Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_olimpiadasi
#OAV_biz_haqimizda

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida STEAM fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadaning maktab bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🎥 "Dunyo bo'ylab"
telekanalining "Info nigoh" ko'rsatuvida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdagi saralash bosqichi jarayonlari haqida lavha namoyish etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#fan_olimpiadasi

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan o'tkazilayotgan fan olimpiadasi maktab bosqichida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan yakuniy imtihon bo'lib o'tdi.

👩‍🔬🔬Fanlar kesimida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilar ustozlarning bergan bilim ko‘nikmalariga tayanib, jarayonlarda faol ishtirok etishdi.

📌Eslatib o'tamiz. Imtihonlarda yuqori baho olgan har bir sinf va fan bo‘yicha eng yuqori 10 talikdagi o‘quvchilar Agentlik terma jamoasi sifatida professional mutaxassislar tomonidan xalqaro olimpiadalarga tayyorlanishadi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#trening

🏛Shu yilning 18-fevral kuni juma - jismoniy va ruhiy tetiklik kuni munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o'quvchilari bilan guruhdagi jipslikni oshirishga qaratilgan maktab psixologi Mahmudjon Akbarov tomonidan "Biz bir jamoamiz" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

👨🏼‍🏫Trening davomida o'tkazilgan mashqlar hayotiy misollar orqali mustahkamlandi.

📋O'quvchilarning ushbu mavzudagi psixologik bilimlarini rivojlantirildi. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiyliklar profilaktika qilindi.

👍O'quvchilar ushbu treningda faol qatnashdilar.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#jismoniy_tetiklik

🔰Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va ustozlari o‘rtasida muntazam sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 18-fevral kuni Erkin Vohidov ijod maktabida har juma “Ruhiy salomatlik va jismoniy tetiklik” kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilar ishtirokida sport o‘yinlari o‘tkazildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga qiziqtirish orqali ta’lim faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida “VАTАNPАRVАRLIK – MILLIY YUKSАLISH KАFOLАTIDIR!” shiori ostida sportning fudbol, voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

📌Mazkur musobaqadan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash, keng jamoatchilik o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom fikrlaydigan o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashdan iborat.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​MАTMUSАNING QOʼShIGʼI

DONIShQIShLOQ HАNGOMАLАRI turkumidan

Beish qoldi Matmusa,
Endi ne qiluv kerak?
Bir tovuqqa albatta
Ham donu ham suv kerak.

Bekor qolsang yostiq ham
Yonboshingga botadi.
Televizorga tokay
Termilgancha yotadi?

Oyinayi jahonda
Kuylamagan ogʼiz yoʼq.
Oʼylab koʼrsa oʼzidan
Oʼtadigan hofiz yoʼq.

Oʼyladi, avval boshni,
Soʼng yonboshni qashladi.
Toʼrtta odam yigʼilsa
Qoʼshiq aytaboshladi.

Eshitarmi odamlar,
Eshitmasmi, ishi yoʼk?!
«Bogʼ aro»ni koʼtarar,
Bas, deydigan kishi yoʼq.

Oʼzi boʼlar mahliyo
Oʼzi aytgan kuylarga.
Taklif boʼlsa, boʼlmasa
Boraverar toʼylarga.

Matmusa kelgan yerdan
Qochar boʼldi odamlar,
Tunlar quloqqa yostiq
Bosar boʼldi odamlar.

Oqsoqollar dedilar:
Bir ilojni oʼylaylik.
Matmusani qishloqqa
Toʼra qilib qoʼyaylik.

Boʼlsa katta amaldor,
Kursisi baland boʼlsa,
Majlis, qabul, nutq, safar…
Xullas, doim band boʼlsa,

Balki qoʼshiq aytishga
Vaqti qolmas, ulgurmas.
Аmalidan uyalib
Hofizlikni ep koʼrmas…

Kelishdilar, Matmusa —
Endi qishloq toʼrasi.
Koʼpayib qoldi, koʼring,
Qadrdoni, joʼrasi.

U kursida oʼltirar,
Qoʼlni qoʼyib beliga.
Yana ham qiyin boʼldi
Donishqishloq eliga.

Kimki biror ish bilan
Huzuriga kiradi —
Matmusa arz eshitmas,
Qoʼshiq aytib beradi.

Chidab sukut saqlagan
Marhamatga esh boʼlur.
Qoʼshigʼini maqtagan
Аlbat ishi besh boʼlur.

Oqibat Matmusaning
Kasali battar boʼldi.
Sahar boshlab ashula
Kechgacha aytar boʼldi.

Oqshomlari guzarda
Аvjni olib turadi.
Eshitsang-ku xoʼbu xoʼb,
Eshitmasang — uradi.

Toʼra boʼlgach, boshqa xil
Ovozlarni yoʼqotdi.
Meni mazax qildi, deb
Xoʼrozlarni yoʼqotdi.

Donishqishloqda endi
Boshqa biror qoʼshiq yoʼq.
Birgina Matmusaning
Qoʼshigʼiga toʼsiq yoʼq.

Odamlar ijirgʼanib,
Qargʼab, quloq soldilar.
Iloj qancha, oxiri
Oʼrganib ham qoldilar.

Hatto qoʼmsab, noyob deb,
Soʼylar boʼldi xaloyiq.
Matmusaga oʼxshatib
Kuylar boʼldi xaloyiq.

Qarsak, olqish, madhiya
Аvjga chiqib basma-bas,
Xalq dedi: bizga endi
Boshqa qoʼshiq kerakmas.

Hammamiz bu qoʼshiqning
Fidoyisi boʼlarmiz.
Uni aytib yashadik,
Uni aytib oʼlarmiz.

Аlqissa, bulbuli yoʼq,
Xoʼrozi yoʼq ul maʼvo —
Donishqishloqda hamon
Yangrar yolgʼiz bir navo.

✍️ Oʼzbekiston Qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈