Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.26K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#onlayn_muloqot
#qonun_hujjatlari_targʻiboti

QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Agentlik mas’ul xodimlari, xususan tizimdagi maktab direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tashkil etilgan aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan xabarlarni o‘rganish tartibi borasida so‘z bordi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligini hamda Qonunning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Onlayn muloqotda davlat xizmatchisi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashishi, yuklatilgan funksional xizmat vazifalarni qonun talablari asosida sidqidildan bajarishi, tanish-bilishchilik, mas’uliyatsizlik, tamagirlik va manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati davlat idoralari ochiqligini taʼminlash borasida oʻtkazilgan reytingda yuqori baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

👉 Unga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning oʻz vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirilishi holati davlat organlari va tashkilotlari doirasida monitoring qilindi.

❗️Tahlil natijalariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 106 ta davlat organlari va tashkilotlari ichida 80 foizlik natija bilan ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Shuningdek, vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ham eng yuqori oʻrinlardan biri (80 foiz)ni egalladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fargona_MTRK
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori Nigoraxon Mannopova va bitiruvchi ijodkor o'quvchilar

🎥“Xayrli kun” ko‘rsatuvida

📖Yoshlik mushoirasi

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#natija

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 145 ball bilan 1-o‘rinda 7-sinf o'quvchisi Muxtoraliyeva Shukrona Vohidjon qizi tavsiya etildi.

📋Bugunga qadar u Oltiariq tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan.


💐O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#yangi_oʻquv_yili_oldidan

🏢Ijod maktabida yangi o‘quv yiliga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalariga yig‘ilish o‘tkazildi.

✔️Yig‘ilishda 70 nafarga yaqin ota-onalar, 10 nafar o‘qituvchi qatnashdi. Yig‘ilishni maktab direktori Nigoraxon Mannopova olib bordi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, maktabning ichki tartib qoidalari, har chorakda o‘tkaziladigan ijodiy va ilmiy monitoring jarayonlar haqida gapirib o‘tdi.

📂Ota-onalar muassasadagi ta'lim jarayonlari, undagi shart-sharoitlar va ustozlar bilan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga MMIBDO‘ Muhammadamin Nurmatov tomonidan atroflicha javob olishdi.

📑Yig‘ilish so‘nggida o‘quvchilarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib tegishli yo‘l-yo‘riqlar berildi, o'quvchilardan esa maktab psixologi tomonidan psixologik test olindi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈