Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
976 subscribers
12.5K photos
1.49K videos
58 files
4.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Kun_tarixi

4-oktyabr 1938 yil - O‘zbekiston tarixidagi eng qayg‘uli kunlardan biri. Ushbu kun xalqning eng ziyoli olimlari va davlat arboblaridan bir guruhi sovet davrining qatag‘on qurboniga aylangan.

SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi qarori bilan ushbu kun otuvga hukm qilinganlar orasida Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Gʻozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Xudoybergan Devonov, Rahim Inog‘omov, Usmon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Akbar Islomov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev kabi shaxslar bo‘lgan.

Shuningdek, Stalin davri qatag‘on siyosatining ayni kuchaygan - 1934-1938 yillarida O‘zbekistondan 40 mingdan ortiq insonlar qatag‘on qurboni bo‘lgan. Shularning 730 nafari "oliy jazo" - otuvga hukm qilinganlardir.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tavallud_sana

DUM

Oltinchi sinfda Toshkentga kelib o‘qiyotganimda, o‘rtoqlarim shoir Anvar Obidjonning o‘g‘li ekanligimni bilib, nima uchun dadangning familiyasi Obidjon, seniki esa Obidjonov, deb so‘rab qolishdi. Maktabdan qaytganimdan keyin buni dadamga aytsam, u shunday degan edi:
-Familiyamning dumi qalbaki ekan, qirqdirib tashlaganman.

Bahrom OBIDJONOV.

📆Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, qadrli ustoz Bahrom OBIDJONOV! Sizga baxtli hayot, farovon turmush va mustahkam sog‘lik nasib etsin! Doimo ilg‘or insonlar qatorida bo‘lish baxti nasib etsin! Barcha qilingan yaxshi niyat-maqsadlar ro‘yobga chiqsin. Baxtli hayot onlari abadiy hamrohga aylansin!

💐Qadrli ustozimizni tavallud ayyomi bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi chin qalbdan muborakbod etamiz!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bugun

4-oktyabr - millatimiz oydinlari - jadidlar otilgan kun.

QODIRIYGA MAKTUB

Ayting, siz kimlarning yoʻlin toʻsdingiz,
Ayting, siz kimlarga ochgansiz bagʻir.
Sizni yogʻiylarga sotgan doʻstingiz,
Aytib bersin menga aybingiz, axir.

Atrofda ulfat koʻp, lekin doʻst yoʻqdir.
Atrofimda koʻpdir mahmadonalar.
Ahvlim soʻrguvchi qorakoʻz yoʻqdir,
Men yolgʻizman, toʻpdir mahmadonalar.

Gohida yuragim toʻlganda gʻashga,
Udda qilolmasam hatto kulishni.
Siz daʼvat etasiz meni yashashga,
Hamda oʻrgatasiz qanday oʻlishni.

Gohi qalbimizni oʻrtasa qiynoq,
Alam qalbimizda – poramizdadir.
Mirzolar ketgandir siz bilan, biroq
Hali ham munshiylar oramizdadir.

2009-yil

✍️Davlatjon Karimov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Bugun Aʼzam O‘ktam tug‘ilgan kun. Alloh rahmat aylasin.

TARADDUD

Aniq hech narsa yo‘q, har narsa tusmol,
Ayblarim o‘ylasam - xushdan ozarlik.
Qizlarning yuziday ochilgan osmon
Bulut kelishiga ko‘rar hozirlik.

Bitta sham o‘chgaydir shabboda yelsa,
Kulga libos balki, asli u qayg‘u.
Bosqinchi birovning yurtiga kelsa,
Bir kun quvilishga hozirligi shu.

Ko‘zni sovuq ko‘rdim, yuraklarni muz,
Shaylandim o‘t ila o‘ynashmoq uchun.
Muhit bo‘lsa qishni boshlab kelar kuz,
Yuzma-yuz chiqmasang - yashamoq nechun.

Yo‘l aniq, qaytish yo‘q.
Men ketdim endi.
Kechgan narsam - jonni o‘ylamam hecham.
Bitta maydon kerak - kurashgim keldi:
To‘shakda yotgulik qilmasin o‘lim!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

✍️📺Mushtariybonu Sulaymonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#zakovat

🔰“ZAKOVAT” intellektual saralash o‘yinining navbatdagi bosqichi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📌Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr yangi avlod vakillarining barchasini milliy g'oyamiz ruhida, har tomonlama yetuk, zakovatli kadrlar etib tarbiyalashni taqazo etmoqda. Bu borada avvalo vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, yoshlarni yurtga sadoqat, kasbga, ilmga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim o'rin tutadi.

❇️Qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ijod maktabi umumiy jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual saralash o‘yinining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.

📚Boshlovchi tomonidan berilgan savollarga zukkolik bilan javob bergan jamoalar bilimli, izlanuvchan ekanliklarini isbotladilar.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
QADAMLARIM YONAR DARDING SHITIRIDAN

Yaproqlarning yuzidagi ajin— hijron,
Dil so‘zlaring yomg‘irlarning shivirida.
Tabiatning qalbidagi sabr—imon
Qadamlarim yonar darding shitiridan.

Bahorlardan qizg‘onaman chiroyingni
Kuzak emas, dilda ungan so‘z—kurtaksan.
Qani endi ishqdan bo‘lgan saroyingni
Ko‘klamlarga oshiqlarga bir ko‘rsatsam.

Sukunating sukutini buzsa hajr
Zamin bag‘rin ochar, qara, mehr ila.
Insoniyat qalbidagi qaro kibr
Yuviladi go‘yo yomg‘irso‘zing bilan.

Telba hislar oshiqadi sening tomon,
Mana bugun tutdim ishqiy qo‘llaringdan.
Meni kutib bo‘ldimi-a ranging somon
Darveshlikni qurib ketgan yo‘llarimda...

Yaproqlarning yuzidagi ajin— hijron,
Dil so‘zlaring yomg‘irlarning shivirida.
Tabiatning qalbidagi sabr—imon
Qadamlarim yonar darding shitiridan.

Dunyo yonar bugun darding shitiridan...

✍️Saodatxon Sulaymonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Koʻngilni koʻngildan kuylovchi shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi Shuhrat Orif tavallud topgan kun bugun!

💐Qadrli qadrdonimizni tavallud ayyomi bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!!!

Oramizda yigirma kuz bor,
Yigirma bahor bor sarsari.
Oramizda hamma baxtiyor,
Ikkimiz - eng baxtiyor gʼarib!

Oramizda - ismsiz yillar
va milyard odam bor ismli.
Oramizda - soqov koʼngillar,
Oramizda - sershovqin jimlik...

Oramizda - visol hadigi,
Oramizda - baxt tiklagan dor.
Oramizda koʼpmas... atigi
Yigirma tomchilik koʼzyosh bor...

Oramizda qismat sargardon,
Oramizda - zerikkan qafas.
Oramizda dunyo saqlar jon,
Faqat bizga yetmaydi nafas...

Oramizda sevgi bor, gulim -
Birgalik yoʼq, lek bir boʼlish bor.
Bizga havas qiladi oʼlim -
Ismingni pichirlab oʼlish bor...

Shuhrat Orif

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bo'lsin_ona_tilim
#ona_tilim_33_yil

🔰O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga

🎙Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#bizning_ijod

📖Yo'ling ochiq bo'lsin...

📻Fazliddin G'ulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#nazm_toʻgaragi_faoliyati

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

hamkorligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida tashkil etilgan ko'plab ijodkor-yoshlarni kashf qila olgan “Oltin qalam” adabiy to‘garagi qiziqarli suhbatlarga, baxs-munozaralarga, she’riy ijrolarga burkangan holda o‘tkazildi.

📖Adabiy to‘garakning darsida “Olovrang yaproqlar” mavzusida she’rlar, to‘rtliklar yozildi va tanqidiy tahlillar o‘tkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈