Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.1K subscribers
14.2K photos
1.59K videos
59 files
4.72K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#harbiy_vatanparvarlik

🏢Sharqiy harbiy okrugda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida ochiq eshiklar kuni doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari harbiy xizmatchilarning hayoti va faoliyati bilan tanishishdi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
#Bayramning_birinchi_kuni

Xabar qilinganidek, bugundan boshlab “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.

🔹 Ishtirokchilar kun avvalida Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qizg‘in muloqotlar shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Senati qo‘mita raislari — Odiljon Iminov, Malika Qodirxonova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida muhim o‘zgarishlar kuzatilayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.

🔹 Muloqot davomida pedagoglar tizimdagi ushbu ijobiy yangilanish va o‘zgarishlar ustoz-murabbiylarimizning o‘z kasbiga munosabati, mas’uliyatini yanada oshirishda katta turtki berib, soha rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarining bu boradagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

👉 Bayram tadbirlari kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
“1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari boshlab yuborildi.

Bugun poytaxtimizga mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

So‘nggi yillarda sohada qonunchilik tizimi ancha takomillashtirildi, ularni o‘rganish, berilgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalana olish kerak.

Tadbirda ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bayram endi boshlanmoqda, tadbirlar davom etadi.

@hilola_umarova
Forwarded from ijodim
​​#1\_oktabr
#Oʻqituvchi\_va\_murabbiylar\_kuni

⚡️Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.

💥Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📂Ko‘rik-tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tanishtiruv, biatlon va musiqali sahna ko‘rinishi shartlarida bellashdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra, bugungi QVZda barcha shartlarda ustunlik qilgan 10-A sinfining “Hakkerlar” jamoasi munosib deb topildi.

📖Shu bilan birga faollik ko‘rsatgan, tashabbuskorligi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘lgan pedagog ustozlar, tarbiyachi-ustozlar Marg‘ilon shahar hokimligi hamda maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

📕Tadbir talaba yoshlarga a’lo kayfiyat, ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir yakunida -“ Maskur tadbir o‘quvchilarda kelajakka ishonch o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, vatanga va xalqiga munosib farzand bo‘lish kabi xislatlarni tarbiyalaydi”-, dedi maktab direktori Nigoraxon Mannopova va tashrif buyurgan ustoz-murabbiylarga, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

💐Siz aziz ustozlarimizni, murabbiylarimizni bayram bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Xonadoningizdan fayzu baraka, tinchlik-omonlik arimasin.
#1_oktabr
#Oʻqituvchi_va_murabbiylar_kuni

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈