Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARG'ONA_24__29.08.2022 "ENG ULUG`, ENG AZIZ" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
Президент Шавкат Мирзиёев бугун эрта тонгда Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросимида иштирок этди ҳамда "Янги Ўзбекистон" боғида Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

Кечқурун давлатимиз раҳбари мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбирида иштирок этиб, халқимизга табрик билан мурожаат қилади.

Сегодня ранним утром Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии почтения памяти жертв репрессий в аллее "Шахидлар хотираси" и возложил цветы к монументу Независимости в парке "Янги Узбекистон".

Вечером глава государства примет участие в праздничном мероприятии по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны и выступит с поздравлением к народу.

Facebook|Instagram|Twitter
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

📌30-avgust kuni "Raqamli avlod-2022” IT oromgohi doirasida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, barcha qatnashchilarni samimiy tabrikladi:

- Inklyuziv IT oromgoh doirasida har biringiz katta natijalarni qo’lga kiritganingizga aminman. Eng muhimi yangi do'stlar, tajriba orttirdingiz. Umid qilamanki, bu yerda o’zlashtirgan bilimlaringiz sizga albatta foyda keltiradi. Omad yor bo’lsin, aziz yoshlar!

🔹
Mazkur oromgoh orqali o’quvchilarning IT sohasiga va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlari yanada ortib, bilim olishga bo’lgan intilishlari yuqori ekanligiga va o’z tengdoshlari qatori o’ziga bo’lgan ishonchi borligiga yana bir bor amin bo’lindi.

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

__
Digital Generation Uzbekistan
Мустақиллик байрами муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

С Днем независимости, дорогие соотечественники! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎉🎉🎉

Facebook|Instagram|Twitter
Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоровнинг Мустақилликнинг 31 йиллиги муносабати билан байрам табриги

Ҳурматли юртдошлар!

Барчангизни энг улуғ, энг азиз айём – Давлатимиз мустақиллигининг 31 йиллик байрами билан самимий табриклайман.

Миллий тикланишдан миллий юксалиш сари жадал одимлаётган, эл азиз, инсон азиз бўлган Ватанимизнинг ушбу қутлуғ байрами юртимизга, элимизга тинчлик-омонлик, шодлик ва фаровонлик, файзу барака олиб келсин!

Янги Ўзбекистонимизнинг бугунги шукуҳли кунларида Сизга ва оила аъзоларингизга Яратган Эгамдан узоқ умр, мустаҳкам соғлиқ, чексиз бахт-саодат тилайман.

Мустақиллигимиз абадий бўлсин!

Ҳурмат билан,
Хайрулло Бозоров,
Фарғона вилояти ҳокими
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

#Ayyom_muborak

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni eng ulug', eng aziz bayram - O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin ko'ngildan tabriklayman.

Yurtimiz rivoji, jamiyat taraqqiyoti yo'lida amalga oshirayotgan ulkan ishlaringizda muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
​​💐💐💐ENG ULUGʻ, ENG AZIZ BAYRAM MUBORAK!

🔰Bugungi sertahlika davrda tinchlik-xotirjamlikda oʻtgan har bir kun—neʼmat. Bu oliy haqiqatni katta-yu kichik birdek anglayotgan hozirgi kunda yurtimizdagi osudalik, obodlikka har qancha shukrona keltirsak kam. Joriy yilda Yurtboshimiz koʻrsatmalariga binoan inson qadri, manfaatlariga qaratilgan yuksak eʼtibor xalqimiz hayotiga yangi mazmun baxsh etganini ham aytish kerak.

Bu yil Mustaqillikning oʻttiz bir yilligi “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilayotgani yuqoridagi fikrimizga yana bir dalildir. Mamlakat miqyosida quloch yoygan istiqlol shodiyonalari elimizga xush kayfiyat baxsh etib, dillarda hurlik alyorlari aks-sado berayotgan ayni damlarda Sizlarni viloyatimiz ijod ahli hamda jamoamiz nomidan eng ulugʻ, eng aziz bayram bilan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar. Sizga sogʻlik-omonlik, oilaviy roʻshnolik, muvaffaqiyat, Vatan ravnaqi yoʻlidagi mehnatingizga rivoj tilaymiz. Qalbingiz hamisha maʼrifat ziyosidan nurafshon, avlodlarimiz kelajagi porloq, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

✍️Hurmat bilan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi

INSON QADRI

Tiriklikning iforiday gullar atri,
Bulbul uchun muqaddasdir boʻston qadri.
Bulbul aslo yasholmas oʻz chamanisiz,
Inson yasholmagay hargiz Vatanisiz.
Yashnar ekan toki davru zamon qasri –
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri.

Sen egilib chigit ekding, paxta terding,
Shuncha molu dunyoyingni kimga berding?
Yuz yil mehnat qilding, kosang oqarmadi,
Xalqim, tole senga ham bir boqarmidi?
Keldi endi chin dehqonu, bogʻbon qadri,
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri.

Millatlarni birlashtirgan tashkilotda
Sen oʻzbekcha soʻylar eding, Oʻzbek ota.
Sen oʻzbekcha soʻylarding – men yigʻlar edim,
Uch yuz yetmish tomirim-la tinglar edim.
Baland boʻldi elda ilmu irfon qadri,
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri.

Kelajakning koʻrkam qasru uylarida,
Toʻylarida, mahalla ham koʻylarida –
Ellar, xalqlar birlashib bayram boʻladi,
Bu davronlar hali duv-duv gap boʻladi.
Oʻzbek uchun muqaddasdir mehmon qadri –
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri.

Oʻzing qurding uch ming yillik davlatingni,
Qadriga yet oring, shaʼn-u shavkatingni.
Bugun imon keltirdi-ku roʻyi jahon,
Oʻzbekiston, ota makon, ona makon.
Chin sarbonga qutlugʻ boʻlsin karvon qadri,
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri,
Inson qadri muqaddasdir, inson qadri.

Sirojiddin Sayyid,
Oʻzbekiston xalq shoiri
#Yangi_Oʻzbekistonda_el_aziz_inson_aziz
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyormiz

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Aziz ota-onalar hamda adabiyotga muhabbati yuksak vatandoshlar! Sizlarni Marg‘ilon shahar “Ijodkorlar bog‘i”da qad rostlagan Erkin Vohidov haykali poyida 2022-yil 5-sentabr kuni soat 8:00 da bo‘lib o‘tadigan “MEN YANGI O‘ZBEKISTON FARZANDIMAN” nomli tadbirimizga taklif etamiz.

▶️Ijod maktabi o'quvchilarimizni yangi o'quv yilida ko'tarinki kayfiyatda, bayram hayajoni ila kutib olishga biz tayyormiz!

😍Sizlarchi aziz o‘quvchilar, tayyormisizlar? Unda ertaga kech qolmasdan kelaveriiiiing😁

💕Shuni ham aytish kerakki, bu yilgi "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida maktab tashqi ko‘rinishi va sinf xonalar bayramona bezatildi.

💐Yashnar ekan toki davru zamon qasri –
Bu Vatanda muqaddasdir inson qadri.


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈