Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida;

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida;

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida dastur doirasidagi dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan 14-may kuni Ogahiy va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 20 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda o'quv jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

🗣Dars jarayonlaridan so‘ng, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov moslashuv trening mashg'ulotini o‘tkazdi.

💬Mashg'ulotda nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_ijrosi

🤩O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida ijod maktablari o‘quvchilarini o‘z ijodiy faoliyat natijalarini, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda va online platformalarda tijoratlashtirishda o‘rgatish bo‘yicha “Biznes-seminar trening” va uning doirasida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilmoqda.

🗣Shu munosabat bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati filliali xodimlari va Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamkorligida Respublika miqyosida muvaffaqiyatga erishgan mahoratli tadbirkor, bisnes-trener, Youtube blogeri Oybek Qosimov ishtirokida mualliflik to‘g‘risida tushunchalar, ijtimoiy tarmoqlar va online platformalarda tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan mavzularda seminar trening o‘tkazildi.

💬Tadbirga kelgan mehmonlarni, ijod maktabi vakillari o‘z faoliyati va o’quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishtirdi.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM