Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.25K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#ijod_maktablari

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektor rahbarlari bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boʻlib, taʼlim dargohi faoliyati bilan tanishdi.


Oʻtgan davr mobaynida mazkur taʼlim maskani koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Bilimni baholash agentligi tomonidan eʼlon qilingan 2023-yil bitiruvchilarining oʻz fanlaridan toʻplagan bali sarhisobi boʻyicha Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari oʻrtacha 159,7 ball bilan respublika boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan edi. Joriy yilda umumiy natijalarga koʻra, ijod maktabi oʻrtacha ball koʻrsatkichlari boʻyicha respublikada 1-oʻrinni egalladi.

Oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini unumli va sermazmun oʻtkazish maqsadida ijod maktabida tasviriy va raqamli sanʼat, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash, veb-dizayn, teleradiojurnalistika, aktyorlik mahorati kabi zamonaviy toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.

Viloyat rahbari mazkur toʻgaraklarning faoliyatini koʻzdan kechirdi, oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

Ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan shoirlarimizning sheʼrlari, qoʻshiqlar ijro etildi, jadidchilar siymosi aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Viloyat hokimi maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan uchrashuvda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktablari iqtidorli yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochganligini qayd etib, Erkin Vohidov ijod maktabining faoliyatini yuqori baholadi.

Bu yerda tahsil olayotgan yoshlar orasidan buyuk shoir va adiblarimizga munosib izdoshlar yetishib chiqishiga umid bildirib, maktab jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan. 

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor. 

“Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom. 

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon! 

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga! 

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri
2025 йилда бюджетдан таълим ва соғлиқни сақлаш учун харажатлар 20 фоизга кўпайтирилади

Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида жорий йил иқтисодиётда кутилаётган натижалар ва 2025 йил учун мўлжалланган асосий макроиқтисодий кўрсаткичлар, давлат бюджети муҳокамаси юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

👉 https://kun.uz/kr/12174405

Kun.uz расмий канали
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#ijodiy_monitoring

👍Xabaringiz bor, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ijodiy monitoring 2-bosqichda olinadi. 1-yozma, 2-og'zaki bugun barcha sinf o'quvchilaridan yozma varianti olindi.

▶️Oʻzbek she’riyat bogʻi nihoyatda koʻrkam, uning tarovati oʻzgacha, cheku chegarasi yoʻq. Bu bogʻda tomiri yer qa’riga uzoq ketgan ming yillik chinorlardan tortib, endigina boʻy choʻzgan nihollarni ham koʻrish mumkin.

💻Shoir – isteʼdod egasi, shoir – soʻz va tafakkur odami, shoir – iztirobli, dardmand inson, shoir – el-yurt quvonchiga sherik odam. Tabiiyki, shoir zotining tabiati, taʼrif va tavsifi xususida bunday fikr-mulohazalarni davom ettiraverish mumkin.

😎Bizning o'quvchilar qanday musiqa tinglashni yaxshi biladi, ularni yaxshi his etadi, u yoki bu cholgʻu asbobini chala oladi, qoʻshiq kuylay oladi, kuy bastalay oladi, nazmiy va nasriy asarni bunyod etishni ham biladi.

😎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona 24
16.10.2024

Viloyat hokimi Erkin Vohidov nomli ijod maktabida bo`ldi.

https://t.iss.one/Fargona_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona 24
16.10.2024

21-oktabr - O`zbek tili bayrami kuni.

https://t.iss.one/Fargona_trk