TASAVVUR
Bolalik ekan-da,
Muallimimdan
Soʻrabman bir kuni:
— Ayting-chi, agar —
Yer shunday tezlikda aylansa chindan,
Ne uchun toʻkilib ketmas odamlar?
Yodimdan chiqmaydi bir chelak suvni
Muallimbosh uzra aylantirgani.
Qatra toʻkmay yerga qoʻyarkan uni,
Tushundingmi, deya mendan soʻrgani.
Yillar oʻtib ketdi va lekin hamon
Oʻsha ilk tasavvur yashaydi menda.
Bir chelak suv kabi aylanar jahon,
Men-chi, bir tomchiman oʻsha toʻlqinda.
Uchqur zamon bilan qalqib, chayqalib,
Charx urib boraman girdoblar aro.
Beshafqat tezlikdan asabim tolib,
Bir nafas tin olsam deyman-u, ammo —
Mendami ixtiyor?
Yugurar zamon,
Shiddati oʻtadi har bir tolamdan.
Toʻxtasam, toʻkilgumbir tomchisimon,
Tomchidek yoʻq boʻlib ketgum olamdan.
©️Erkin Vohidov
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from Farg‘ona TRK | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'ona 24, 22-dekabr____viloyat kutubxonasida, Zakovat o'yini
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari
#Драма_тўгараги
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan "Ruhlar isyoni" dostonidagi “Jaholat toʻgʻrisida rivoyat” sahna ko'rinishidan video-lavha.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
USTOZ HABIBIYGA
Muborak, domla, sakson yosh, umrga bitta bob oʻlsin,
Koʻpaysin boblaru saksonta boblik bir kitob oʻlsin.
Yana saksonu sakson yil oʻtib qomat bukunday tik,
Yuzu koʻngil bu kunday mohitobu oftob oʻlsin.
Qoʻlingizdan yana saksonu sakson tushmasin xoma,
Yetolmay ilkingizga hassa sakson yil xunob oʻlsin.
Umr ham keksaliqdan, xastalikdan boʻlsinu xoli,
Yuzu saksonda shoir oʻn sakkiz yoshdek shabob oʻlsin.
Bitib sonsiz gʻazal dil mulkini zabt aylangiz har dam,
Muxammas ham sanoqsiz, qitʼayu fard behisob oʻlsin.
Aruziy vazni nomargʻub degan baʼzi munaqqidlar
Soʻzi shudgorga oqsin, qishga qolsin-u yaxob oʻlsin.
Domullo yuzga yetgach, oʻttiz ikki yangi tish chiqsa,
U dam ichgoni yuz-yuz, yegani kavkaz kabob oʻlsin.
Habibiy yoshi sakson boʻldi deb aytgan xato qilgay,
Iki oʻn bir, iki oʻn toʻrt, iki oʻn besh hisob oʻlsin.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Sharh
#Murojaatnoma
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasiga munosabati
✅Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev “Yoshlar” radiosi va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga intervyu berdi.
✅Agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shermatovning "Madaniyat va maʼrifat" telekanaliga bergan sharhi.
✅Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira O‘ktamxon Soliyeva munosabati.
✅Termiz shahar Prezident maktabi tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Fazliddin Abduraimovning munosabati.
✅Namangan shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Shuhrat Aziboyevning munosabati.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Murojaatnoma
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasiga munosabati
✅Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev “Yoshlar” radiosi va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga intervyu berdi.
✅Agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shermatovning "Madaniyat va maʼrifat" telekanaliga bergan sharhi.
✅Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira O‘ktamxon Soliyeva munosabati.
✅Termiz shahar Prezident maktabi tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi Fazliddin Abduraimovning munosabati.
✅Namangan shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Shuhrat Aziboyevning munosabati.
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
TONG LAVHASI
Ufqlarga qoʻyib guldasta,
Togʻ ortidan koʻtardi-da bosh,
Pastga boqdi choʻqqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.
Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
Soʻng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qoʻydi sarlavha.
©️Erkin Vohidov
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
TONG LAVHASI
Ufqlarga qoʻyib guldasta,
Togʻ ortidan koʻtardi-da bosh,
Pastga boqdi choʻqqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.
Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
Soʻng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qoʻydi sarlavha.
©️Erkin Vohidov
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
KIMNI ETMAS BU KO‘NGIL SHAYDO
Dunyo ekan…
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga,
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikr-u xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She’r zavqini qoldirdi faqat.
Borliq olam ko‘zimga ming-ming
Go‘zallikka to‘lib ko‘rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She’r daftari bo‘lib ko‘rindi…
Ayb etmangiz,
Do‘stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?

♻️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan “Parvoz-2022” sarhisob tanlovining taqdirlash marosimi boshlanish arafasida…