Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.3K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#yashil_makon
#mening_bog‘im

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Mamlakatimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi ham o'z hissasini qo'shishmoqda.

📆Joriy yilning 11-noyabr kuni ijod maktabida “Mening bog‘im” shiori ostida ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Jarayonda maktab jamoasi va o’quvchilar faol ishtirok etdi. Loyiha avvalida maktab psixologi Mahmudjon Akbarov tomonidan mavzuga oid psixologik o‘yinlar tashkil etildi.

🌲Ushbu xayrli tashabbus doirasida maktab hududlari turli chiqindilardan tozalanib, rejaga asosan mevali va manzarali daraxt ko’chatlari o’tkazildi, shuningdek, “Mening bog‘im” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi hamda g'olib sinflar taqdirlandi.

👇Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#mening_bog‘im

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🌲 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasining "Mening bog'im" loyihasi ishtirokidan videolavha

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👇Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ZEBO MIRZO she'rlari
ОНАМГА

Оқ сочлари оппоқ тун унинг,
Умри ҳалол ишққа байроқдир.
Оҳ, юзлари дунёйи дуннинг
Гўзалидан чиройлироқдир.

(Бўлолмадим ҳассасичалик),
Отам дардин кўтарган моҳим.
Ушоққина онам кўнглига
Бир ҳовуч нур бергил, илоҳим!

Ўзи потраб чиққан чашмадай
Ёнингиздан оқдиму кетдим.
Ўзгаларга дарё тутдиму,
Оҳ, онам-а, Сизни унутдим.

Қалдирғочлар мендан яхшироқ,
Бахт тўкади ҳур қучоғига.
Мен ҳам унинг тирноғиману,
Арзимайман, лек тирноғига.

Исмалоқлар бўйини тараб,
Баҳор шошса юрган жойига,
Раббим, мени гул қилиб ярат,
Ҳеч бўлмаса, унинг пойига!..

@Zebo_Mirzo
Forwarded from ijodim
​​Bugun 12-noyabr 2021-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon pnevmoniyaga qarshi kurash kuni.
🌏 “Chittaklar kuni”.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya - Sog'liqni saqlash kuni.
🇲🇳 Mo‘g‘uliston - G‘urur kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Otalar kuni.
🇹🇱 Sharqiy Timor - Yoshlar kuni.
🇹🇼 Tayvan - Madaniy Uyg'onish kuni (Doktorlar kuni).
🇰🇲 Komor orollari - Mahor kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

- 930 - Islandiyada birinchi Xalq majlisi - alting chaqirildi.
- 1902 - Enriko Karuzo dunyoda birinchi bo'lib 1 million nusxadan ortiq sotilgan plastinkani yozib tugatdi.
- 1905 - Starobuyan respublikasi e'lon qilindi.
- 1910 - birinchi kinotryuk - kaskadyor yonayotgan havo sharidan Gudzonga sakraydi.
- 1918 - Avstriya-Vengriya imperatori Karl I Gabsburg taxtdan voz kechdi. Germaniya Avstriyasi Respublikasi e'lon qilindi.
- 1921 - Buyuk davlatlar Albaniya hukumatini tan oldilar.
- 1927 - O'zbekiston Ipakchilik inistitutiga asos solindi.
- 1927 - Lev Trotskiy Kommunistik partiyadan haydaldi.
- 1933 - Shotlandiyaning Lox-Ness ko‘ldagi jonzotni ingliz Xyu Grey birinchi marta suratga oldi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
- 1942 - Gvadalkanal uchun jang.
- 1948 - Yaponiyaning Tokio shahrida yirik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni yakunlandi.
- 1982 - Andropov Yuriy Vladimirovich SSSR KP MK Bosh kotibi etib saylandi.
- 1990 - Yaponiya imperatori Akixito rasmiy ravishda toj kiydi.
- 1996 - Nyu-Dehli yaqinida Saudiya Arabistonining Boeing 747 va Qozog'istonning IL-76 samolyotlari to'qnashib, 349 kishi halok bo'ldi.
- 1999 - Tunguraxua vulqonining otilishi (Ekvador).

👉 TAVALLUDLAR:

- 1746 - Jak Aleksandr Sezar Sharl (1823) - fransuz olimi, havo shari ixtirochisi.
- 1830 - Vladimir Velyaminov-Zernov (1904) - tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlari tarixini tadqiq etgan.
- 1833 - Aleksandr Borodin (1887) - bastakor va kimyogar olim.
- 1840 - Rene Roden Fransua Ogyust (1917) - Fransuz haykaltaroshi.
- 1842 - Reyli Reley Jon Uilyam (1919) - Ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1904).
- 1895 - Nimo Yushij (1960) - eronlik shoir va tarjimon, Eronda "Yangi she'r" uslubining asoschilaridan biri.
- 1903 - Ananiash Zayonchkovskiy (1970) - Polyak sharqshunosi.
- 1929 - Roland Bikov (1998) - aktyor va kinorejissyor.
- 1929 - Greys Kelli (1982) - kinoaktrisa, Monako malikasi.
- 1931 - Keudenbay Karibayev (2002) - zootexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989).
- 1934 - Baba (2002) - Braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1958, 1962).
- 1935 - Lyudmila Gurchenko (2011) - Rossiya teatr va kino aktrisasi, estrada qo'shiqchisi.
- 1937 - Zohid Haqnazarov - O'zbek dirijyori, O'zbekiston xalq artisti (1978).
- 1982 - Enn Jaklin Xeteuey - amerikalik kinoaktrisa.
- 1994 - Giyom Sizeron - fransuz figurali uchish ustasi, jahon va Yevropa chempioni.
Forwarded from ijodim
​​#ustozlar_bisotidan

TIRIK SAYYORALAR

Derazamdan tushgan tola nur
Somon yo‘li kabi tovlanur.

Hayratki, shu tola nur aro
Ming-ming zarra kezar ovora.
Har bir zarra balki bir dunyo,
Ehtimol, bir o‘zga sayyora...

Ko‘rib ne bor o‘z taqdirida,
Balki yashar ming-ming koinot.
Hech ajabmas, shular birida
Mavjud bo‘lsa taraqqiy, hayot.

Inson-chi, do‘st topmoqni o‘ylab
Tanholikdan bu tor dunyoda,
Yulduzlarga kemalar yo‘llab,
Jonzot izlar cheksiz fazoda.

Bordek yiroq turkumlar aro
O‘zi kabi oqil bir xilqat,
Inson ko‘kka boqar doimo,
Tintuv qilar osmonni faqat.

Ammo bilmas, qilmas tasavvur,
Xayoliga keltirmas bashar,
O‘zga jonzot balki bo‘lib nur,
Ohang bo‘lib u bilan yashar.

O‘zga hayot balki sokin tun
Kamishlarning shovillashidir.
Tongotarda balki lolagun
Shafaqlarning lovillashidir.

Hojat emas ko‘kdan izlamoq,
Kemalarni qilmoq ovora.
Odamzodning o‘z qalbidayoq
Yashayotir o‘zga sayyora.

Fazolarning qay burchagiga
Fikri bilan yetadir inson,
Ammo ne bor o‘z yuragida —
Bilmay o‘tib ketadir inson.

U yashaydi tilsimlar aro,
Har kashfiyot yangi marradir.
Uning o‘zi sirli bir dunyo,
Dunyo esa faqat zarradir.

Derazamdan tushgan tola nur
Somon yo‘li kabi tovlanur.

Erkin Vohidov


👇Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
📸Erkin Vohidov surati bilan birga rasmga tushing va bizga jo'nating. Eng ko'p like👍 olgan rasm egasi Erkin Vohidovning eng sara kitobidan biriga ega bo'ladi📚. Qani boshladik!!!!🏃‍♀️
Bizga 1-rasm yetib keldi. Quva tumanidagi 18-umumta'lim maktabi 6 "A" - sinf o'quvchisi Kamronbek Maqsudaliyev.
Alisher Xonkeldiyev, Oltiariq tumani
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сувон Мели: "Шум бола" илк қарашда кўринганидай у қадар қувноқ асар эмас. Буюк одамни буюк тушунади. Майдакашлар нимани тушунади?

"Шум бола" асари таҳлилининг энг қизиқ жойидан лавҳа.

📺 "Биргаликда ўқиймиз"

Тўлиқ кўриш учун: https://www.youtube.com/watch?v=KYroCxc9-mo

👉 @mm_telekanal
Forwarded from SHOM.UZ
КУЗНИ ОЛИБ КЕЛДИМ

Иссиқдан қовжираб ётганда боғлар,
Нафаси бўғилиб кетганда шаҳар,
Мезон ипларини тишимга боғлаб,
Кузни олиб келдим қошингга ахир.

Сувлар ноёб тортди ўзанга сингиб,
Япроқлар бандига югурди заҳар.
Юзларингга бироз салқин тегсин деб,
Кузни олиб келдим қошингга ахир.

Энди тонгдан шомга бир қадамлик йўл,
Энди олислашиб боряпти саҳар.
Aммо мен сен ҳақда ўйладим нуқул,
Кузни олиб келдим қошингга ахир.

Бирдан сенга қизиқ туюлди баҳор,
Менга кўкламларни келтиргин дединг.
Кузни олиб келдим қошингга ахир,
Aхир сен баҳорга арзимас эдинг.

Носиржон Жўраев

@shomuz - Yo‘limiz bir!
Erkin Vohidov-nodir iste’dod egasi…

Tong otar.
Shafaqdan quyosh jilmayib,
"Shu’lali qalam’’dek nurlarni sochib.
Erkin Vohidingni sog’inib keldim-
Farg’onam, kutib ol bag’ringni ochib.

"Xayolga oshnolik buyuk bir baxtdir",
Baxtga erishgaymi devona ko’ngil,
"Ilhoming diliga bog’lagum qanot",
She’riyat izmiga boringni bergil.

‘’Otashin quyoshing bilan yo’g’rildi’’,
Shoirning hayoti hislarga oshno.
Muhabbat shoirga qalam tutqazdi,
‘’Sevgi dardlaridan rangin qahrabo’’.

‘’Qalb ko’ksingda yonsin, o’rtansin!"-deydi
Shoirlik qismati shu erur azal:
"Yuz ming yillik xira yulduzdan ko'ra
Bir dam yoniq shamdek bo’lganing afzal’’.

Kamtarin shoirim aslo sham emas,
Ijod ummonida cho'ng, nurli mayoq.
Qalblarga qadalgan ilhom niholi
Gullagay, Yashnagay, Mevasiga boq!

"Boshida do’ppisi g’oz yurar’’ o’zbek,
Navoiy tilida so'ylaydi Vatan.
Rangin satrlari dunyoni kezdi,
Аsh'orin yod olmish og'am Erdo'g'an.

Zuxro yulduziga kemalar yo’llab,
Cheksiz fazolardan tashbehlar izlar,
Xayolin beshigin tebratar har tong,
Yesenin kuylagan gulruxsor qizlar.

‘’Hayot yo’li nadir? Qabr toshida,
Ikki sana aro qisqa chiziqdir’’,
Yaxshi nom qoldirsang -ikkinchi umr,
Hayoti abadiy , doim yoniqdir.

"Azaliy davrada charx
uradi yer
Mushtariy azaldek chaqnab yuribdi ’’,
Kuylar qanotida g‘azal-u she‘rlar
Yuksak davralar yangrab turibdi.

Yurtimda kezarkan farahbaxsh yellar,
Duogo’y xalqimiz chin dildan tilar-
She’riyat ko’kida chaqnasin chaqin,
Qalamin uchlasin Erkin Vohidlar.

Аlvon ko’ylak quyosh ufqqa qo’yar bosh,
Yoniq satrlardan dilga naqsh o’ydim.
Haykaling poyiga, ey Ulug’ Ustoz-
Tashbehdan guldasta –she’rimni qo’ydim.

Robiya Abdullajonova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-‘’A’’ sinf o’quvchisi

👆@piima_myim
Forwarded from ijodim
​​1️⃣3️⃣ -noyabr, 2021-yil shanba

🎉 Bayramlar 🎉

🤙 Butunjahon mehribonlik va mehir oqibat ko‘rsarish kuni
👀 Xalqaro ko'zi ojizlar kuni
💊 Butunjahon antibiotiklardan xabardorlik haftaligi
🛡 Rossiya Qurolli Kuchlarining Davlat maxfiy xizmati xizmati kuni
💉 Rossiyaning radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo'shinlari kuni


📔Tarixda bugun📔

📔 1758 - Rossiyadagi eng yirik va eng qadimgi tibbiyot oliy o'quv yurtlaridan biri - Birinchi Moskva Tibbiyot Instituti (hozirgi - I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti) tashkil etilgan.
📔1805 — venalik qassob Iogann Laner sosiska goʻsht mahsulotini kashf qilgan;
📔 1851 yil - Moskva va Sankt-Peterburgni bog'laydigan Nikolaevskaya (Oktyabrskaya) temir yo'li poyezdlar harakati uchun ochildi
📔1872 — L.N Tolstoy tomonidan ilk “Alifbo” nashr qilingan.
o'rgatadigan qo'llanma.
📔 1918 yil - Ryazan havo-desant oliy qo'mondonlik maktabi tashkil etilgan
📔 1985 yil - Kolumbiyada 1845 yildan beri harakatsiz bo'lgan Nevado del Ruiz vulqoni otildi. 20 mingdan ortiq odam otilish qurboniga aylandi
📔 1989 yil - SSSRda o'lim jazosi yoki 10 yildan ortiq qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishda hakamlar hay'ati sudi boshlandi.


🎁Shu kuni tug'ilganlar 🎁

👶 1718 - Jon Montague - "sendvich" ("sendvich") ixtiro qilgan ingliz diplomati.
👶 1725 - Valentin Gayuy - frantsuz tili o'qituvchisi, ko'rlar uchun alifbo muallifi
👶 1782 - Esayas Tegner - shved shoiri
👶 1821 yil - Mixail Petrashevskiy - rus inqilobchisi, mutafakkiri
👶 1850 - Robert Stivenson - Shotland yozuvchisi va shoiri, Treasure Island muallifi
👶1912 yil - shoir Usmon Nosir
👶 1914 - Georgi Babakin - Sovet muhandisi, muhandis, sovet oy sayohatchilarining yaratuvchisi
👶1933 yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Jumanazar Bozorboyev
👶1948 yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Safar Ostonov
👶 1955 yil - Vupi Goldberg - amerikalik teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi, prodyuser, ssenarist.
#tavallud_sana

Usmon Nosir 109 YOSHDA!

30-yillarda ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912-yil 13-noyabrda Namangan shahrida dunyoga kelgan.

YANA SHE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,
Geyne bilan o‘rtoq tutindim.
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!

👇Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#rasmlar_kela_boshladi

Abdullaaxatov Asadbek Ilhomjon oʻgʻli Fargʻona davlat universiteti Meva-sabzavotchilik fakulteti Agranomiya anorchilik yoʻnalishi 2- kurs talabalasi Fargʻona viloyati Yozyovon tumani.
Forwarded from Ijod bog‘idan guldasta
OLIMLAR VA SHOIRLAR

Qancha ilhom kerak, ishq, orzu-tilak
Insonni fazoga uchirmoq uchun.
Qancha bilim kerak, tafakkur kerak
Buni she’r, dostonga ko‘chirmoq uchun.

Olimni band etar yulduzli osmon,
Cheksiz fazo ilmi shoir xayolin.
Ha, bu shunday zamon, ajoyib zamon,
Olimlar — shoiru
Shoirlar — olim.



SCIENTISTS AND POETS

How much inspiration, love, dream-intent
To launch the human into the space.
How much knowledge and thought you need
To copy this into a poem and an epos.

The starry sky that occupies the scientist,
The science of infinite space is the poetʼs imagination.
Yes, this is such a time, wonderful time,
Scientists are poets,
Poets are scientists.

Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi Abduvohidova Dilnozaning Erkin Vohidov sheʼri tarjimasi.
***
Tunda tunab tondi tantiq tong,
Qorachiqqa indi mash’um tin.
Kecha urush bo‘ldi qaydasan,
Farishtalar chiqarmadi un.

Nag‘malarin boshlaydi shayton,
Budda uxlar, Yupiter mizg‘ir.
Ko‘chalarda esa haliyam,
Miltiq bilan urushlar izg‘ir.

Tinchlik o‘zin o‘lganga solar,
Qonli qafas ichra yurar erk.
O‘ngim urush, so‘lim jahannam,
Arosatda qoldim yo‘lim berk.

Qo‘limdagi gullar so‘ligan,
Bu dunyoning umri oxirlar.
Urush dastxat qo‘ymas yuzimga,
Men chun dastxat qumsiz qabrlar.

✍️ Arabboy Ahmadjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈