Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
966 subscribers
12.7K photos
1.5K videos
58 files
4.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

📍Farg’ona shahridagi "Al Farg’oniy" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Farg’ona viloyatida joylashgan 21 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 420 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asarini ingliz tiliga o'girgan tarjimon Mark Ris bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tashrif chog‘ida Mark Ris ijod maktabida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi hamda tarjima nazariyasi bo'yicha bilim va ko'nikmalari bilan o'rtoqlashdi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Erkin Vohidov ijodi
♻️ТУШУНГАН ОДАМ

Кимга ҳасрат қилсам бағримни ўйиб,
Кимдан юрагимга тиласам малҳам,
Оҳиста елкамга қўлини қўйиб,
Юпатар: Сен ўзинг тушунган одам.

Гоҳида аламим сиғмай кўнглимга,
Шеър бўлиб тўкилар ва лекин, эй воҳ,
Қайга борсам шеърим қайтар қўлимга,
Тушунган одамсан, дунёдан огоҳ...

Ҳайҳот, дейман, адлинг шуми, эй Худо,
Шундоқ чизилганми тарҳингда олам?
Ногоҳ фалакдан ҳам қайтар акс-садо,
Ахир сен тушунган одамсан, болам.

  Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1991 йил

👇👇👇
🌐
www.facebook.com/evohidov
🌐
https://t.iss.one/erkinvohidovijodi
🌐
www.erkinvohidov.com
#Bizning_ijod

KETMONNING ARZ-DODI


To‘yib ketdim baridan,
Ketaman dam olishga.
Ana, mening o‘rnimga
Belkurak chiqsin ishga.

Tinim bilmay ishlayman,
Dalalarni sug‘orib.
Har kuni yer tishlayman,
Ketdi-ku boshim og’rib.

Qattiq ishlab yuborsam,
Belim og‘riydi doim.
Bu ketishda mening ham,
Qolmaydi-ku sog’ joyim.

“Mehnatning tagi rohat”,
Degan maqol yolg‘onmi?
Yoki menga kelganda
Ish uzayib qolganmi?

Lekin bitta narsani
Sira anglab yetmadim –
Fermerlar boy-ku, nega
Men hech boyib ketmadim?!

Nodira XOLDORALIYEVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
9-sinf o‘quvchisi


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalarga_murojaat

Avval xabar qilinganidek,
mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktab jamoalari tomonidan “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida ota-onalarga murojaat yoʻllanmoqda.

📍 Namangan viloyati, Uychi tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda ham mazkur murojaat ota-onalar va keng jamoatchilik vakillariga yetkazildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Bizning_ijod

MUHAMMAD YUSUFNING
“TUSHUNMAYSAN” SHE’RIGA NAZIRA


Yanglish keldim, men adashdim,
Aqli raso, tushunmaysan.
Olamimiz o‘zga olam –
O‘zga mavo, tushunmaysan!

Endi ko‘nglim qolmas omon,
Men – pushaymon, u – pushaymon,
O‘rtamizda bo‘ldi sarson,
Topmay davo, tushunmaysan!

Vujudimning shohi, xoni,
Mehr bilan tirik joni,
Bu dunyoning to‘rt tomoni
Bo‘ldi rasvo, tushunmaysan!

Xasrat ichra so‘lib ketdi,
Do‘st-u dushman kulib ketdi,
Ko‘z-yoshimga to'lib ketdi,
Yer-u samo, tushunmaysan!

Bilmam, neni izlaydi u,
Kecha-kunduz bo'zlaydi u,
Ishq haqida so‘zlaydi u,
Ishqsiz dunyo, tushunmaysan!

"Mening borim erur ko'nglim,
Mening yorim erur ko'nglim"
Mening baxtga eltar yo'lim –
Yolg'iz Xudo, tushunmaysan!

Mohlaroy TOʻLQINOVA
Erkin Vohidov ijod maktabining
8-sinf oʻquvchisi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from Erkin Vohidov ijodi
🌧 ТАБИАТ ВА ҚИЗАЛОҚ 💦

Бийрон қизчам ёмғир ёққан кун
Ёлворади хўрсиниб оғир:
"Энди бирпас ўйнаб келайин,
Айтинг, дада, ёғмасин ёмғир!

Кутиб қолди яшил коптокчам,
Ҳай-ҳай нимчам зерикди ёмон.
Йиғлаяпти қўғирчоғим ҳам,
Ёмғир тинсин, айтинг, дадажон!

Бувим дерлар дуо қилиб:  "Тин!"
Деҳқонларга қийин бўлармиш,
Ёмғир тинса - план тўлармиш,
Айтинг, дада, ёмғир ёғмасин!"

Шириним, ҳақ сўзларинг бари,
Эл зори бор бувинг зорида.
Сен ўйлайсан, фалак ишлари
Дадажонинг ихтиёрида.

Шундай бўлса мен ўзим билиб
Булут кўзин ўймасми эдим.
Юрт бошига ҳеч ўчмас қилиб
Қуёш ёқиб қўймасми эдим?!

Қизалоғим, билмайсан ҳали,
Муаммоси оламнинг - олам.
Ожиз чархга тўзим бергали
Даданг надир, инсоният ҳам.

Измимизда эмас бу дунё,
Самоватга ўтмас сўзимиз.
Билки, ундан нажот йўқ асло,
Бизга нажот... фақат ўзимиз.

Шунча қайғу сенда ҳам, қизим,
Хафа бўлма, баланд кўтар бош.
Ўзбек деган халқ бор, юлдузим,
Қалби унинг миллионлаб қуёш.

Уни тарих қилган имтиҳон,
Табиатнинг синови надир.
Унга фақат сен бўлгин омон,
Жону қалбин сен қилгин қадр.

У буюк халқ. Юки ҳам буюк,
Қаноати билмас ниҳоя.
Ишон, қизим, ҳеч қандай булут
Халқ бошига сололмас соя.

Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1982 йил

☔️ 🍁 🍂 🍁 🍂
#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan lavhalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM