Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
⚡️19-sentabr soat 20:00 da isteʼdodli shoir Suhrob Ziyo bilan @ijodmaktablari (Ijod bogʻidan guldasta) kanalida ovozli chat orqali ijodiy suhbat tashkil etiladi.

💥Barcha sheʼr ixlosmandlarini taklif etamiz
👇
@ijodmaktablari
Forwarded from ERKIN VOHIDOV (Nigora Umarova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Бугун 19 сентябрь, соат 18:00 да давлат буюртмаси асосида ЎЗБЕККИНО Миллий киноагентлигининг "Ҳужжатли ва хроникал фильмлар киностудияси" томонидан тасвирга олинган Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидовнинг ҳаёти ва ижоди ҳақидаги "Тирик сайёра" фильмининг тақдимоти бўлади.

Барча ўзбек адабиёти ихлосмандлари ҳамда шоиримиз мухлисларини ушбу тақдимотга таклиф этамиз.

Сценарий муаллифи: Хуршид Дўстмуҳаммад
🎬 Фильм режиссёри: Абдухалил Мингноров
🎥 Фильм оператори: Азизбек Арзиқулов


❇️ Манзил: Адиблар хиёбони.

❇️ Мўлжал: Метронинг "Миллий боғ" бекати.
#ustozlar_ijodi

* * *

Qulluq qil demasman.
Yurt tuprog‘in o‘p,
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu mendek shoirlari ko‘p,
Buyuk elga endi daholar kerak.

Qaddingni baland tut,
Bo‘lma serta’zim,
Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l,
Pillapoya bo‘ldim senga, azizim,
Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l.

✍️Erkin Vohidov, O‘zbekiston Qahramoni.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Audio
#radio

📻Farg’ona TRK

📝Adabiy muhit dasturi

👫Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari

🙋Boshlovchi Nodiraxon Siddiqova

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ziyorat

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ajdodlar tarixi, madaniy meros va muzeylar bilan tanishtirish maqsadida Jahon otin Uvaysiy muzeyiga sayohat, Farg‘ona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga, viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga, markaziy kutubxonaga, xotira va qadrlash muzeyi va ziyoratgoh majmualariga sayoxatlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-sentabr kuni ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Marg‘ilon shahridagi “Kaptarli mozor” ziyoratgohiga borishdi. Ziyorat davomida o‘quvchilarning hayrat to‘la ko‘zlaridan ilohiy ilhomlar nur kabi yog‘ilib turdi desak adashmagan bo‘lamiz. Bu kabi sayohatlar o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-onaga sadoqat, ustozlarga ehtirom, ularga yaxshilik qilish tuyg‘ularini yanada gurkirashiga xizmat qiladi.

✍️Erkin Vohidov maktabi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Deleted Account
​​#bizning_ijod

U sakkiz yoshli qizaloq. Bobosi, buvisi, dadasi bor. Bobosi chet elda ishlaydi. Buvisi – tarjimon. Dadasining bir nechta kompaniyasi bor. Safarlarga kattalar bilan birga chiqib, dunyoning ko‘plab davlatlariga borib kelgan.
U har kech maktub yozadi. Turli xil tillarni o‘rganayotgani uchun har kuni turli tillarda yozadi. Chunki u hatto onasi qaysi tilda gaplashishini ham bilmaydi. Maktubni yozib bo‘lgach, yurakchalar chizilgan, oq varaqdan o‘zi yasagan xatjildga joylaydi. Tashqariga qarab son-sanoqsiz yulduzlarga birnimalarni shivirlaydi-da, maktubni derazadan uchiradi. Ertalab turib, hovliga chiqqanida maktub yo‘q bo‘lib qolishini Xudodan so‘rab, uxlaydi. Ertalab uni quyosh uyg‘otishi, toza havoda sayr qilishi va albatta hammadan avval hovliga chiqish uchun pushti gullar chizilgan, pardali derazani ochib qo‘yadi.
Tong. Uni har doimgidek quyosh nurlari erkalab uyg‘otdi. Shamollab qolmaslik uchun yotoq kiyimi ustidan qora, tugmalari yaltiroq jemferini kiyib, yuz-qo‘lini yuvib ham o‘tirmay hovli tomon yugurdi. U maktub egasiga yetib bormaganligini biladi, ammo unda umid bor. Bolalarcha umid...
Hovli katta, ikki yonda maysalar o‘sgan, o‘rtada keng yo‘lak. Yo‘lakning o‘rtasida kechagi xatjild turibdi. Qizcha maktubni oldi-yu, ko‘zida yosh miltillab xonasi tomon yugurdi. Hali yig‘ilmagan, issiq o‘rniga yotib, boshini o‘rab oldi-da, shu yotgancha anchagacha turmadi. Kiyinib, xonasini saranjomladi. Nonushtada buvisiga xarxasha qildi. Noiloj qolgan buvisi uni qabristonga olib bordi. Qizaloq o‘zi yasagan qog‘oz guldasta va maktubni olib borib, onasining qabri ustiga qo‘ydi...

✍️Dilfuzaxon Mahmudova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod

📝Kuzni sog’inib…

✍🏻🎬🎤 Gulyora Hoshimjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi.

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidovning "Oʻzbegim" sheʼrida parcha oʻqidi.