Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#jismoniy_tetiklik

🔰Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va ustozlari o‘rtasida muntazam sport musobaqalari o‘tkazilmoqda...

⚽️Joriy yilning 14-oktabr kuni
Erkin Vohidov ijod maktabida har juma "Ruhiy salomatlik va jismoniy tetiklik kuni" munosabati bilan maktab ustozlari va o‘quvchilar ishtirokida sport o‘yinlari o‘tkazildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, sportga qiziqtirish orqali ta’lim faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida
"Sport sog‘lik garovi" shiori ostida sportning fudbol, voleybol, arqon tortish va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ijod_maktabi
#seminar_trening

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🔰Ijod maktabining tajribali ustoz-murabbiylariga Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

❇️Farg'ona shahridagi Prezident maktabi direktori Obidxon Mo‘minov ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dastavval xorijiy yurtlardagi o‘quv amaliyoti, metodlari bo‘yicha Obidxon Mo‘minov tushunchalar berildi.

▶️Ishtirokchilar seminar-trening mashg‘ulotida topshirilgan har xil o‘yin ko‘rinishidagi qiziqarli savol-javoblar bilan va interaktiv metodlar orqali ingliz tilini bilish darajalarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib oldilar.

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
📌O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA RUHIY BARKAMOLLIKNI, IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISH

🔰Psixologiya fanlari nomzodi, “Grand medical service” neyropsixologik markaz rahbari Shirinoy Mustafoyeva ishtirokida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ustoz va tarbiyachilariga psixologik trening o‘tkazildi.

❇️Ushbu tadbirdan maqsad shuki, o’quvchilar bilan ishlashda ruhiy barkamollikni, ijodkorlikni shakllantirishdan iborat.

▶️Ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi zamirida yoshlarni uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida davlat ta’lim standartlari talablari darajasida bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish yotadi.

Bu esa o‘qituvchidan umumdavlat ahamiyatidagi vazifani ongli tushungan holda o‘ta mas’uliyat, ijodkorlik va izlanuvchanlik bilan yondashib faoliyat ko‘rsatishni talab etadi.

💐Seminar tashkilotchilariga va Shirin Mustafoyevaga katta rahmat!

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈