#faxrli_kunlar
Vaqt odimlab borar. 2-dekabr kuni O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Inson o‘zing” adabiy-badiiy tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Adabiyotimizning porloq namoyandalari kirib kelganida gulduros qarsaklar uzoq vaqt tinmadi. Tadbir davomida Erkin Vohidovga bag‘ishlangan she’rlar yangradi. Mumtoz adabiyot, bolalar adabiyoti va tarjima she’rlarni yig‘ilganlar maroq bilan tingladi. Xalqimizning sevimli asari “Oltin devor”ning yangi talqini o‘quvchilar ijrosida mehmonlar hukmiga havola etildi. Erkin Vohidov oilasi tomonidan ta’sis etilgan stipendiya Mubina Mahmudova, Gulzoda Turdaliyevalarga topshirildi. Tadbirning eng hayajonli daqiqalaridan biri shu bo‘ldi. Erkin Vohidovning farzandlari Xurshid Vohidov va Nozima Vohidovalar yosh iste’dodlarning navbatdagi yutuqlari bardavom bo‘lishini to‘lqinlanib gapirdilar.
👍Bizga qo'shiling!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmaktab

#ustozlar_bisotidan
Meni kutmang,
Bormog‘im gumon,
O'xshab qoldim bo‘m-bo‘sh javonga.
Xasta yurak, hissiyotsiz qon
Talpinolmas endi jononga.
Tushlarimda qizg‘ish bo‘rilar
Uvlab yurar tegramda bedor...
Bilmaysizmi,
Тa'biri ne bo’ lar
Bo'rilardan tush ko‘rsa bemor?
✍️Anvar Obidjon, O'zbekiston xalq shoiri
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣📣DIQQAT! BIZ ISTE’DODLILARNI IZLAMOQDAMIZ!!!
(Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun)
"EZGU SO‘Z" gazetasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 212 yilligi munosabati bilan katta tanlov e’lon qiladi.
O‘z ijodiy ishida shoirning hayoti, umr yo‘lini aks ettirgan, yozg‘ichlarida tom ma’noda topilma so‘zlar kashf qila oladigan qalamkashlarimiz “Ogahiy yaratgan mangu bitiklar” nomli tanlovda nazm (she’r), publisistika (maqola) va audio ovoz kabi yo‘nalishlarda qatnashishingiz mumkin.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlaringizni Madina Matyoqubova va Maqsuda Bobojonova ustozlarga taqdim qilishlari kerak bo’ladi. (Elektron shaklini @XorunMuso manziliga telegrammdan yo‘llang )
Eʼtibor berishingiz kerak bo‘lgan jihatlar:
Tanlov ishtirokchilari ijod namunalari @t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanaliga joylab boriladi.
Yozma ishlarni matn tarzda, imloviy xatolarsiz taqdim eting.
Eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hayʼati tomonidan belgilanadi.
Yuborgan ishingiz plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak!
Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 15 – dekabr sanasigacha qabul qilinadi.
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi maqola (1,2,3-o’rin)
3. Eng yaxshi audio ovoz sohibi (1,2,3-o’rin) kabi yo’nalishdagi gʼoliblar 17- dekabrda shoir tavalludi munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirda e’lon qilinadi va taqdirlanadi. Munosib ijodiy ishlar “Ezgu so‘z” gazetasida chop qilinadi.
Eslatma: bu tanlovda faqat Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etadi.

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

#IQ_testi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ning 14-bandida ijod maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun IQ testlar o‘tkazish, bo'shagan o‘rinlarga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilash yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qarorda belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7- sinf o'quvchilaridan Davlat test markazi Farg‘ona viloyati bo'limi tomonidan IQ testlari olindi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ning 14-bandida ijod maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun IQ testlar o‘tkazish, bo'shagan o‘rinlarga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilash yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qarorda belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7- sinf o'quvchilaridan Davlat test markazi Farg‘ona viloyati bo'limi tomonidan IQ testlari olindi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#dtm
🔴Ayni damda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yuqori sinf oʻquvchilariga maxsus fanlar bo‘yicha DTMning testlari asosida test imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.
✅Aziz oʻquvchilar, sizlarni OTM kutmoqda.🏢 Bilim olishda charchamang✈️✈️✈️

#Эьлон
#Tanlov
⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 212 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining o‘quvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🔸Nazm - “Ogahiy hamisha barhayot" mavzusida sher'lar (Hajmi 20 misradan kam bo'lmagan);
🔸"Ogahiy g'azallarining mohir ijrochisi" mavzusida videorolik (Davomiyligi - 2-5 daqiqa, hajmi 30 mbdan oshmagan holda);
🔸 “Ogahiy – yetuk tarjimon” mavzusida ijodiy ish (“Qobusnoma“ asari misolida. Ijodiy ish turi erkin (taqdimot, videorolik, rasm, audiovizual va sahna ko'rinishlar videosi va boshqalar).
🔰Ijodiy ishlarni +998 93 753 06 05 telegram raqamiga yuboring.
🏆Har bir yo‘nalishda 3 nafar g’olib aniqlanib, diplomlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
📆 Ijodiy ishlar 15-dekabr kuni soat 24:00 ga qadar qabul qilinadi.

ЯНГИ УЙГА КЎЧИШ ЁКИ ЮЗСИЗ ЎҒРИ
Ер қимирлаган 1966 йили Себзорда яшаймиз, ҳудуд зилзила ўчоғи бўлгани учун кўплаб уйлар қатори бизники ҳам дарз кетиб ўпирилиб тушди. Кейин мажбуриятдан алоҳида бўлиб чиқдик. Унгача Нозимахон бир ёшга етганда шу уйни кўтариб, томини беркитиб қўйгандилар. Кузда тоғам раҳматли Эркин энди уйингга бор, бормагунингича уйинг битмайди, деб айтдилар. Икки хонали, қорасувоқ уйга, икки болам билан кўчириб келишди. Бошқа илож ҳам қолмаганди. Боиси янги уйни дарвозаси йўқ, ўрнига тахта қоқиб қўйишган. Бормасак қурилишга ғишт, тахта туширадилар, ҳамманикида шу ҳол бўлгани учун, кўпинча эгасиз уйни талаб олиб кетиб қолишарди.
Бир куни Эркин акамлар янги уйдан бир хабар олай деб борибдилар. Кўрсаларки, яқинда тўктирган деворимиз тагидаги ғиштни кўчада бир киши аравачага ортиб ўзиникига ташиётганмиш. “Йўл узоқ кўчанинг бошидан секин қараб юриб боргунимча ахир оладиганини олиб олар”, деб ўйлаб келаётганмиш. Ўғри олдига ҳам етиб борибдилар ҳамки, юзсиз аравачани бўшатиб, яна тўлдираётганмиш. Бироз ўзини босиб турибдилар, йўқ кейин бўлмабди. Кейин тепасига келиб салом берибдилар.
- Ассалому алайкум, ҳорманг?!
- Э, саломат бўлинг болам, эгаси шуни олиб қўйинг дегандилар, шунга ташиётгандим, - деб, пинагини бузмай, яна бемалол ишини давом эттираверибди.
Улар ҳайрону лол нима дейишни билмай, у ёққа юрибдилар, буёққа юрибдилар, ҳалиги киши ишини яна ҳам тезлаштирибди. Ахири нафсониятларигига тегиб кетибди. Энди шунчалар бўладими-я, деб ўзини тутолмай:
- Э, амаки, мана, эгаси келди,- дебдилар.
Амаки хижолат бўлиш ўрнига:
- Э, ўғлим сизмидингиз, айланиб кетай, ўзим дермиш.
Эркин Воҳидовнинг рафиқаси Гулчеҳра Воҳидовадан Гулнигор ёзиб олди.

АМАЛДОРНИНГ ЎЛИМИГА
Амалдорнинг ўлимига
Дод, минг дод,
Мен йўқотдим азиз кишимни!
Ўлмай ўлгур,
Битирмасдан кетди ишимни!
Эркин Воҳидов, Ўзбекистон халқ шоири. 1988