#qutlov
#ustoz_bizning_faxrimizsiz
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor
🔰Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani oʻqituvchisi Isomov Bahodirjon Sirojiddinovich
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
💐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oilasining vakili, kamtarin, xokisor inson bilan bir safda ekanligimizdan faxrlanamiz. Ustoz sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, iymonboylik va doim ijodlaringiz gullab- yashnashini tilaymiz!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Эътироф
MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN!
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.
Farmon bilan, jumladan yurtdoshlarimiz Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, yurtimizda ilm-fan, ta'lim, sport, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan ustozlar ham bor:
▶️ Jamaliddin Kamalov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
▶️ Boxodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
▶️ Maxfuza O‘rinova - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan Marhamat tumanidagi 3- ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internati direktori - “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
❗️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

#istiqlolni_kuylayman
Vatan
Koʻhna tarix sen haqingda soʻzlasa gar,
Yuragimni yoritadi baxt chirogʻi.
Katta yoʻllar seni kutib turganidek,
Hislarimga sochilgandir yurt tuprogʻi.
Amir Temur umr boʻyi suygan vatan,
Kelajakka tutash tonglar dorilomon.
Men qizingman noming koʻkka koʻtarguvchi,
Isming bilan uygʻonaman Oʻzbekiston.
✍️Tasanno Abduvahobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Vatan
Koʻhna tarix sen haqingda soʻzlasa gar,
Yuragimni yoritadi baxt chirogʻi.
Katta yoʻllar seni kutib turganidek,
Hislarimga sochilgandir yurt tuprogʻi.
Amir Temur umr boʻyi suygan vatan,
Kelajakka tutash tonglar dorilomon.
Men qizingman noming koʻkka koʻtarguvchi,
Isming bilan uygʻonaman Oʻzbekiston.
✍️Tasanno Abduvahobova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#istiqlolni_kuylayman
Oʻzbekiston
Oʻzbekiston, dunyolarni mahv et bugun,
Ufqlarga singib ketsin shoʻx taronang.
Sening tugʻing osmonlarda koʻrish uchun,
Kosmosni ham zabt etmoqda barcha bolang.
Barq ur, mayin shabbodadek tebran asta,
Oymomoni allalasin shirin tafting.
Ogʻushingda uxlab qolsin, xuddi mastdek,
Va unga ayt: "Bu hammasi sening baxting".
Hazrat Imom Buxoriyni ziyorat qil,
Olamlarga saboq bergin shariatdan.
Vatan, uning xotirini koʻksingga il,
Zero, seni yoʻqlab kelsin Buxoriy ham.
Oʻzbekiston, yuksalaver, yashnayvergin,
Mahv etib qoʻy, ular seni mahv qilguncha.
Dunyolarni magʻlub etib yashayvergin,
To oxirgi Alpomishing tugʻilguncha.
✍️Fazliddin Gʻulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi.

#eʻtirof
MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN USTOZ!
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni imzolandi.
📌Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida faoliyat yuritayotgan ustoz ham bor:
▶️Bahodirjon Isomov - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining adabiyot fani o‘qituvchisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
💐Ushbu xushxabarni eshitgan va quvongan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ustozlari bugungi ish faoliyatini ustoz Bahodir Isoni tabriklashdan boshladi. Sodda buyuk inson, mehridaryo ustozimizga munosib mukofotlar muborak bo‘lsin!

Forwarded from ijodim
USTOZ, unvon muborak!
BAHODIR ISOGA
Men ham nur-ziyoga havas qilaman,
Guvragan daryoga havas qilaman.
Nur-ziyo taratgan daryodil inson –
Bahodir Isoga havas qilaman.
Mansab ilinji yoʻq, shon ilinji yoʻq,
Xirmon ilinji yoʻq, don ilinji yoʻq,
Ona qishlogʻini oʻylab, tinchi yoʻq,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Sheʼrning qiymatini bilib qoʻygan u,
Chalamullalarni ilib qoʻygan u.
Qiladigan ishin qilib qoʻygan u,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Men shunchaki laylak haydab yurmadim,
Ne-ne buyuk bilan suhbat qurmadim.
Lek undan shoirroq shoir koʻrmadim,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Koʻngil sultoni u, koʻngil quli u,
Yigitning guli u, elning tili u.
Dardi bor insonning joni-dili u,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Men tugʻma shogirdman, xomman, sal boʻshman,
U – xudoning doʻsti, ishqi rost tushgan.
Xudoning dushmani unga ham dushman,
Bahodir Isoga havas qilaman.
U qumri kuyini qoʻshiqqa solgan,
Yoʻldosh Sulaymonning duosin olgan.
U – tirnoq – hazrati Mashrabdan qolgan,
Bahodir Isoga havas qilaman.
Oldin soʻylar, keyin oʻylar joʻralar,
Bir kun sizlardan ham hisob soʻralar.
Qoʻl yuvib koʻrishing, ey siz, toʻralar!
Bahodir Isoga havas qilaman.
U faqat yaxshilik qilishga qodir,
U sizlar bilmagan yolgʻiz dahodir.
Sheʼrim oʻzimgayu sizga bahodir,
Bahodir Isoga havas qilaman.
✍️Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri.

#Xushxabar
#Ijod_maktablari
⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.
❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.
O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.
O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

VATAN SURATI
Yuragimni ko‘prik qilib baxt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Tun qalbini bezovtalar sukunatlar,
Goh xo‘rsinib qo‘yar sokin o‘ychan shamol.
Oymomojon oynasiga boqib xushhol,
Sochlariga taroq tortar surib xayol.
Yuragimning orqasiga berkitdim men,
Tun atalmish tinchlik bermas zulumotin.
Ko‘ngilginam daftariga muhrladim,
Sumalakday yoqimli tong shivirotin...
Yuragimni ko‘prik qilib yurt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Bir kalomni jarang sochar o, tiriklik,
Mustaqillik, Mustaqillik, Mustaqillik…
✍️Muxlisa Zokirjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
VATAN SURATI
Yuragimni ko‘prik qilib baxt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Tun qalbini bezovtalar sukunatlar,
Goh xo‘rsinib qo‘yar sokin o‘ychan shamol.
Oymomojon oynasiga boqib xushhol,
Sochlariga taroq tortar surib xayol.
Yuragimning orqasiga berkitdim men,
Tun atalmish tinchlik bermas zulumotin.
Ko‘ngilginam daftariga muhrladim,
Sumalakday yoqimli tong shivirotin...
Yuragimni ko‘prik qilib yurt poyiga,
Orzulardan to‘shab qo‘ydim poyandozni.
Ko‘k kulguchin erkaladi oppoq bulut,
Maysalarda chaldi sabo dil sozini.
Bir kalomni jarang sochar o, tiriklik,
Mustaqillik, Mustaqillik, Mustaqillik…
✍️Muxlisa Zokirjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Farg'ona viloyati hokimligi
Давлатимиз юксак унвонлари, орден ва медаллари соҳибларига топширилди
Куни кеча Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз бир йиллиги муносабати билан эълон қилинган Президентимизнинг фармонлари доирасида, 23 нафар вилоятимиз вакиллари Давлатимизнинг юксак мукофотлари – фахрий унвонлар, орден ва медаллар билан тақдирланишди.
Бугун Фарғона вилояти ҳокимлигида давлатимизнинг юксак мукофотлари соҳибларига топширилди.
Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11382550
Sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram