Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.03K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
58 files
4.27K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#ochiq_dars

🔰Buyuk vatandoshimiz Xorazmning aziz farzandi, ulug’ olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta’sir qiladiki, uning asarlarini o’qigan kitobxon o’zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi.

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Umidbek Xolmatovning 9- “A” sinf oʻquvchilariga Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligi munosabati bilan ochiq dars tashkillandi.

❇️Darsda o‘zgacha yondoshgan holda interaktiv usullar qo‘llanildi. Ochiq darsning yakuniga qadar o‘quvchilar faol qatnashdilar.

♻️Darsning asosiy vazifalari shoiraning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan ishlash uchun alohida ikki guruhga ajratilib, jamoalar bilan ishlandi
.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#bilim_doirasida

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Agentlik tomonidan tashkil etilgan" Bilim doirasi" intellektual o'yinining maktab bosqichi o'tkazildi.

❇️Intellektual o'yinda 9-“A”va 9-“B” o‘quvchilari 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Shartlar boshida uyga berilgan vazifani tekshirishdan boshlandi.

📌Intellektual o‘yinning maqsadi – Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining davlat tili, adabiyot sohalaridagi bilimi, tahlil qila olish ko‘nikmasi,

📌teletomoshabinlar orasida davlat tili, o‘zbek va jahon adabiyotini hamda kitob mutolaasini targ‘ib qilish, o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, maktablar haqida jamoatchilikka muntazam ma’lumot berib borishdan iborat.

💐Shart yakunida 9-“A” sinf bilimdonlari 143 ball, 9-“B” sinf bilimdonlari 160 balni qo‘lga kiritdilar.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyat bo'limi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan Qo’shtepa tumanida yangi kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Qo’shtepa tumanidagi madaniyat markazida iste’dodli shoira, “Shuhrat” medali sohibasi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muniraxon Qo’qonovaning viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan yangi chop etilgan “Harir tuyg’ular” nomli she’riy kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar hamda o’quvchi-yoshlar qatnashdi. Taqdimot marosimida so‘z olganlar muallif va uning yangi kitobi haqida o‘zlarining iliq fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Zakovat: Farg‘ona
Kuni kecha an'anaga ko'ra "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan O'quvchilar, Talaba-o'quvchilar va Talabalar ligasi Qishki mavsumining navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

@zakovatfargona