Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.5K photos
1.47K videos
58 files
4.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Forwarded from ijodim
​​2021-yil 6️⃣ -dekabr, dushanba

🎉Bayramlar:🎉

🇫🇮- Finlyandiyada mustaqillik kuni
🇪🇸- Ispaniyada Konstitutsiya kuni
🇦🇿- Ozarbayjon aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi xodimlari kuni
🇰🇿- Qozog'iston Respublikasi prokuraturasi kuni
🇺🇦- Ukraina qurolli kuchlari kuni
🇵🇪- Peruda militsiya xodimlari kuni
🇬🇶- Ekvador poytaxti Quito shahrining tashkil topgan kuni


📔 Tarixda bugun📔:

📔- 1240 yil - Uzoq qamaldan so'ng mo'g'ul-tatar qo'shinlari Kievga bostirib kirishdi
📔- 1492 - Kristofer Kolumb Gaitida orolni kashf etdi
📔- 1590 yil - qirol farmoni bilan dehqonlarning bir xo'jayindan boshqasiga o'tishi taqiqlanadi
📔- 1741 yil - to'ntarish natijasida Elizaveta Petrovna Rossiya imperatoriga aylandi
📔- 1768 yil - "Encyclopedia Britannica" ning birinchi jildining birinchi daftarchasi Edinburgda chop etildi
📔- 1534 — Belalkasar Kito shahriga asos soldi.
📔- 1865 — AQSHda qullik bekor qilindi.
📔- 1884 — Vashington monumenti qurib bitkazildi.
📔- 1917 — Finlyandiya Rossiya imperiyasidan ozod bo'ldi.
📔- 1921 — Irlandiya mustaqilligini kafolatlovchi hujjat imzolandi.
📔- 1945 - Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
📔- 1991 - Bolgariyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
📔- 2000 - 116-atom raqamli kimyoviy element - livermoriy kashf qilindi.



🎁Shu kuni tug'ilganlar:🎁

- 1421 - Genrix VI - Angliya qiroli (1422-1471), Lankaster sulolasining so'nggi vakili
- 1742 - Nikola LeBlanc - frantsuz kimyo muhandisi
- 1778 yil - Jozef Lui Gey-Lussak - fransuz fizigi, kimyogar, borni kashf etgan, ixtirochi.
- 1814 yil - Nikolay Ogarev - rus shoiri, publitsist, inqilobchi
- 1823 yil - Fridrix Myuller - nemis va ingliz filologi, sharqshunos
- 1899 yil - Nikolay Batalov - sovet kino va teatr aktyori, RSFSRda xizmat ko'rsatgan artist
- 1910 yil - Tullio Krali - italiyalik futurist rassomi, aero rasmlarining asoschilaridan biri
- 1940 yol -Xayrulla Sa'diyev O'zbekiston xalq artisti
- 1957 yil - Mixail Evdokimov - sovet xodimi, aktyor, Rossiya Federatsiyasining xizmat ko'rsatgan artisti, davlat arbobi
- 1958 yil - Aleksandr Baluev - Sovet va Rossiya kino va teatr aktyori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adabiyot_bayrami_shukuhi

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot kunlari" doirasida "Inson o'zing" adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.

📺Farg'ona MTRK


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
,,Farg‘ona tong otguncha..."
(esse)

Intizorlik bilan kutilgan ,,Adabiyot kunlari" ham nihoyasiga yetdi. Yo‘q! Yo‘q, aslida u hali tugamadi. Ijod maktablari hali bor ekan har kunimiz adabiyot kunidir.
Biz kutgandik. Eng totli lahzalar kelayotganini, eng shirin she‘rlar o‘qilishini kutgandik. Respublikamizdagi ijod maktablari o‘quvchilari ham bizga o‘xshab she‘r ishqini qumsaganini sezgan edik. ,,Adabiyot kunlari" bizga diydor uchun imkoniyat yaratib berdi. Avvaldan, tanish bo‘lgan tengdoshlarimiz bilan dillashdik va she‘rlashdik. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Sevinch Abdazova va Nasiba Boshmonova, Ogahiy yurtidan tashrif buyurgan Gulmira, Abdulla Oripov maktabidan Sevinch Omonova, Bobomurod Sa‘dullayev va Ibrat ijod maktabidan Gulyora To‘ychiyevalar... bilan do‘stlashdik. Ha, yana aytgancha, ,,Yosh kitobxon" tanlovida faol ishtirok etib kelayotgan (telegramdagina gaplashgandim) kitobxon dugonam, Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchisi Gulsanam Abdulakimova ham maktabimizga keldi. Bundan ortiq baxt bormi? Yo‘q, bo‘lmasa kerak. Birgalikda badiiy asarlarni tahlil qildik. Yana ham yaqinroq dugona bo‘lib ketdik, uch kun deganda. ,,Adabiyot kunlari" ni katta do‘stlikka asos solingan, poydevor bo‘lgan kunlar deb tan oldik. Sevib o‘qigan she‘rlarimni muallifni o‘zidan eshitdim:
...Itlar g‘ajir tunning bag‘rini,
Bexos qonab ketadi osmon.
Sening rahming kelmaydi nahot,
Sening qahring kelmaydi inson!

Men yoqtirgan misralar:
Hech kim bilmas, hech kim qutqarmas
Faqat ingrab yotar Ona Yer.
Faqat yig'lab yotar Ona Yer.
Sen ingrama, yetar, bas qilgin,
Qara, qancha mudragan tanlar.
Yig'lashni ham o'rgansin endi
Shu vaqtgacha uxlayotganlar...
Shu vaqtgacha uxlayotganlar...

Biz uxlamadik! Sevinch Abdazova bilan ,,Farg‘ona tong otguncha" suhbatlashib chiqdik. Albatta, bu suhbat faqa-a-at she‘rdan iborat bo‘lmadi.
,,Uxlayotganlarni qanday uyg‘otish kerakligini o‘yladik. Chimchiladik, hayqirdik, quloqlari ostida ,,Turinglar, hozir vaqti emas" dedik. Hatto, ko‘zlarini ham ochishmadi. Ikkimiz birdaniga ,,Qanday uyg‘otish mumkin, uyqudagi xalqni?" degan gapni aytib yubordik (fikrimiz bir joydan chiqqan edi-yov. Albatta, bu yarim kechasidagi g‘alati holat, kulib yubordik baravariga). Sevinch ham, men ham yana birdaniga: ,,YOZAMIZ!"-, dedik!(bu hazin kulgidan so‘nggi jiddiy ilk so‘z edi) Rost, o‘sha kuni, chindan uyqu bizdan arazlagan edi." Shunday qilib, Farg‘onada tong otdi.
Bu tong o‘zgacha tong edi. Uxlanmay kutilgan tong edi. Bu tong bizga o‘xshagan ,,uyg‘oq" larni kutaverib tunlashib borayotgan tong edi. Ana shu tongda kulgularimizda yashiringan yig‘ilar bilan yorug‘ osmonga yuzlandik, ,,UYG‘ONISH TONGI muborak!" degandek, quyosh chiqib kelar edi biz yurmoqchi bo‘lgan yo‘llarga...

Nilufar Ergasheva
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adabiyot_bayrami_shukuhi

🔰Oltiariq tumanida O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

📺Farg'ona MTRK


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adabiyot_bayrami_shukuhi

🔰"Adabiyot bayrami"ning yakuniy qismi Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida o'tkazildi.

📺Farg'ona MTRK


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#o'zbegim_jurnali

"Adabiyot bayrami" doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkillangan "O‘zbegim" adabiy-badiiy jurnalining navbatdagi bayram soni chop etildi. “Adabiyot kunlari”ning qahramonlarining ijodini targʻib etish, ularning mahorati va tajribasini o‘rganish, adabiy janrlar va yangiliklardan boxabar etib borish maqsadida tashkil etilgan jurnalning bayram soni yaqindagina chop etildi. Undagi “Yillar va yo‘llar”, “Mumtoz bitiklar”, “Nasr”, “Ijod bog‘idan guldasta”, “Bizning ijod”, “Tarjima maktabi”, “Bolajon tilidan” singari ruknlar ustoz va oʻquvchilarning yangi ijod namunalarini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
ЖУРНАЛ УЗБЕГИМ 2021 2.pdf
22 MB
#o'zbegim jurnalining elektron varianti👆👆👆
Forwarded from ijodim
​​2021 yil 7️⃣ -dekabr, seshanba

🎉Bayramlar:🎉

✈️- Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni
🇮🇷- Eronda o‘qituvchilar kuni
🇷🇺- Rossiya aviatsiya-kosmik kuchlarining aviatsiya muhandislik xizmati kuni
🇺🇦- Ukrainada mahalliy boshqaruv kuni
🇷🇺- Buyuk shahid Yekaterinani xotirlash kuni
🇦🇲- Armanistonda 1988 yil zilzila qurbonlarini xotirlash kuni
🇺🇸- Qo'shma Shtatlarda milliy xotira kuni - Pearl portiga hujum qilingan kun

📔Tarixda bugun📔

📔- 1732 - Londonda Qirollik teatri - Kovent bog'i ochildi
📔1769 - Avliyo Jorj xochining kuni - Yekaterinae II "Buyuk Buyuk shahid va G'olib Jorjning Harbiy ordeni" ni ta'sis etdi.
📔1678 - Lui Xenepin Niagara sharsharasini kashf etgan birinchi yevropalikka aylandi.
📔1877 - Tomas Edison gramofon namoyish qildi
📔1911 yil - Sinxay inqilobi Sin imperiyasini yo'q qildi va Xitoyda ikki ming yildan ziyod imperatorlik hukmronligini tugatib, Xitoy Respublikasini tashkil etdi.
📔1934 - SSSRda non, un va donli mahsulotlarning ratsion tizimi bekor qilindi
📔1944 yil - Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konventsiya imzolandi
📔 1982 yil - ukol orqali o'lim jazosi birinchi bo'lib Texasda (AQSh) amalga oshirildi
📔- 1988 yil - Armanistonda dahshatli zilzila sodir bo'ldi


🎁Shu kuni tug'ilganlar:🎁

- 1598 yil - Jovanni Lorenzo Bernini - italiyalik me'mor va haykaltarosh
- 1863 - Pietro Mascni - italyan bastakori
- 1905 yil - Jerar Piter Kuiper - golland va amerikalik astronom
- 1949 yil - Tom Vaytts - amerikalik qo'shiqchi, qo'shiq yozuvchisi, bastakor, aktyor

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​#adabiyot_bayrami

Marg‘ilonga bo‘lgan ijodiy safarda

Mana bugun Marg‘ilonga bo‘lgan ijodiy safarimiz ham o‘z nihoyasiga yetti.
Bir kuni maktabimizda O‘zbekiston qahramoni , O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 85 yillik tavvaludi munasabti bilan "Tong nafasi ilhomlari" nomli tanlov e'lon qilindi. Men bu tanlovga o‘z xohishim bilan ishtirok etdim va maktab bosqichida "Nazm" yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldim. 2-bosqich Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadi dedi ustozimiz. Menga bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Juda ham quvondim. Sababi u yerda Respublikadagi Prezident Ta'lim Muassasalari Agentligiga qarashli 9 ta ijod maktabidan o‘quvchilari tashrif buyurishidan. Ijod maktabi ahli juda samimiy, xushmuomala, mehmondo‘st, oq ko‘ngil insonlar ekan. Ko‘rib ko‘zing quvnaydi-ya? O‘zi bu tanlovning asl maqsadi ijod maktablari o‘rtasida raqobat hosil qilish uchun emas, balki ularni yuzlashtirish, o‘zlarini ijodiy namunalari bilan tanishtirish va do‘stlashishiga katta imkoniyatlar yaratib berishdan iboratdir. Bundan ijodiy safarlar yanada ko‘proq davom etishini chin dildan xohlardik.

✍️Aziza Jabbarbergenova, Nukus shahridagi Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi.


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
# Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagʼishlov🇺🇿

Qomusim!
Yurt kechib, el kechib bormay qayoqqa,
Bu otam faryodi.
Ruhimni bir da‘vat solar qiynoqqa,
Bu onam faryodi.

Qomusim!
Faryodga jo‘r bo'lib turadi barcha,
Jim, tinglasammikan?
Axir nima qildim shu bugungacha,
Ayt, sening chun Vatan?


Qomusim!
Seni vijdon dedim, or dedim har on,
Pariro‘y maftunim!
,,O‘zing uchun emas, xalqing uchun yon!"
Bu mening qonunim!

Qomusim!
Otamning, onamning faryodi yelkamda,
Ko‘ksimda nomusim.
Qonunlarning ohi, dodi yelkamda,
Qomusim! Qomusim!

Xalqni ,, Xalq" qilgandi Temurbek kuchi,
Bugun Qomus tirgak.
Qoningdagi jo‘shgan Buyuklik uchun
Uyg‘onishing kerak!


✍️ Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#konstitutsiya

Konstitutsiya

Hayot kurash sinovlar bisyor,
Olg‘a intil ey sen, odamzod.
Dunyolarga sig‘masa qalbing,
Dardlaringni jarliklarga ot.

Shior angla, ozodlikni sen,
Yovuzlikni shunda bilmassan.
Sen hech kimdan qolishmaysan do‘st,
Sen hech kimdan kam ham emassan.

O‘zingni tut, huquqingni bil,
Asragin sen or, nomusingni.
Yuragingni to‘rida tursin,
Baland tutgin o‘z Qomusingni.

✍️ Mirjalol Safarov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8–sinf o‘quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
# Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga🇺🇿

Oftob tushmas yurtning giyohi payhon,
Oftob tushmas yurtning yo'qolgay qadri.
Bu yurtda shunchaki o'smaydi rayhon,
Bu yurtning ravnaqi matonat, sabr.

O'zingni anglaysan o'zingga qaytib,
Hayot qonuni bor har bir bandida.
Bu yurtda qushlar ham yurmagay daydib,
Kelajak ko'rinar o'z farzandida.

Mening maqsadim bor, oliy maqsadim,
Kamolim bo'lolgay poydevor, ustun.
Izmingda yashashim, mening mansabim,
Bariga guvohsan qomusim qonun.

Mardona qo'yaman har bir qadamni,
Sening jannatliging menga bir olam.
Anglatib turasan ota-onamni,
Orimsan, borimsan-Konstitutsiyam.

✍️Hojiakbar Ziynatshoyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10 - sinf o‘quvchisi.


Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈