Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
968 subscribers
12.7K photos
1.5K videos
58 files
4.38K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#bizning_ijod

BU KECHA

To‘kildi so‘nggi yaproq,
Endi qalbda ko‘p titroq,
Nahot mening ko‘nglimdan,
Oy ham yulduz ham yiroq,
Bu kecha!

Har bir she’rim bir bahor,
Yo gullar, yo gullamas,
Farishtalar quloqqa,
Yo so‘ylar, yo so‘ylamas,
Bu kecha!

Kuyib yig‘lagum mudom,
Suyib yig‘lagum mudom,
Meni kechirarmikan,
Tuyib yig‘lasam mudom,
Bu kecha!

Faqat unga talpindim,
O‘tdi o‘tkinchi chog‘lar,
Chin sevgining kuyida,
Menga suyanar tog‘lar,
Bu kecha!

Mening muhabbatimga,
Faqat bir Alloh guvoh,
Seni ko‘rarmikinman?
Savol? Qiynaydi e voh!
Bu kecha!

O, sezmoqda yuragim,
Yelkamga bir dard osib,
Devona bu yoringga,
Sening diydoring nasib,
Bu kecha!...

✍️Hojiakbar Ziynatshoyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#live
#Kitobxon_haftaligi
#Kitobsevar_millat
#Fargonada_hamma_kitobxon 

Ahmad Farg‘oniy nomida Farg ‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2022” ni tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
#Fargona_MTRK_namoyish_etadi

🔰Zamin yangilandi. Qalblardagi muhabbat hissi yosharish, yangilanish kayfiyat ila so‘zga, kuyga ko‘chgan “O‘zbegim” ko‘rsatuvining ushbu soni joriy yilning 18-aprel kuni Marg‘ilon shahar Hunarmandlar markazida tasvirga olindi.

🎥Ko‘rsatuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishlagan madaniyat vakillari, viloyatimizning ustoz shoirlari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar hamda ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

📖Bu galgi son Abdulla Qodiriy hayotiga, xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodiga, she’rlariga bag‘ishlandi.

📺O‘zbekning barcha fazilatlarini bolalikdan qalbimizga jo etib kelayotgan, o‘zligimizni anglashimiz uchun tayanch bo‘lgan o‘zbek millatiga ehtirom va hurmat “O‘zbegim” ko‘rsatuvida namoyon bo‘ldi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#kitobxonlik_haftasi

“KITOBXONLIK HAFTALIGI” BOSHLANDI

🔰Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida keng koʻlamdagi haftalikning ochilish marosimida soʻzga chiqqan viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Bu yil viloyatda ikkinchi bor oʻtkazilayotgan haftalik ham shaklan, ham mazmunan oʻziga xoslik kasb etayotganini taʼkidladi. “Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblari Sharofatxon Ismoilova va Muhammadfozil Ismoilovning yutuqlari viloyatimizda kitobxonlikka qaratilayotgan yuksak eʼtiborning samarasi ekanligi qayd etildi.

📚Tadbirda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining sahna koʻrinishi, Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi ijodiy jamoasi va yosh ijrochilarning chiqishlari, kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈