#tez_kunda
#Fargʻona_MTRK_namoyish_etadi
🔰Yurakdagi muhabbat hissini yosharishga, yangilanish kayfiyati ila ulug‘likka undovchi “O‘zbegim” ko‘rsatuvining navbatdagi soni 28-noyabr kuni Marg‘ilon shahar Hunarmandlar markazida tasvirga olindi.
📺🎥Ko‘rsatuvga joziba bag‘ishlagan madaniyat vakillari, viloyatimizning ustoz shoirlari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar hamda ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.
✍️📖Ko'rsatuvning bu galgi soni Jadidlarimizning bosgan umr yo‘llariga, ijod mashaqqatlariga, yozgan asarlariga bag‘ishlandi.
❇️O‘zbekning barcha fazilatlarini bolalikdan qalbimizga jo etib kelayotgan, o‘zligimizni anglashimiz uchun tayanch bo‘lgan o‘zbek millatiga ehtirom, ustozlarga hurmat “O‘zbegim” ko‘rsatuvida namoyon bo‘ldi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
🔰“Yuksak jangovar ruh – askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir” degan konseptual g‘oya asosida harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilishi belgilangan edi.
❇️Shu munosabat bilan, Farg‘ona shahridagi Sharqiy-harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida tanlovlarning viloyat bosqichi tashkil etildi.
✅Qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan tanlovda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Tarannum” musiqa toʻgaragi rahbari Murodjon Kamoliddinovning Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova sheʼri asosida bastalagan “Asrab turar” nomli qoʻshigʻi tanlovning “Eng yaxshi jangovar qoʻshiq” yoʻnalishida faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_ijod
#Koʻngil_parvozi
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
🔰Otam bo'lib silading boshim...
✍️Kamola Ma'rupova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰"Yazdon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

#ustoz_bisotidan
EHTIROM IFODASI
Fargʻonadagi anjumandan qaytayotib, Oltiariqdan oʻtayotganimizda, mashinani chetga oldirib, Erkin akani yoʻl yoqasidagi oshxonaga boshladim:
– Oltiariqqa kelganlar bu yerning mashhur somsasini yemasdan ketmaydi. Keling, shundan ikkita-ikkita tatib koʻraylik.
Oshxona birdan bayramga aylanib ketdi. Xoʻrandalar birma-bir kelib, suyuklidan suyukli shoiri bilan quchoqlashib koʻrishishga tutindi. Hatto bolalar derazadan moʻralab, somsa yeyishimizni tomosha qila boshlashdi. Shunday mashhur odam ham ovqat yer ekanda, deb oʻylashgani aniq.
Qoʻzgʻalayotib, pul bersak, somsapaz olmasdan turvoldi. Bundan, Erkin akaning yana hazilkashligi qoʻzidi:
– Shuni oldinroq aytmaysizmi, ukajon. Bilganimizda, somsani ikkitadanmas, toʻrttadan buyurardik.
✍️Anvar Obidjon, Oʻzbekiston xalq shoiri.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
EHTIROM IFODASI
Fargʻonadagi anjumandan qaytayotib, Oltiariqdan oʻtayotganimizda, mashinani chetga oldirib, Erkin akani yoʻl yoqasidagi oshxonaga boshladim:
– Oltiariqqa kelganlar bu yerning mashhur somsasini yemasdan ketmaydi. Keling, shundan ikkita-ikkita tatib koʻraylik.
Oshxona birdan bayramga aylanib ketdi. Xoʻrandalar birma-bir kelib, suyuklidan suyukli shoiri bilan quchoqlashib koʻrishishga tutindi. Hatto bolalar derazadan moʻralab, somsa yeyishimizni tomosha qila boshlashdi. Shunday mashhur odam ham ovqat yer ekanda, deb oʻylashgani aniq.
Qoʻzgʻalayotib, pul bersak, somsapaz olmasdan turvoldi. Bundan, Erkin akaning yana hazilkashligi qoʻzidi:
– Shuni oldinroq aytmaysizmi, ukajon. Bilganimizda, somsani ikkitadanmas, toʻrttadan buyurardik.
✍️Anvar Obidjon, Oʻzbekiston xalq shoiri.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod
SHAM
Qish.
Izg‘irin.
Joningga yopishgan muzlik
Qo‘yib yubormaydi tabiatni hech,
Bir qishloq chetida kichkina uyda
O‘sardim g‘am ko‘rmay dardsiz
Sandal atrofida ukam bilan men
Issiq choyni ichib tayyorlardik dars,
Tashqarida onam aksirsa, shoshib,
Sog‘ bo‘ling, derdim men
Yugurib chiqib.
Onam-chi…
“Uyga kir!
Ho‘p! Sog‘ bolaman…”
✍️Mahsuma Ne'matova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.

Forwarded from ijodim
#tashrif
🔰TURKIY DILDOSHLARIM – QAVMU QARDOSHLARIM
🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Hoji Bayram Valiy universiteti dotsenti, “Erkin Vohidov sheʼriyatining til va uslub jihatidan tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor Valiy Savash Yelok, professor Ko‘nualp Erjilasun, dotsentlar Bilol Koch, Ibrahim Atabey, FarDU falsafa fanlari doktori, adabiyotshunos olim Islombek Mannopovlar va ustozlar ishtirokida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
♻️Tadbir avvalida mehmonlar tarjima she’rlar ohangida kutib olinda va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida olib borilayotgan ishlar, jarayonlari bilan tanishishdi.
✅Ijod maktabining faollar zalida ustozlar taklif etildi, soʻng oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, erkin she’rlar, turli tillardagi tarjima she’rlar, “Jaholat” dramatik, “Farg‘ona yo‘llarida” komedik sahna ko‘rinishlari, bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi misralar, xalq og‘zaki ijodiy qo‘shiqlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
✅Yakunda Hoji Bayram Valiy universiteti dotsenti, “Erkin Vohidov sheʼriyatining til va uslub jihatidan tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, professor Valiy Savash Yelok oʻzining samimiy fikrlari va hayotiy misralarini yosh ijodkorlar bilan oʻrtoqlashdi.
✅Tashrif so'ngida mehmonlar bilan kelgusi faoliyatlar davomida hamkorlik qilinishi va yirik loyihalarni amalga oshirilishi haqida kelishib olindi.
✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Hoji Bayram Valiy universiteti dotsenti Valiy Savash Yelok bilan ijodiy uchrashuvdan fotolar.