Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
956 subscribers
12.9K photos
1.51K videos
59 files
4.44K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari o’rtasida “Erkin Vohidov stipendiyasi - 2023” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqich ilmiy, ijodiy yo‘nalishlarida imtihon o‘tkazildi.

🔖Bunda o‘quvchilar sinflar kesimida ixtisoslik fanlari bo‘yicha test sinovi va “Shoirlik bu shirin jondin kechmakdir”, “Shoir-u, she’r-u, shuur” kabi ijodiy mavzularda ishtirok etishdi.

📋Sinflar kesimida ixtisoslik fanlari bo‘yicha test sinovi va ijodiy imtihomlar, Erkin Vohidov asarlari bilimdoni tanlovlaridan saralangan 20 nafar eng bilimli, iste’dodli, intiluvchan o‘quvchilar tanlab olindi.

👫Ushbu stipendiya Erkin Vohidov oilasi hamda ijod maktabi ma'muriyati tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun ta'sis etilgan.

💐Bilimdon, ijodkorlarimizga kelgusi bosqichlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!!!


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
🔴 Bolalar adabiyoti

Mening quyonim

Mening chopqir quyonim,
Termuladi muloyim.
Oppoq yungi paxtadek,
Haqiqiymas soxtadek.

Baʼzida kech turadi,
Erinibla yuradi.
Koʻkatxoʻr va sabzixoʻr
Ishtahasi biram zoʻr!

Ubaydullayev Muhammadyusufxon,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf oʻquvchisi.

@bolalar_ijodkorlari
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
#To_quyosh_sochgayki_nur_tanlovi

Erkin Vohidovning sheʼrlarin oʻqib...

Erkin Vohidovning sheʼrlarin oʻqib
Ajib bir tuygʻuni his qildim shunda.
Goʻyoki dunyoning dur-u javhari,
Maʼno xazinasi yigʻilgan unda.

Bilaman, gʻam-gʻussa jam boʻlgan unda,
Yurakni tirnaydi har bir satr sheʼr.
Bilaman, barchasin bilib turibman,
U menga tinmayin nimalardir der...

Sheʼrni oʻqib boʻldim va shu zahoti
Qalbimda nimadir oʻrtanar hamon.
Qalbimni tingladim, uni angladim,
Intilaman porloq kelajak tomon.

Erkin Vohidovning sheʼrini oʻqib
Dunyo goʻzalligin his qildim shunda.
Goʻyoki adabiyot ichra xayollar,
Ilhom parisini chorlaydi unda.

Oʻqidim bir sheʼrni qayta-qayta men,
Istak tugʻiladi yana oʻqishga.
Qalbimni oʻziga asir etgan sheʼr
Sal qoldi qalbimni oʻgʻirlarishga...

✍️Nurmuhammadova Dilrabo
🏫 Abdulla Qodiriy ijod maktabi

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi

***
Istasang toza koʻngilga qoʻnmasin zarra gʻubor,
Pok soʻzu pok ish va pok dil, pok xayol boʻlmoq kerak.

Jismu jonimga desang, begona boʻlsin xastalik,
Ishqu zavqu dardi birla xastahol boʻlmoq kerak.

Qalbga istarsan shifo gar, boʻl yomon soʻzdan yiroq,
“Karvalol” ichmoq kerakmas, kar va lol boʻlmoq kerak.

✍️Erkin Vohidov, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈
🟢 Bolalar adabiyoti

Xoʻrozning tushi

Kecha koʻrdim tushimda,
Xotinim tovuqoyni.
Eshitmasdi meni hech,
Choʻqir edi naq oyni.

Uchib borib yoniga,
Gap boshladim siqilib:
— Don deb oʻylab sen oyni
Yeb qoʻymagin ishqilib!

Oʻz oʻrnida tomogʻdan
Oʻta qolsin suv, donlar
...Tagʻin oysiz qolmasin
Yerdagi bolajonlar!

Baxtiyorova Mubinabegim,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8 -"B" sinf o'quvchisi.

@bolalar_ijodkorlari
Tez kunda!

▪️ O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi (fantastik qissa)

▪️ Tolqon botir yoxud paqir kiygan ritsar
(ertak-qissa)

Muallif: Qobiljon Shermatov

📘 @akademnashr | #yangi_nashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_31_yillgi

📁Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Qomusimiz qalqonimiz” shiori ostida yangi qomusimiz moddalari targ'iboti chellenji o'tkazildi.

🇺🇿Ijod bog‘i bo‘ylab o‘quvchilar yangi amaldagi moddalarni targ‘ib qildilar.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈