Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.3K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, maruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.
#biz_haqimizda

📖“FARG‘ONA HAQIQATI” adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy gazeta

🔰Yosh ijodkorlarini qo‘llab – quvvatlashda, ularning asarlarini butun ijod ahliga yetkazishda yaqindan yordam beruvchi gazeta bu – “FARG‘ONA HAQIQATI” gazetasidir.

🧑🏻💻Ushbu yangi sonida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Gulzoda Turdaliyevaning “Kitob va yurak” nomli kichik hikoyasi chop etildi.

👍Buning uchun gazeta jonkuyarlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ERKIN VOHIDOV (Nigora Umarova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўҳна тарих шодасида битта маржон Ўзбегим!.. 😍😍😍
Bahs qizgʻin tus olmoqda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa aʼzolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovi yakunlandi.

✔️G‘oliblar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📌G‘oliblarning ro‘yxati bilan batafsil saytda tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
@bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, bilim uchun 100 million yutib oling!

«Bilim uchun 100 million»
loyihasi ommabop loyiha bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan barcha — maktab o'quvchilari, professional ta'lim muassasalari o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va kattalar ham ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich @bilimtestbot Telegram botida onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha); ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) Toshkent shahrida o'ktaziladi. Birinchi bosqich 1-aprel kuni @bilimtestbot’da boshlanadi. Batafsil ma'lumot.

❗️Eslatib o'tamiz, loyihaning faqatgina @bilimtestbot Telegram boti mavjud. Bu nomga o'xshash nomdagi har qanday kanal, guruh va botlarning bizning olimpiadaga aloqasi yo'q hamda ular feyk! Ayni vaqtda @bilimtestbot’da ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi.

Olimpiada yuzasidan ovozli suhbat tashkil etaylikmi? Sizning qanday takliflaringiz bor? Izohlarda qoldiring!

@alisher_sadullaev
#ustozlar_bisotidan

DUR BOʻLIB TOMGAYMI SOʻZ...

Dur boʻlib tomgaymi soʻz
Kiprikka yosh inmay turib,
Marvarid bermas sadaf,
Sinmay turib, sinmay turib?!

El aro topgaymi qadrin
Soʻz koʻngil ummonida
Marvarid tutgan sadafdek
Oncha berkinmay turib?!

Bu zamon daryosi tezdir,
Ahli sheʼr istar zulol,
Soʻz netib ruhbaxsh boʻlur,
Dilkosada tinmay turib.

Qalb bu ohangar oʻchogʻi,
Unda soʻz soʻzonadir,
Qayda keskir boʻldi shamshir,
Oʻtga solinmay turib.

Ahli soʻz, gʻaflat elin siz
Uygʻoting bongsoʻz ila,
Kemangizga soʻnggi yoʻlning
Bongi cholinmay turib.

✍️Erkin Vohidov, O'zbekiston xalq shoiri.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​🔰Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida chamanlarning bo‘yi va tarovati bor.
Erkin Vohidov

Nishonova Ruxshona Odiljon qizi, 2005-yil Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Hozirda Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

ISMLAR

Kimlardir Qo‘zi deb aytdi bolasin,
Allakimlar berdi Qo‘chqor deya nom.
Bolta, Tesha, Ketmon deb atashgandi
Ismlarga qiron kelgan bir zamon.

Qattiq g‘azabimni qo‘zg‘atar bari:
Qo‘chqorlar qo‘radan chiqishmagani!
Yoki o‘tib ketgan Ketmon bobomning
Dalada umrini chiritishgani.

Balki, Olimjon deb qo‘yishganda ot
Yo, balki, Muhammad deyishsa edi.
Ulug‘bek deb aytsa, bo‘lardi axir
Ismlar hammaning iqbolin yedi.

Ayting, nega ismi bo‘lmay Muhammad
Qo‘zi, Ketmonlarga to‘lgan u zamon?..

MATEMATIKA

Matematika – eng shavqatsiz fan
Puxta reja so‘raydi sizdan.
Yana talab qiladi bot-bot
Isbot...
Isbot...
Isbot...

Matematika – o‘zgarmas birlik
Yechimlari doim aniqdir.
Qat’iy tartib degani shu-da –
Formula...
Formula...
Formula...

Matematika – baski, angladim –
Yo‘lim boshqa, mayli, omon bo‘l.
Million hisni nolga ko‘paytib
Javob beraverding –
Nol,
Nol,
Nol…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#yangi_toʻlqin

🏢Bilamizki, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Yangi to'lqin" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

📖Hozirda sizning e'tiboringizga Ruxshona Nishonovaning "ORZULAR KEMASI" kitobi e'tiboringizga havola etilmoqda.

Adabiyotga, ijodga, she'riyatga muhabbat qo'ygan yosh ijodkorlarimizning ijodiga baho bering!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tanlov_natijasi

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovining 2-bosqichi yakunlandi.

“Xalqimiz qadriyati, urf-odat va an’analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi” bo‘yicha 1-o‘rinni – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan taqdim qilingan “O‘zbegim” platformasi egalladi.

💐Ushbu munosib g'oliblik bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasini tabriklaymiz!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈