Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.26K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#istiqlolim_istiqbolim

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlanadi.

✍️Mustaqil zamoning rostdir O'zbegim...

📺 Hojiakbar Ziynatshoyev,Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

👫Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_o'quv_yili

🌟 FARG’ONA MTRK | Yangi o’quv yili boshlandi

📺 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi.

👫Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

⛪️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI👈
#ustozlar_ijodi

VATAN QADRI

Chashma qoshida tiniq suv,
Qadrini bilmas kishi.
Sayr etib gulshanda gulni,
Ko’ziga ilmas kishi.
Vah, bu ne g’aflatki inson —
Ko’ksida tutmish vatan,
Kim vatan ichra vatanning,
Shukrini qilmas kishi.
Yurt nedir, yurt dog’i nedir,
Yurtdan ayrilgan bilar,
Anglaguvchi yurt firoqin,
Yurtda topilmas kishi.
Ey, vatandoshim, eshit,
Boburu Furqat nolasin,
Besabab anduh tig’ida,
Bag’rini tilmas kishi,
Bilma, farzandim, vatan hajrini,
Lek qadrini bil —
Kim vatan qadrini bilmas,
Angla, komilmas kishi.

✍️ Erkin Vohidov, O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri, 1992 yil.


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#biz_haqimizda

“FARG‘ONA HAQIQATI” adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy gazeta

Yosh ijodkorlarini qo‘llab – quvvatlashda, ularning asarlarini butun ijod ahliga yetkazishda yaqindan yordam beruvchi gazeta bu – “FARG‘ONA HAQIQATI” gazetasidir.

Ushbu sonida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Davlatjon Karimovning "Bag'ishlov" she'ri yoritildi.

Davlatjon Karimov “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining xalqaro tajribalar asosida o‘tkazilgan “Ustoz-2020” (Best teacher) tanlovi qatnashchisi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munasabati bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Til borki, millat barhayot” tanlovining g‘olibi. O‘quvchilari fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan. "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori.

Buning uchun gazeta jonkuyarlariga va Dilnavoz Qo‘ldoshevaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramz.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#bizning_ijod

***
Ko‘zlarimda yaralangan parvonalar,
Parvoyimga kelib qo‘ymas dunyo, bugun.
Аytsin! Erkning tomiridan suv ichganlar,
Ishqsizlikka bu olamda bormi yakun?!

Silqib chiqar yuragimdan siniqlarim,
Vijdoningiz pushaymonni ko‘rmas totib,
Ne andisha bergan ekan saqlamoqqa
Ichkarida ungachadir, undan tortib...

Saxovatsiz katta bo‘ldi quvonchlarim,
Jon ipimda dardlarimning qismati bor.
Sochlarimdek uzun emas umr, axir
Xudoyimning bir qulidan qismasi bor.

Ko‘zlarimda yaralangan parvonalar,
Bo‘ronlarga peshvoz chiqar ohim mening.
Ey, taqdirning siylagani, sehrbozim
Yanog‘imga tabassumni chizib bering...

✍️ Sarvinoz Tursunova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#radio

📻FARG‘ONA RADIOSI – ADABIY MUHIT DASTURI

👫Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

🎙MUHAMMADAMIN NURMATOV, ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI, "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI" ESDALIK NISHONI SOHIBI.

🎤BOSHLOVCHI: NODIRA SIDDIQOVA

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#ochiq_dars

Ochiq darslar - bu tajriba almashish, o‘z ustida ishlash va yosh avlodga dars o‘tish uslubini o‘rgatishdir.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o'qituvchilar ochiq dars mashg‘ulotlari o'tkazib, o'z-o'zini rivojlantirish, tajriba almashish va o'zlariga tashqaridan qarash uchun imkoniyat yaratmoqdalar.

Joriy yilning 10-sentabr kuni ijod maktabi o‘qituvchisi Abdurahmon Latipovning 7 ”A” - sinf o‘quvchilariga Matnshunoslik fanidan “Eski o‘zbek yozuvini o‘rganamiz” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq darsda texnik vositalaridan foydalanildi.

Darsda o‘zgacha yondoshgan holda interaktiv usullar qo‘llanildi.
Ochiq darsning yakuniga qadar o‘quvchilar faol qatnashdilar.
Darsning asosiy vazifalari eski o‘zbek yozuviga oid materiallar bilan ishlash uchun alohida kichik guruh ajratilib, jamoalar bilan ishlandi.

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#yangi_loyiha

Joriy yilning 9-sentabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida yangi loyiha “Maktab parlamenti” yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu loyiha maktabning barcha o‘quvchilarini qamrab olgan holda o‘z dasturi bo‘yicha yil davomida ish olib boradi.

Yig'ilish so'nggida o‘quvchilarga Maktab prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etildi.

✍️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Titroq sezdingmi
Shavkat Rahmon
XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentyabrda Oʻsh (shahar) shahrida tug‘ilgan.

🎙She'rni shoirning o'zi o'qigan

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Deleted Account
​​Iste’dod hamma davrda ham noyob, favqulotta holat hisoblangan. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ana shuday iqtidorli yoshlar ilm va ijod sirlariga oshno bo‘lmoqda. Har sohada ularni yanada qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida tanlovlar, ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

10-sentabr kuni ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida maktabning ilhom ayvoni hovlisida kechki “Xiyobon oqshomlari” mushoirasi o‘tkazildi. Ushbu ijodiy kechada ichki tuyg‘ularni nafislik, hayajon, mardonalikka yo‘naltirilgan eng sara she’rlar o‘qildi.
– Men she’riyatni insonning o‘z-o‘zi bilan, odamlar bilan, tabiat bilan, Xudo bilan ruhoniy suhbati deb bilaman. Oddiy qilib aytganda, she’rni o‘qib ta’sirlana olishdan iborat she’rxonlik deb atalmish ushbu qobiliyatni tarbiyalashni yoshlikdan boshlasa, deyarli hammada she’riyatga muhabbat darajasida shakllantirish mumkin. Bora-bora bu qalb uchun ehtiyojga aylanishi shubhasiz,- degan edi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.
Bu kabi ijodiy mushoiralar yosh ijodkorlarni vatanni sevishga, ota – onani hurmat qilishga, insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashiga ishonamiz.

✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati
👆👆👆FOTO👇👇👇