Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
994 subscribers
12.5K photos
1.48K videos
58 files
4.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#eʻtirof

MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN USTOZ!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni
imzolandi.

📌Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan ustoz ham bor:

▶️Bahodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

💐Ushbu xushxabarni eshitgan va quvongan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ustozlari bugungi ish faoliyatini ustoz Bahodir Isoni tabriklashdan boshladi. Sodda buyuk inson, mehridaryo ustozimizga munosib mukofotlar muborak bo‘lsin!

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​USTOZ, unvon muborak!

BAHODIR ISOGA

Men ham nur-ziyoga havas qilaman,
Guvragan daryoga havas qilaman.
Nur-ziyo taratgan daryodil inson –
Bahodir Isoga havas qilaman.

Mansab ilinji yoʻq, shon ilinji yoʻq,
Xirmon ilinji yoʻq, don ilinji yoʻq,
Ona qishlogʻini oʻylab, tinchi yoʻq,
Bahodir Isoga havas qilaman.

Sheʼrning qiymatini bilib qoʻygan u,
Chalamullalarni ilib qoʻygan u.
Qiladigan ishin qilib qoʻygan u,
Bahodir Isoga havas qilaman.

Men shunchaki laylak haydab yurmadim,
Ne-ne buyuk bilan suhbat qurmadim.
Lek undan shoirroq shoir koʻrmadim,
Bahodir Isoga havas qilaman.

Koʻngil sultoni u, koʻngil quli u,
Yigitning guli u, elning tili u.
Dardi bor insonning joni-dili u,
Bahodir Isoga havas qilaman.

Men tugʻma shogirdman, xomman, sal boʻshman,
U – xudoning doʻsti, ishqi rost tushgan.
Xudoning dushmani unga ham dushman,
Bahodir Isoga havas qilaman.

U qumri kuyini qoʻshiqqa solgan,
Yoʻldosh Sulaymonning duosin olgan.
U – tirnoq – hazrati Mashrabdan qolgan,
Bahodir Isoga havas qilaman.

Oldin soʻylar, keyin oʻylar joʻralar,
Bir kun sizlardan ham hisob soʻralar.
Qoʻl yuvib koʻrishing, ey siz, toʻralar!
Bahodir Isoga havas qilaman.

U faqat yaxshilik qilishga qodir,
U sizlar bilmagan yolgʻiz dahodir.
Sheʼrim oʻzimgayu sizga bahodir,
Bahodir Isoga havas qilaman.


✍️Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri.
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.

O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.

O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#istiqlolni_kuylayman

VATAN SURATI

Yuragimni ko‘prik qilib baxt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.

Tun qalbini bezovtalar sukunatlar,
Goh xo‘rsinib qo‘yar sokin o‘ychan shamol.
Oymomojon oynasiga boqib xushhol,
Sochlariga taroq tortar surib xayol.

Yuragimning orqasiga berkitdim men,
Tun atalmish tinchlik bermas zulumotin.
Ko‘ngilginam daftariga muhrladim,
Sumalakday yoqimli tong shivirotin...

Yuragimni ko‘prik qilib yurt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.

Bir kalomni jarang sochar o, tiriklik,
Mustaqillik, Mustaqillik, Mustaqillik…

✍️Muxlisa Zokirjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Давлатимиз юксак унвонлари, орден ва медаллари соҳибларига топширилди

Куни кеча Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз бир йиллиги муносабати билан эълон қилинган Президентимизнинг фармонлари доирасида, 23 нафар вилоятимиз вакиллари Давлатимизнинг юксак мукофотлари – фахрий унвонлар, орден ва медаллар билан тақдирланишди.

Бугун Фарғона вилояти ҳокимлигида давлатимизнинг юксак мукофотлари соҳибларига топширилди.

Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11382550

Sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARG'ONA_24__29.08.2022 "ENG ULUG`, ENG AZIZ" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
Президент Шавкат Мирзиёев бугун эрта тонгда Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросимида иштирок этди ҳамда "Янги Ўзбекистон" боғида Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

Кечқурун давлатимиз раҳбари мамлакатимиз мустақиллигининг 31 йиллигига бағишланган байрам тадбирида иштирок этиб, халқимизга табрик билан мурожаат қилади.

Сегодня ранним утром Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии почтения памяти жертв репрессий в аллее "Шахидлар хотираси" и возложил цветы к монументу Независимости в парке "Янги Узбекистон".

Вечером глава государства примет участие в праздничном мероприятии по случаю 31-й годовщины независимости нашей страны и выступит с поздравлением к народу.

Facebook|Instagram|Twitter