Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
991 subscribers
12.5K photos
1.48K videos
58 files
4.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida" gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori o'rinbosarlarini lavozimga tayinlash haqidagi qarori yuzasidan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov ishtirok etdi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ustozlar_bisotidan

GULChEHRАDАY QIZ BORMI

O‘shdami, Аndijonda Gulchehraday qiz bormi?
Yo shahri xon Qo‘qonda Gulchehraday qiz bormi?

Shamol o‘ynar sochini, so‘rab chiroy bojini,
Ho‘-o‘, Beshariq tomonda Gulchehraday qiz bormi?

Nenidir qilib xayol biz sori boqsa xiyol,
Shu lahzada, shu onda Gulchehraday qiz bormi?

Qancha ekan adosi, bo‘lsin bu jon fidosi,
Voh-voh, yorug‘ jahonda Gulchehraday qiz bormi?

Oshiq Bahodir Iso devona bo‘ldi hisob,
Ishq gullagan bu jonda Gulchehraday qiz bormi?

✍️Bahodir Iso, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from FARG‘ONA YOSHLARI (Zarnigor Ubaydullayeva)
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot - kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” ning 18-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan dasturi
#bizning_ijod

BU KECHA

To‘kildi so‘nggi yaproq,
Endi qalbda ko‘p titroq,
Nahot mening ko‘nglimdan,
Oy ham yulduz ham yiroq,
Bu kecha!

Har bir she’rim bir bahor,
Yo gullar, yo gullamas,
Farishtalar quloqqa,
Yo so‘ylar, yo so‘ylamas,
Bu kecha!

Kuyib yig‘lagum mudom,
Suyib yig‘lagum mudom,
Meni kechirarmikan,
Tuyib yig‘lasam mudom,
Bu kecha!

Faqat unga talpindim,
O‘tdi o‘tkinchi chog‘lar,
Chin sevgining kuyida,
Menga suyanar tog‘lar,
Bu kecha!

Mening muhabbatimga,
Faqat bir Alloh guvoh,
Seni ko‘rarmikinman?
Savol? Qiynaydi e voh!
Bu kecha!

O, sezmoqda yuragim,
Yelkamga bir dard osib,
Devona bu yoringga,
Sening diydoring nasib,
Bu kecha!...

✍️Hojiakbar Ziynatshoyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#live
#Kitobxon_haftaligi
#Kitobsevar_millat
#Fargonada_hamma_kitobxon 

Ahmad Farg‘oniy nomida Farg ‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2022” ni tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
#Fargona_MTRK_namoyish_etadi

🔰Zamin yangilandi. Qalblardagi muhabbat hissi yosharish, yangilanish kayfiyat ila so‘zga, kuyga ko‘chgan “O‘zbegim” ko‘rsatuvining ushbu soni joriy yilning 18-aprel kuni Marg‘ilon shahar Hunarmandlar markazida tasvirga olindi.

🎥Ko‘rsatuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishlagan madaniyat vakillari, viloyatimizning ustoz shoirlari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar hamda ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

📖Bu galgi son Abdulla Qodiriy hayotiga, xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodiga, she’rlariga bag‘ishlandi.

📺O‘zbekning barcha fazilatlarini bolalikdan qalbimizga jo etib kelayotgan, o‘zligimizni anglashimiz uchun tayanch bo‘lgan o‘zbek millatiga ehtirom va hurmat “O‘zbegim” ko‘rsatuvida namoyon bo‘ldi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈