Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.15K subscribers
14.4K photos
1.63K videos
59 files
4.82K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Attestatsiya
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

Joriy yilning 5- aprel kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 7 nafar o‘qituvchisi pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha malaka test sinovida qatnashishdi.

💐🥇Ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Mashhura Husanova birinchi toifa o‘qituvchisi 94 ball bilan muddatida oliy malaka toifasini berilgan 40 ta testning barchasiga to’liq javob berib, eng yuqori natija bilan qo'lga kiritdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Ҳамма вилоятларда Президент мактаблари очилди, уларда замонавий илғор методикалар асосида таълим берилмоқда. Хусусий мактабларда ҳам бундай илғор методикалар жорий қилинаяпти.

“Савол туғилади, қайси ҳоким ўз мактабларида ушбу илғор методикаларни жорий қилиш бўйича ишлаяпти? Афсуски, ҳозирча бундай ташаббуслар йўқ!” деди Президент.

Шунингдек, республика бўйича айни пайтда 120 та мактаб юқори коэффициентда ишламоқда.

Бундан ташқари, кўплаб мактаб филиалларининг аҳволи мутлақо бугунги кун талабига жавоб бермайди.

Мактабларни компьютер билан таъминлаш бўйича маблағлар ажратилган бўлса-да, Қорақалпоғистон, Андижон, Жиззах, Қашқадарё, Наманган ва Тошкент вилоятларида ишлар суст кетаётгани танқид қилинди.

Олис ва чекка ҳудудлардаги ҳамда “оғир” шароитдаги мактабларда таълим сифатини ошириш билан боғлиқ ишлар қониқарсизлиги кўрсатиб ўтилди.
Мактабларда маънавий муҳитни тубдан яхшилаш бўйича мутлақо янги концепция ишлаб чиқилади. Унда:

- энг аввало, ўқувчиларда ёшлигидан ўзининг маҳалласи ва қишлоғи ҳаётига бефарқ бўлмаслик ҳамда Ватанга муҳаббат;

- оила, ота-она ва устозларга ҳурмат;

- илм ва билим, ҳаракат ва интилиш орқали катта марраларни эгаллаш мумкинлигини тушунтириш ҳамда замонамиз қаҳрамонларининг босиб ўтган йўлларини кенг тарғиб қилиш назарда тутилиши керак.

Мактаблардаги маънавиятчиларга талабларни қайта кўриб чиқиб, бу лавозимга маҳалла ва жамоада обрўси бор кадрлар билан тўлдириш кераклиги, мактабларда илм ва санъат вакиллари, зиёли ва нуронийлар, илғор тадбиркорлар, кластер ва саноат корхоналари раҳбарлари билан доимий учрашувларни ташкил қилиш муҳимлиги таъкидланди.

Бунга ижтимоий тармоқлардаги мактаб ўқувчилари орасида обуначиси энг кўп бўлган машҳур санъаткор, спортчи, актёр, блогерларни ҳам фаол жалб қилиш мақсадга мувофиқлиги қайд этилди.
Бундан ташқари, намунали ўқувчининг ота-онасига миннатдорчилик хати ва совғалар топшириб боришни тизимли йўлга қўйиш кераклиги, ҳар чоракда энг намунали ота-оналарни рағбатлантириб, оммавий ахборот воситаларида кенг ёритиб бориш муҳимлиги айтилди.

Вилоят ҳокимларига юқори коэффициентли 120 та мактабда ўқиш шароитини яхшилаш бўйича аниқ чора-тадбирларни белгилаш топширилди.

Улар 1 августга қадар 960 та мактабни компьютер синфи билан таъминлаш, 740 тасини жиҳозлаш ишларини якунлаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Умуман, 5,5 мингта компьютер синфларини янгилаш бўйича алоҳида дастур қабул қилинади.

Бунга республика бюджетидан 200 миллиард сўм, маҳаллий бюджетлардан ҳам 200 миллиард сўм йўналтирилади.

Мутасаддиларга янги ўқув йилидан бошлаб кичик мактабларда интернет тезлигини секундига 40 Мегабит, катта мактабларда эса камида 100 Мегабит бўлишини таъминлаш, мактаблар учун алоҳида имтиёзли тарифларни тасдиқлаш топширилди.
"TA'LIM - TARAQQIYOT POYDEVORI"

⚡️"Tayanch info" ijtimoiy-huquqiy ommabop jurnalning 1-2-sonida Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova haqida maqola chop etildi.

"Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste'dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e'tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi".

✔️Jurnaldan Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti prorektori Elyorjon Jumayevning intervyusi ham o'rin olgan.

👉Jurnal bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘qituvchilari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, oliy malaka toifasini qo‘lga kiritishdi.

Sirdaryo shahridagi Prezident maktabining o‘qituvchisi Nargiza Matnazarova 97,5 ball bilan oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining o‘qituvchisi Sohiba Babanazarova 97 ball bilan oliy malakani qo‘lga kiritishdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomli Ijod maktabining o‘qituvchisi Abdulmajid Sattarov 97 ball bilan oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.

Agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi Nargiza Ashirmatova 95 ball bilan, Gulchehra Karimova 95 ball bilan, Shohida Saidova 87 ball bilan oliy toifa malakasini qo‘lga kiritdi.

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘qituvchisi Kamoliddin Marasulov 93 ball bilan muddatidan oldin oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.

Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilari Abduvait Tagaymuratov 91 ball bilan va Intizor Jumaniyozova 92 bal bilan oliy toifa malakasini qo‘lga kiritdi.

Davomi bor...

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#zakovat

🔰Nihoyat “Zakovat” intellektual o'yinining yarim final bosqichi

💻Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining yarim final bosqichi o‘tkazildi.

👭Ushbu intellektual o‘yinda 2 ta guruh, ya’ni har bir guruhda 6 nafardan ishtirokchilar qatnashdi.

🇺🇿O'yin ishtirokchilarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoalar qizgʻin kurash olib borishdi va 1-oʻrinni “Navoiy izdoshlari” jamoasi va 2-oʻrinni esa “Education” jamoasi egalladi.

✍️Bugungi o‘yinda o‘ynalgan savollardan eng yaxshi savol egasi M.Nurmatovning savoli “eng yaxshi savol” deb topildi.

🥇🤝Davlatjon Karimovning jamoasini bugungi gʻalaba bilan tabriklaymiz va qolgan jamoalarni ham tabriklab, kelajakdagi ishlariga, oʻqishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🤝Yutgan jamoalar bilan kelgusida finalda ko'rishamiz
!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tabiat_bagrida

🔰Bahor fasllar ichida nafosati, go‘zalligi, yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi. Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug‘i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko‘nglidan birdek joy oladi. Bahor o‘zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to‘lqinlantiradi. Barcha insonlarga birdek shod-u xurramlik, mehr oqibat, baxt soadat, baxshida etadi.

Joriy yilning 6-aprel kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan Gulchehra Asronova rahbarligidagi nasr to‘garagi a’zolari navbatdagi mashg‘ulotini tabiat bagʻrida oʻtkazish uchun Yozyovonning Choʻliguliston qishlogʻidagi “Mumtozabegim” bogʻida olib borishdi.

💐Bahorning nafasi ufurib turgan, gullarning iforlari taralib olamni yoshartirayotgan bunday pallada she’r yozmay, yaxshi asar yozmay, yangi kitob o‘qimay bo‘ladimi?!

👍Siz faqat yozing, yozavering yosh iste’dodlar, nosirlar!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

💻Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining yarim final bosqichi

🥇🤝Davlatjon Karimovning jamoasini bugungi gʻalaba bilan tabriklaymiz va qolgan jamoalarni ham tabriklab, kelajakdagi ishlariga, oʻqishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🤝Yutgan jamoalar bilan kelgusida finalda ko'rishamiz
!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈