Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra:

“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;

o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “San’at” (ART) fani kiritiladi;

o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida robototexnika asoslari o‘rgatiladi;

oʻquvchilar ijodiy ishlarini onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;

ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;

Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;

Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;

Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:

umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;

ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagog-xodimlar uchun psixologik trening oʻtkazildi.

2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni
doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Samarqand shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Denov, Qiziriq, Sherobod , Muzrabot, Koson, Qoʻshkoʻpir, Uchqoʻrgʻon, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan, Nukus tumanlari va Termiz, Xiva shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Ruhshona Jumanazarova 4 ta xorijiy universitetga
oʻqishga kirdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Nyu-York universiteti Abu Dabi filiali vakillari bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Abdulla Ulug‘ov mahorat darsi
o‘tkazildi.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimi boʻyicha o‘quv-amaliy seminar
tashkil etildi.

Chinoz, Jarqo’rg’on, Denov, Kasbi, Kitob, Paxtakor, Zarbdor, Boyovut, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Jizzax, Andijon shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy va xorijiy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Jizzax davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishonlari
topshirildi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Islomjon Joʻraboyev akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining saralash musobaqasida
1-o‘rinni egalladi.

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi gʻolibi Maqsadbek Egamberdiyev tantanali
kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Mahorat_darsi

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zuhra Aliyeva tomonidan belgilangan rejaga asosan mahorat darsi o'tildi.

📖Mahorat darsida "Badiiy asar gʻoyasi" mavzusida so'z bordi. Shoira Zuhra Aliyeva bilan o‘tgan uchrashuv samimiy ruhda kechdi. Oʻzbek adabiyotida yaratilgan hikoyalar misolida badiiy asar gʻoyasi haqida ma'lumotlar berdi.

📋Darsda ijodiy to'garak a'zolari va adabiyotning nazm yo'nalishiga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

❇️Mahorat darsi so’ngida o’zaro savol-javoblar bo’lib o’tdi hamda mahorat darsi o‘quvchilarning mushoiralariga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#sayyor_qabul

⚡️AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, og‘irini yengil qilish, ko‘mak berish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM