Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.02K subscribers
12.3K photos
1.46K videos
58 files
4.28K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Mutolaa_zavqi

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Mutolaa zavqi" loyihasi o‘tkazildi.

Sinflar kesimida o‘tkazilgan ushbu loyihada 7-, 8-, 10-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.

🤩Bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar O'lmas Umarbekovning "Yoz yomg'iri" kitobining mazmun mohiyatini sharxlab, kitobning asosiy voqealarini hakamlarga so‘zlab berishdi.

👑Yakun topgan tanlov shartiga hamda hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, 1-o‘rinni 10-“A” sinf o‘quvchilari, 2-o‘rinni 7-“D” sinf o‘quvchilari, 3-o‘rinni 8-“A” sinf o‘quvchilari egalladi.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ERKIN BOZOROV | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kechaku tirmashib tik qoya toshga…”
Dog’iston xalq shoiri RASUL HAMZATOV she’ri

O’zbekiston xalq shoiri ERKIN VOHIDOV tarjimasi

P/s: Yana qorni sog’inganlar uchun!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_mavzu

Erkinlik suvidan simirmoq uchun,
Erksizlik tubidan suv olmoq kerak…

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
⚡️ Test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi

🔰 2024-2025-o‘quv yili
uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi.

Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:

▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:

🔹
har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.

1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.

2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:

🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Ta'lim nazorati
Javoblar varaqasi 2024.pdf
369.7 KB
#abituriyent_2024 #javoblar_varaqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yangi adabiy tanlov eʼlon qilmoqda.
“Ibratli umr” deb nomlanuvchi adabiy tanlov bolalar va o‘smirlarni hayot mashaqqatlaridan cho‘chimaslikka o‘rgatish, ularni yuksak maqsadlarga intiluvchan, harakatchan, hayotda o‘z o‘rnini topish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yorqin iz qoldirgan siymolardan ibrat olishga chaqirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Tanlovga asarlar 2024-yil 2-dekabrgacha qabul qilinadi. G‘olib deb topilgan asarlar 2025-yil davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitob holida chop etiladi va albatta, qalam haqi to‘lanadi.
Tanlovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi eʼlon qilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan, mamlakatimiz ilm-fani va adabiyotida yorqin iz qoldirgan shaxslarning bolalik va yoshlik yillari haqida hikoya qiluvchi badiiy-publitsistik asarlar (esse) qabul qilinadi.
Tanlovga qatnashish uchun ishtirokchilarning yoshi, tajribasi va nufuzi ahamiyatga ega emas.

TANLOV QOIDALARI:

Bir muallifdan faqat bitta asar qabul qilinadi. Muqaddam OAVda eʼlon qilingan, kitob holida chop etilgan yoki boshqa tanlovlarda ishtirok etgan asarlar qabul qilinmaydi.
Asar hajmi word shaklida 80 betdan kam bo‘lmasligi, lekin 100 betdan oshmasligi kerak. Tanlovga jo‘natiluvchi asarlar “.doc” formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegelda yozilgan bo‘lishi kerak.
Tanlovga kelgan asarlarga taqrizlar berilmaydi, qo‘lyozmalar egalariga qaytarilmaydi.
Tanlovga quyidagi tarixiy shaxslar haqida yozilgan asarlar qabul qilinadi:

1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari.
2. Boburning bolalik va o‘smirlik yillari.
3. Fitratning yoshlik yillari.
4. Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari.
5. Akademik Tesha Zohidovning yoshlik yillari.
6. Akademik shoir G‘afur G‘ulomning bolalik yillari.
7. Akademik Xadicha Sulaymonovaning yoshlik yillari.
8. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolalik va o‘smirlik yillari.
9. Akademik Saʼdi Sirojiddinovning yoshlik yillari.
10. Akademik Habib Abdullayevning hayoti va faoliyati.
11. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning bolalik va o‘smirlik yillari.
12. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning bolalik va o‘smirlik yillari.
13. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Hamid Sulaymonovning bolalik va o‘smirlik yillari.
14. Akademik Aziz Qayumovning yoshlik yillari.
👑#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

HANUZ

O‘zga bo‘ldi yoru mehri manga boqiydur hanuz,
Notavon ko’nglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.

Garchi o‘zga yor istar xotirim, bordur valek,
Jon anga manzil, ko‘ngul oning visoqidur hanuz.

G‘ayr ishqi ko‘nglum evinda nechuk qilg‘ay nuzul,
Kim xayoli maskani ko‘zim ravoqidur hanuz.

Ishq ila may tarkin, ey nosiq, ne nav’ aylay qabul,
Kim ko‘ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.

Furqat o‘ti dofi dog‘ o‘rtamakdur demakim,
O’rtagan jonim ul oy dog‘i firoqidur hanuz.

Charx yolg‘uz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to‘kkuchi oning nifoqidur hanuz.

Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O‘zga bo‘ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.

✏️Alisher NAVOIY g‘azali

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🤩Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda Farg'ona MTRK hamkorligidagi "O'zbegim" ko'rsatuvining 2024-yil fevral oyidagi Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan mumtoz soni Marg'ilon shahridagi Hunarmandlar markazida tasvirga olindi.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM