Forwarded from Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#muzey_boʻylab
Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.
Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari va Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zufiya nomidagi muzeylarga sayohat uyushtirildi.
Sayohat chog'ida o‘quvchilar Sharof Rashidov hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayoti va ijodiga oid bo‘lgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, ularning boy ma'naviy hayoti va tarixiy ahamiyatini aks ettirgan rasmlardan bahramand bo'ldilar.
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram
@ikki_qalb_izdoshlari

#ona_tilim_faxrim
#oʻzbek_tilim_34_yil
📁Fargʻona shahridagi 52788-sonli harbiy qismda Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil toʻlganligi munosabati bilan “Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz asosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
📖Tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat hududiy boʻlinmasi aʼzolari, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiysi Oʻktamxon Soliyeva, ijod maktabining yosh ijodkor oʻquvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
🔖Tadbirda soʻzga chiqqanlar tilimiz haqida oʻzlarining iliq soʻzlarini aytishib, oʻz tilimizga erishishdagi mashaqqat va qiyinchiliklar toʻgʻrisida gapirib oʻtishdi.
✔️Tadbir yakunida bir qator ustoz shoirlar va ijodkor yoshlar harbiy qism komandirining tashakkunomalari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

AZIZ DOʻSTLARIM!
Rahmatli Erkin Vohidov siymosida ham ulugʻ Shoir, ham ulugʻ Inson mujassamlashgan edi. Bir xil odamlarning yonida yursang, xushboʻy atr hidini tuyasan. Bu yaxshi, Hazrati Paygʻambarimizdan sunnat. Erkin aka bilan suhbatlashganingda esa, oʻzingni jannatning xushboʻyini his qilgandek sezasan. Erkin aka bilan biz 1982-yili rahmatli Sarvar Azimovning topshirigʻi bilan “Yoshlik” jurnalini tashkil etdik. U kishi – bosh muharrir, men – masʼul kotib. Erkin aka kadrlar masalasini menga topshirdi. Men bir paytlar oʻzim 10 yil ishlagan afsonaviy “Guliston” jurnalining sobiq xodimlarini yigʻdim: Saʼdulla Siyoyev, Erkin Aʼzam, Xayriddin Sulton, Sulaymon Rahmon...
Kechalari soat 12 dan keyin, baʼzan undan ham kech uyga qaytardik. Erkin akani hamma yaxshi koʻrardi. Ajoyib va qizgʻin damlar edi... Nasib etsa, bu haqda xotiralarimda bafurja toʻxtalaman.
Hozir men ancha yillar avval yozilgan va menga ustoz maqomidagi buyuk shoirimizga bagʻishlangan sheʼrimni eʼtiboringizga havola etmoqchiman.
Iloyo, Tangrimning aziz bandasi Erkin akaning joyi jannatdan boʻlsin! Omiyn!
SHOIRLAR
(Erkin Vohidovga)
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Hayiqmay tutdik biz Taqdir qoʻlidan;
Yulduzlar junjikkan kechalarida
Lovullab qaytdik biz Somon Yoʻlidan.
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Tonggacha kezardi bizga hamqadam
Doʻstlarning ijara hujralarida
Ijara haqisiz yashagan olam.
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Sheʼr bilan shom qoʻndi, yorishdi osmon;
Mirtemir tashbehin injalarida
Yaqinlab kuyladi olis Turkiston.
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Biz tirik ishq boʻlib umrbod qoldik.
Bir qizning choʻgʻ kabi muchchilarida
Yigit yoshimizni kuydirib oldik.
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Bizni tark etmadi koʻsaklar oʻyi:
Dunyoning eng xushboʻy gʻunchalarida
Bu qadar oʻtkirmas Vatanning boʻyi!
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Angrayib moziyning Koʻkaldoshiga,
Bugun, shoʻx yoshlikdan andak narida,
Ne tong, biz qoqilsak xotir toshiga;
Toshkentning olchazor koʻchalarida
Qadrimiz goh qimmat, gohida arzon, –
Shu bedor zamonning mijjalarida
Bir ziyrak mardumdek yashaymiz hamon.
✍️ Abdulla Sher, Toshkent, 1985-yil

Telegram
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi

#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#amaliy_mashgʻulot
📁Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida
🔖Biologiya fani o‘qituvchisi Muhabbatxon Umarova tashabbusi bilan 8-sinf o‘quvchilariga Farg'ona viloyat Qizil Yarim Oy jamiyati favqulodda vaziyatlar bo'yicha 1-yordam treneri Muyassarxon Yusupova ishtirokida
📋“Suyaklar singanda, chiqqanda, pay cho'zilganda birinchi yordam ko'rsatish" borasida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.