Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.31K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
👆ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA “HAYOT DARSI” LOYIHASI FOTOLARI👆
Forwarded from ijodim
​​OʻZBEK BOʻLISH OSON EMASDIR

Inson har kim boʻlmogʻi mumkin,
Gʻayrat qilsa, qunt qilsa basdir.
Bir rutba bor olamda lekin –
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Koʻp yurt koʻrdim, koʻp kezdim jahon,
Koʻra-koʻra keltirdim imon:
Arab boʻlish, rus boʻlish oson,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Yaponchilik demaydi yapon,
Nemischilik demaydi olmon,
Oʻzbekchilik bor boʻlsin omon,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Oʻzbek boʻlish fidolik demak,
Rohatidan judolik demak,
Shaʼn deb, or deb adolik demak,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Dini – poklik, insof, muruvvat,
Tariqati – mardlik, futuvvat,
Doʻsti – mehnat, yori – uqubat,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

U hammani oʻylashi kerak,
Koʻngil olish, yoʻqlashi kerak.
Oʻzbek qachon uxlashi kerak?
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Bolasiga makka, mosh bergan,
Dosh qozonda yurtga osh bergan,
Bormi bundoq urfga dosh bergan,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Bitmas ishni bitiruvchi xalq,
Yoʻqni topib keltirguvchi xalq,
Yeguvchimas, yedirguvchi xalq
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Ogʻiz ochmas kamu koʻstidan,
Hasadgoʻy koʻp lekin doʻstidan,
Oshini yeb kular ustidan.
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Qonda bor feʼl – himmati baland,
Fayz-baraka shu feʼlga monand.
Ming yillarni koʻrgan donishmand
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Oʻzbek azal yaralgan omil,
Fanda ustoz, hunarda komil
Fotihlarga dars bergan oqil
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Necha boʻlib yoʻqlikka mahkum,
Tildan, dindan boʻlmagan mahrum,
Sinib, singib ketmagan mardum –
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Dahriylikka aslo koʻnmagan,
Gah deganda qoʻlga qoʻnmagan,
Janozasiz oʻlik koʻmmagan
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Millat hissi borki, kurashar,
Millatman deb jam boʻlib yashar.
Oʻz yoʻlini tanlagan bashar
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Yangi asr, yangi davronda,
Nizolarga toʻla jahonda,
Zoʻrlar toʻqnash kelgan makonda
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Bu idroku farosat asri,
Kurash asri, jasorat asri,
Sabru bardosh, matonat asri
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Vatanida yangi bir vatan
Qurayotir oʻzbek qaytadan,
Oson emas, takror aytaman,
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Dast koʻtarmoq zamona yukin,
Yurt asramoq obod va toʻkin
Yengil ishmas, ayniqsa bukun
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Sheʼrim bitdi ayni tong sahar,
Zuhro mayin toʻkar edi zar.
Shu yulduzdek bagʻrida gavhar
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

Qalbi toʻla mehru ziyoga,
Eʼtiqodi yolgʻiz Xudoga,
Labbayka, deb kelgan dunyoga
Oʻzbek boʻlish oson emasdir.

✍️ Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
Forwarded from ijodim
​​#bugunning_sheʼri
#tirik_satrlar

⚡️BONG URING!

Bong uring,
hammani
uygʻoting,
Bong uring,
shaharu
qishloqda.
Hayajon
koʻtaring,
toʻp oting,
Oʻt ketdi,
hammayoq
yonmoqda,

Ovozlar
boricha
baqiring,
Odamlar!
Yo hayot,
yo mamot!
Sim qoqing!
Nol birni
chaqiring:
Yongʻin, deng,
kerak, deng,
tez najot!

Dod soling,
ne kechar
holimiz,
Alamdan
jonimiz
qiynoqda.
Olamda
topilmas
molimiz –
Vaqtimiz
yonmoqda,
yonmoqda.

Oʻrmonlar
yonsa-ku
chopamiz,
Tinmaymiz,
oʻrtansa
xirmonlar.
Chorani
qayerdan
topamiz
Umrga
oʻt ketsa,
insonlar!

U yonar,
biz majlis
qilamiz,
Tamaki
tutuni
dimoqda.
Shu tutun
ichida,
bilamiz,
Baxtimiz
yonmoqda,
yonmoqda.

Bir yonda
biz topib
ulgurmay
Ming-minglab
savolga
javoblar.
Hatto biz
varaqlab
ham koʻrmay,
Javonda
yonmoqda
kitoblar.

Kechagi
ayshdan bosh
zirillab,
Oʻrinda
yotibmiz,
bir yoqda
Stolning
ustida,
gurillab,
Ijodu
kashfiyot
yonmoqda.

“Raygaz”da
eshikka
bitilgan:
“Bir uchqun –
dahshatning
sababi!”
Shu yerda
portlashga
yetilgan,
Yonmoqda
insonning
asabi.

Kechalar,
koʻchalar
charogʻon,
Yozuvlar
elektron
chiroqda.
Oʻt bilan
oʻynashmang,
oʻt yomon,
Aslida
bu dunyo
yonmoqda.

Biz esa
qilurmiz
tomosha,
Gʻov qoʻymay
yongʻinning
yoʻliga.
Kim berib
qoʻyibdi
beparvo
Gugurtni
bolalar
qoʻliga.

Bong uring,
hammani
chaqiring,
Bong uring,
shaharu
qishloqda.
Ovozlar
boricha
baqiring,
Oʻt ketdi,
hammayoq
yonmoqda.

Odamlar,
uyqudan
uygʻoning,
Shoshiling,
qidiring
tez najot.
Jon kuysin,
qalb yonsin,
siz yoning,
To yonib
ketmasin
bu hayot.

✍️ Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri
#Faxrimiz
#Viloyat_olimpiada_golibi

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi viloyat olimpiada g‘olibi bo‘ldi

🇺🇿Farg‘ona viloyati 2022-yil 25-fevral kuni ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan umumiy va o‘rta ta’lim maktabining 3-bosqich viloyat Olimpiada yakunida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Xursandova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🥇💐Ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Xursandovani hamda unga ta’lim bergan ustozlarini samarali mehnatlar hosilasi bilan muborakbod etamiz.

Oʻjarligi tutib momaqaldiroq,
Toʻsatdan yangratdi ovozasini.
Xabarni yetkazib chaqqon chaqmoqjon,
Ochdi koʻkning sirli darvozasini.

Barcha koʻngillarga eltib shodlikni,
Tushdilar tomchilar bir-birin quvib.
Soʻng birga boʻlishib qoʻllarin ushlab,
Borliqni g’ubordan tashlashdi yuvib.

✍️O‘g‘iloy Xursandova

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI Facebook👈
Forwarded from ijodim
​​#yangi_tolqin

🔰Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida chamanlarning bo‘yi va tarovati bor.
Erkin Vohidov

Rustamjon Xalimov, 2003-yil 17-oktabrda Uchko‘prik tumanida tavallud topgan. Hozirda Erkin Vohidov ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

SOG‘INISH

Vujudimdan otildi bardosh,
Changga bo‘yab butun samoni.
Qo‘lga tushgan yovvoyi otdek,
Kishanini uzdim dunyoning.

Changal soldi otimga o‘tmish,
Kuz urindi uzmoqqa bandim.
To‘rt devorni yordi sog‘inish,
Ishq ko‘yida yo‘lga otlandim.

Na kimligim, na manzil ayon,
Maqsadim bor boshsiz, oyoqsiz.
Borayabman balki sen tomon,
Kutyabsanmi, ey notanish qiz?

Sahro turar Majnunsiragan,
Yo‘l to‘solmas bu qum oshyoni.
Sohilidan toshgan ishq bilan
Sug‘oraman butun sahroni.

Tillarini kesib zog‘larning
Huzuringga, kechir, kech qoldim.
Kibrlanib ketgan tog‘larning
Yuzlariga Farhodni soldim.

JASORAT

Mayli, yo‘ling to‘smayman endi,
Ko‘zlaringga bo‘lmayman parda.
Ketayabsan o‘ldirib meni
Qaytar dunyo degan shaharda.

Yo‘llaringda ortiq qolmayman,
Sevgim ko‘mdim yurak to‘riga.
Qutqargani bora olmayman,
Eshigingni ochma bo‘riga!

Tepkilaydi meni izg‘irin,
Yetkazadi o‘likka ozor.
Bu kunlar ham jon berar bir kun,
Tug‘iladi yangidan bahor!

Isming bilan ochilar ko‘zim,
Sevgim xalos etar o‘limdan.
Alday olsam o‘zimni o‘zim,
O‘tinaman, chiqma yo‘limdan...

Baxtli bo‘lsam sen bilan sensiz..

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#yangi_tolqin

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Yangi to'lqin" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

📖Hozirda sizning e'tiboringizga Rustam Xalimovning "QORAKO‘Z" kitobi e'tiboringizga havola etilmoqda.

Adabiyotga, ijodga, she'riyatga muhabbat qo'ygan yosh ijodkorlarimizning ijodiga baho bering!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_ijod_maktabi
#Fargona_MTRK_namoyish_etadi
#Premyera

💐KUTIB OLING!

🎥OʻZBEGIM
adabiy-badiiy koʻrsatuvining
bahorgi soni

💐Ko'klamning ilk kunlarida

🎼Oʻynoqi soylarning kuyiga hamohang qoʻshiqlar!

📖Yalpiz boʻyli sheʼrlar!

Yashil nigohlar!

Pushtirang tuygʻular!

🔰Uygʻoqlik saodati!

Uygonish tongi muborak!

💐Koʻklamga talpingan dillarning sogʻinchli salomini kutib oling!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Fargona_MTRK_namoyish_etadi

🔰Zamin yangilandi. Qalblardagi muhabbat hissi yosharish, yangilanish kayfiyat ila so‘zga, kuyga ko‘chgan “O‘zbegim” ko‘rsatuvining bahoriy soni joriy yilning 28-fevral kuni Islom Karimov nomidagi San’at saroyida tasvirga olindi.

🎥Ko‘rsatuvga ko‘tarinki ruh bag‘ishlagan madaniyat vakillari, viloyatimizning yosh ijodkorlari hamda ijod maktabining iste`dodli o‘quvchilari ayollarni ulug‘lovchi, bahorni uyg‘otguvchi ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

📖Bu galgi son xalqimizning sevimli shoirasi, vafo timsoli Zulfiyaxonim she`rlari bilan boshlandi.

Sadoqatdan muhabbatga qadam tashlanib, ayolni madh etuvchi, haqiqiy o‘zbek onasi hayotini aks ettiruvchi she’rlar o‘qilib, muhlislarni o‘z-o‘zidan sevintirdi.

📺O‘zbekning barcha fazilatlarini bolalikdan qalbimizga jo etib kelayotgan, o‘zligimizni anglashimiz uchun tayanch bo‘lgan o‘zbekning ayoliga ehtirom va hurmat “O‘zbegim” ko‘rsatuvida namoyon bo‘ldi.

👇Bizga qo'shiling!!!
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi