsizim, shashtsizim, ishqsizim,
Men seni bo‘shliqdan izladim.

Yuraging sindirgan yuraksiz,
Fususdan, alamdan kuysin-a,
Va baxtning baxtiyor qizini,
Xudoyim suysin-a, suysin-a.

Baxtlansang ko‘zlaring porlasin…

✍️Dilfuza BAXTIYOROVA, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

Dard dedilar -
ismingni aytdim,
Baxt dedilar -
ismingni aytdim,
Dunyodagi buzilmas vaʼda,
ahd dedilar -
ismingni aytdim...

Qarorlarim oʻzimdek erka,
Ming bor kechib,
Ming bora qaytdim.
Qalbingdagi soflik yokida
Gard, dedilar
Ismingni aytdim.

Baʼzan shovqin solar sensizlik,
Baʼzan qolib ketaverdim jim.
Yashashingdan sabab ne edi?
Ayt, dedilar
Ismingni aytdim.

... Hayot dedi,
Muhabbat dedi
Axir yolgʻiz qolmaydi hech kim.
Bir insonni baxtli qilishing
Shart, dedilar
Ismingni aytdim...!

✍️Durdona Inomjonova, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi bitiruvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

ONA

Betin yuragimga sanchilar tikan,
Ko‘zlarimdan oqar tomchi-tomchi qon.
Hamma shod-u xurram oʻynab yurganda,
Men kimning o‘rniga toʻlayman tovon?!

Eski boshmog‘imdan suv o‘tsa o‘tar,
Mayli qarg‘ayversin qarg‘ishchi o‘gay.
Men egsam boshimni g‘amlarga emas,
Ariq labidagi yalpizga egay.

Ona, javob bering unsiz boʻlsa-da,
Bilaman jarlikning uyog‘idasiz.
Men hali chizmagan mehr rasmining,
Mo‘yqalam ko‘rmagan bo‘yog‘idasiz.

Yana tong otmoqda sogʻinch sadosi
Yurakda hech oʻlmas qasida boʻldi.
Quvonchni unutgan baxtsiz bolalik,
Koʻngil koʻchasida tugʻilmay oʻldi...

Ona, men yangitdan yashayman endi
Oʻzligin topganday daydi metiorit.
Qishloqdan ketaman tong yorishmasdan,
Va qayta tugʻilar yoʻqolgan umid.

✍️Ernis ABDIMANNABOV, Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_ijod

KETMONNING ARZ-DODI


To‘yib ketdim baridan,
Ketaman dam olishga.
Ana, mening o‘rnimga
Belkurak chiqsin ishga.

Tinim bilmay ishlayman,
Dalalarni sug‘orib.
Har kuni yer tishlayman,
Ketdi-ku boshim og’rib.

Qattiq ishlab yuborsam,
Belim og‘riydi doim.
Bu ketishda mening ham,
Qolmaydi-ku sog’ joyim.

“Mehnatning tagi rohat”,
Degan maqol yolg‘onmi?
Yoki menga kelganda
Ish uzayib qolganmi?

Lekin bitta narsani
Sira anglab yetmadim –
Fermerlar boy-ku, nega
Men hech boyib ketmadim?!

Nodira XOLDORALIYEVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
9-sinf o‘quvchisi


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_ijod

MUHAMMAD YUSUFNING
“TUSHUNMAYSAN” SHE’RIGA NAZIRA


Yanglish keldim, men adashdim,
Aqli raso, tushunmaysan.
Olamimiz o‘zga olam –
O‘zga mavo, tushunmaysan!

Endi ko‘nglim qolmas omon,
Men – pushaymon, u – pushaymon,
O‘rtamizda bo‘ldi sarson,
Topmay davo, tushunmaysan!

Vujudimning shohi, xoni,
Mehr bilan tirik joni,
Bu dunyoning to‘rt tomoni
Bo‘ldi rasvo, tushunmaysan!

Xasrat ichra so‘lib ketdi,
Do‘st-u dushman kulib ketdi,
Ko‘z-yoshimga to'lib ketdi,
Yer-u samo, tushunmaysan!

Bilmam, neni izlaydi u,
Kecha-kunduz bo'zlaydi u,
Ishq haqida so‘zlaydi u,
Ishqsiz dunyo, tushunmaysan!

"Mening borim erur ko'nglim,
Mening yorim erur ko'nglim"
Mening baxtga eltar yo'lim –
Yolg'iz Xudo, tushunmaysan!

Mohlaroy TOʻLQINOVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
8-sinf oʻquvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Bizning_ijod

JALOLIDDIN MANGUBERDI

“Mayli, mushkul bo‘lsin sen tanlagan yo‘l…”
Erkin Vohidov

Tarix…
“Bor mojaro guvohi – tarix,
Jamiki ertakni to‘qigan o‘zi.
“Ming bir kecha”ning zar osmonlarida
Unsiz porlamoqda mening yulduzim.
Men kim – Jaloliddin, Turon o‘g‘loni…
Shu yurt tuprog‘ini quchoqlab o‘sdim.
Yodimda qolgani –
Gul,
Qilich,
Vatan,
Soyadek ergashgan hamrohim –
O‘lim.
Shunchalar qisqadir ertagim mening,
Shunchalar uzundir ozodlik yo‘li.
Bu yorug‘ dunyoda ko‘rganim faqat:
Vatan,
Tig‘,
O‘lim.
O‘g‘longa yarashmas ko‘zga yosh olmoq,
O‘g‘lon – Vataniga qalqon, himoya.
Shunchalar ojizmi edim, bilmayman,
Yolg‘iz ko‘zyosh axir mening hikoyam.
Osonmas…
Qo‘lingda qilich bo‘lsa-yu,
Zo‘r qudrat bo‘lsa-yu shijoatingda,
Xanjar uraversa orqangdan falak,
Judo qilsa Vatan – saodatingdan.
Men kim – Jaloliddin, bebaxt sarkarda,
Umid va Turkiston qo‘mondoniman…”
Tarix…
So‘zsiz, unsiz termilar tarix,
Adoqsiz savollar terar ko‘zingdan.
Sen kimsan?
Shu ko‘hna zamin farzandi –
Tarix kitoblarin yig‘latgan tarix.
Buguni, ertasi shu hur diyorning,
Umidi, kaftida tutgani – bari.
Yo‘ling uzoq hali,
Yo‘limiz uzoq,
Mayli, mushkul bo‘lsin, bo‘lsin imkonsiz.
Shu qadim Turkiston kutmoqda bizni,
Turon kutmoqdadir hayotday aziz!

Hojira KAMOLIDDINOVA
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining
9-sinf oʻquvchisi

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI👈