Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
972 subscribers
12.6K photos
1.49K videos
58 files
4.37K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
“Озод Ватан куйчиси” танлови ғолиблари аниқланди

Фарғона вилоят ҳокимлиги, вилоят ММТБ, Эркин Воҳидов номидаги ижод мактаб, Vodiy1.uz сайти Ўзбекистон қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов туғилган санага бағишлаб мактаб ўқувчилари ўртасида “Озод Ватан куйчиси” видеороликлар танловини эълон қилганди.

Овоз бериш натижаларига кўра, 1-ўринни Ёзёвон тумани 6-мактаб, 2-ўринни Ўзбекистон тумани 49-мактаб, 3-ўринни Ёзёвон тумани 40-мактаб, 4-ўринни Ўзбекистон тумани 2-мактаб эгаллади.

Ғолиб видеороликлар муаллифлари 1-ўрин Фарғона ҳокимлиги соврини ва диплом, 2- ўрин Фарғона вилоят ММТБ бошлиғи соврини ва диплом ҳамда 3-4 ўринлар Vodiy1.uz нашрининг 1 миллион сўм мукофотига эга бўладилар.

26 декабрь соат 20:00 дан кейин берилган овозлар ҳисобга олинмайди.
#bugun_nazm_kechasi

⚡️Hurmatli obunachilar!

Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Erkin Vohidov tavalluding 88 yilligi munosabati bilan “She’ryurak” adabiy tanlovining final bosqichi o‘tkaziladi.

Hammangizni kutib qolamiz!

📆 27-dekabr, 2024-yil

17:00


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#iyul_2024

⚡️2024-YIL IYUL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik tizimidagi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda barcha maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy viloyatida boʻlib, tizimdagi taʼlim muassasalarida yaqindan oʻrganish olib bordi.

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari bilan
uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari
oʻz faoliyatini boshladi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida
sayyor qabul o‘tkazdi.

Oʻquvchilarimiz
65-Xalqaro matematika olimpiadasi, 54-Xalqaro fizika olimpiadasi, 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi, Xalqaro matematika musobaqasi, “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilarining bilim va malakalari
oshirildi.

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari
o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir
boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari IELTSdan
yuqori natija koʻrsatdi.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijod namunalari toʻplami
nashr etildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident (1-bosqich), ijod, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.

Ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha
kuchli oʻntalikka kirdi.

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ифтихор

ЎЗБЕГИМ, ЖОН ЎЗБЕГИМ! Фарғонада минг нафар ёшлар Эркин Воҳидовнинг “Ўзбегим” қасидасини жўр бўлиб ижро этди.

28 декабрь – Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов таваллуд топган кун. Олтиариқ туманида туғилган бу инсон ўзбек халқининг фахри, юрагидан жой олган шоири эди.

Фарғона вилояти ҳокимлиги ташаббуси билан унинг таваллуд санасига бағишлаб креатив видеоролик суратга олинди. Бу фарғоналикларнинг ўзига хос эҳтироми бўлди.

Видеороликда фарғоналик ёшлар севимли шоирнинг ўлмас асарларидан бўлган “Ўзбегим” қасидасини жўр бўлиб ижро этишган.

Видеоролик Vodiy1.uz сайти билан ҳамкорликда олинди.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#jarayon

Ayni damda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Erkin Vohidov tavalluding 88 yilligi munosabati bilan "She'ryurak" adabiy tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.


Tanlovda respublikamiz bo‘ylab ijod qilib kelayotgan yoshlar bellashmoqdalar.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#tanlov_yakuni

⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bag‘ishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Maktab sahnasi o'ziga xos ruhda bezatildi va she'riy chiqishlarga "Tarannum" to'garagi rahbari Sherzodjon Eshmatov tomonidan musiqiy zeb berildi.

🔼Zalda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari jam bo‘ldi.

Kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, Farg‘ona viloyati Zakovat klubi rahbari Sheroz Eraliyevlar hakamlik qildi.

Shuningdek, tadbirda ijodkorlar Muhammadyusuf Yuldashboyev, Shukurillo Sheraliyev, Nilufar Ergasheva, Muqaddas Muhammadaliyevalar ishtirok etdi va tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

🎥Tanlov yakunida 1-o‘rinni Shahlo Safarova, 2-o‘rinni Dilangiz Bahronova, 3-o‘rinni Umida Abduhamidova, Gulyora Hoshimjonova, Hojira Kamoliddinovalar qo‘lga kiritdi.

🌐G‘oliblar ertaga Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi tadbirida taqdirlanadi.

😎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM