Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.1K subscribers
14.2K photos
1.59K videos
59 files
4.72K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
👆👆👆Ushbu lokatsiya orqali ijod maktabini topib kelishingiz mumkin👆👆👆
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni_doirasida

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining faoliyatini, yaratilgan sharoitlarini, hayotini bilish va o‘rganish maqsadida

🔰Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘ining 1-sonli umumta’lim maktabidan bir guruh ijodkor o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

❇️Ijod maktabiga bo‘lgan sayohat yakunlangach, faollar zalida Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida Muhammad Yusuf she’rlari asosida mushoira o‘tkazildi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir o‘tkazildi.
#bizning_ijod

Muhammad Yusufga nazira
Mehringni yozmayman hech qachon
“Nega “deb so`rama faqat iltimos.
Kimdir she`rni o`qib havas-la seni,
Sevib qolishidan qo`rqaman xolos.

Gaplar, atrofdagi g`iybat o`tkinchi,
Axir bizni qo`llaydigan Haq mavjud.
Sezyapman har nafas kutayotganing,
Uchrashmoqchi bo`lsang manzil tahajjud.

Qo`y endi ularni o`ylama,
Odamlarga qo`ysang, nimalar demas.
Sen faqat hayotga muhabbat-la boq,
‘Sevish kerak…Yashash shart emas.”

✍️ Xushnoza Ahmadjonova
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
Forwarded from Mahmudxon Kuchkarov
#bizning_ijod

Muhammad Yusuf she’riga nazira
,,Uxlamaydi tunlari,
Oy nurlari taralgan.
O‘zbekning ayollari,
Farzand uchun yaralgan’’.

Kimlar oshiq bo’lmagan
So’zlagan har so‘ziga.
Uyalib qarolmaydi,
Begonaning ko‘ziga.

Ta‘zim qilar gullar ham
Oydan go‘zal yuziga.
Shundoq ham chiroylidir
Oro bermas o‘ziga.

Sovchi kelsa uyiga,
Chiqolmay xonasidan.
Hatto bir so‘z aytishga
Uyalar onasidan.

Kulganda chehrasidan
Yorqin nurlar taralgan.
O‘zbegim ayollari,
Iqbol uchun yaralgan.

✍️ Mohlaroyim Xayrullayeva
🏢 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Photo
"Oʻzbegim" koʻrsatuvining Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlangan soni 20⁰⁰ da "Fargʻona" telekanalida namoyish etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FARG`ONA_24____.26.04.2023 ___MUHAMMAD YUSUF TAVALUDIGA BAG`ISHLANGAN TADBIR
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Matbuot_anjumani

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, viloyatimiz ziyolilari hamda blogerlar!

Sizlarni 2023-yil 27-aprel kuni soat 13:00 da Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Bizning manzil: Marg'ilon shahar, Turkiston ko'chasi, 138-uy.

Mo'ljal: "Atlaschi" stadioni



🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanining ilk qismi press-tur boshlandi...