Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
956 subscribers
12.9K photos
1.51K videos
59 files
4.44K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13-noyabr – Usmon Nosir tavallud topgan kun

Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻilgan. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida ta’lim oladi.

📱 Batafsil: jadid-media.uz/usmon-nosir-tavallud-topgan-kun
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hayot_darsi

⚡️ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA “HAYOT DARSI” LOYIHASI

💫Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Farg‘ona viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Hilolaxon Kamilova ishtirokida barcha sinf o‘quvchilari uchun “Hayot darsi” loyihasi oʻtkazildi.

Muloqot davomida mehmon tomonidan ota-onaga hurmat, ustozlarga ehtirom, ona vatanga sadoqat tuyg‘ulari va milliy qadriyatlar o‘quvchilarga singdirildi.

💥Ijod maktabi o‘quvchilari olayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya o‘g‘il-qizlarimizning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo‘lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi va, albatta, buyuk ustozlarining izdoshlari bo‘lib yetishadi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️
“Usmon Nosir qamoqxona devorlariga koʻmir bilan sheʼrlar yozib tashlagan. Har kuni ertalab oʻziga yuvdirar ekan.

Usmon Nosir deganda, yurakda ogʻriqsiz gapirib boʻlmaydi. Hozirgi yoshlarimiz millat gultojlari boʻlgan Qodiriy, Usmon Nosir, Choʻlponlarning hayotini yaxshi bilmasdan turib, qoʻliga qalam olmasligi kerak. Ularni chetlab oʻtib, adabiyotga kirib boʻlmaydi”.

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf


Manba

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM