Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
197 subscribers
3.24K photos
695 videos
22 files
1.05K links
Olmaliq shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Natija
#Ijro

Murojaat javobsiz qolmaydi:
"Bizness klub" faoliyati yo'lga qo'yildi.

Deputatlar va rahbarlarning xalq bilan uchrashuvlari muntazam o'tkazilib kelishiga ko'pchiligimiz ko'nikib ham qoldik. Endilikda oldimiza turgan eng dolzarb masala o'sha uchrashuvlarda odamlar tomonidan bildirilgan takliflarni ro'yobga chiqarishdir. Joriy yilning kuni Olmaliq shahar Konchilik kasb-hunar kolleji o'quvchi-yoshlari taklifi bilan bo'lib o'tgan "Deputat va yoshlar" uchrashuvda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov mazkur kollejda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlardan iborat "Bizness klub" tashkil etish va klub a'zolarini tizimli ravishda bizness trenirlar va mutahassislarni jalb qilgan holda mahorat darslarini o'tkazib borilishida amaliy yordam berish bo'yicha va'da bergan edi. Deputatning bu boradagi so'rovini Respublika yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazining Toshkent viloyat bo'limi rahbariyati ham qo'llab-quvvatladi. Natijada Konchilik kasb-hunar kollejida mazkur sohaga qiziquvchi yoshlar uchun boshlang'ich motivatsion treninglar tashkil etildi. Kelishuvga ko'ra kollej ma'muriyati mazkur mahorat darsiga faqat qiziqqan-hoxish bildirgan yoshlarni jalb etdi. Kichik ouditoriyaga moslangan darsni katta majlislar zalida tashkil etishga majbur bo'lindi. Albatta bu birinchi safargi umumiy dars bo'lganligi uchun. Qolgan darslar esa, albatta kichik guruhlarda tashkil etiladi. Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi rahbari, bizness trenir Rustam Mannapov bir necha xorijiy davlatlarda, jumladan yaqindagina Germaniyada bo'lib qaytgan. Nemis yoshlarining bizness sohasidagi yutuqlari va intilishlari haqida ham o'rtoqlashdi. Seminarda yoshlar tomonidan biznesga doir umumiy yo'nalish beruvchi bir qancha savollarga javob berildi. Mazkur treningning yutuqli tomonida shundaki, yoshlar "Meni kim ishga olar ekan, deb emas, men qancha ish o'rni yarataman?" degan o'y bilan yashay boshladilar. Yakunda so'z olgan deputat, biz moliyaviy qiyinchiliklarga aksariyat holda o'zimizning aybimiz, ya'ni, boqimandalik fikri bilan yashashga o'rganib qolishimiz sababli duch kelamiz. Kezi kelganda katta-katta hovlimiz bo'sh turib, hokimdan yer so'rab kelamiz, tomorqamizdan yetarlicha foydalana olmaymiz, 5-10 ta qutida asalari olib boqish haqida, 4 ta qo'chqorni boquvga qo'yish haqida, bo'sh joylarga 4 qator terak ekib qo'yish haqida ko'p ham o'ylamaymiz, dedi. Qolaversa, biznessni boshlamoqchi bo'lgan inson avval kichik-kichik faoliyat bilan shug'illanib, asta sekinlik bilan uni rivojlantirib borishi maqsadga muvofiq ekanligi tafsiya etildi... Qiziqarli motivatsion o'yinlarga ham boy bo'ldi bu trening. Agar bu safar qatnasha olmagan bo'lsangiz, tashvish chekmang, klubga a'zolik uchun kollejning yoshlar yetakchisiga murojaat qiling. Keyingi mahorat darslarida qatnashishingiz mumkin. Unutmang, vaqti kelmaydi, vaqt faqat ketadi. Pul ham o'zi kelmaydi, uni izlab-ishlab topish kerak! Olmaliq yoshlari buni uddasidan chiqishiga "Deputat jamoasi" ishonadi👍
https://t.iss.one/ergash_abdurayimov💼
#Murojaat
#Ijro

Ismlari va suratlarini oshkor etishni yoqtirmayman

Bugun dilimdagi bir gapni aytib qo'ymoqchiman. Menga ishonch bildirgan saylovchilarim va boshqa fuqarolarimizdan katta va kichik hajmdagi muammo va masalalarni hal etish ustida ko'proq mashg'ul bo'lishni yaxshi ko'raman. Garchi, maosh olib ishlaydigan ishim boshqa bo'lsa ham. Ammo shu murojaatchilarimning ismi-sharifi va masalaning hal etilishi bo'yicha ish jarayonlaridan fotolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda ko'p ham oshkor etishni yoqtirmayman. Vaholanki, internet va OAV bilan yaxshi aloqada bo'lsam ham. Chunki, ular arzimagan murojaatimni hammaga jar solipti, deb mendan ranjib qolishmasin. Ammo hamma qatori deputat ham OAV da amalga oshirayotgan ishlari haqida ma'lumotlar berib bormasa, ko'pchilik bu deputat hech narsani qoil qilmadi, degan fikrga ham borib qolishi mumkin. Sih ham kabob ham kuymasin, deb fuqarolarimizning ismi-sharifini va suratlarini oshkor qilavermasdan masala haqida Sizlar bilan o'rtoqlashib borsam, degan fikrdaman. Agar, malol kelmasa bu bo'yicha o'z fikrlaringizni menga yo'llab qo'ysangiz hursand bo'lardim.

Fikr yo'llash 👉 @yoshlarorasida

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
#Murojaat Ilgari aytganimdek, menga bo'ladigan shaxsiy murojaatlarning deyarli hech birini OAV da oshkor qilmaslikka harakat qilaman. Ammo zamon talabi, qolaversa, deputatning xalq oldidagi xisobdorligi, degan tushunchalar ham bor ekan. Sizlarning ayrimlaringiz…
#Murojaat
#Ijro

Mazkur murojaat esingizdami? Bu yuzasidan qizimizni shahrdagi "Universe" o'quv markazi rahbari, shahardagi eng ko'zga ko'ringan tarix fani o'qituvchilaridan biri Otabek Abdullayev bepul o'qish uchun repititorlik kursiga qabul qilganligini aytgan edik. Endilikda ikkinchi masala, opamizni ishga joylash edi. Bu bo'yicha 5/3 dan saylangan deputat "Ammafos -maxam" AJ rahbari o'rinbosari Kozim aka Ibragimovdan yordam so'radim. Shaxsan nazoratiga olib, ijobiy hal etish uchun yozib oldilar. O'ylaymanki, tez orada bu bo'yicha ham Xushxabarni sizlarga yetkazaman. Oila a'zolarining salomatligini tibbiy jixatdan doimiy nazoratda ushlab turush bo'yicha shahar tibbiyot birlashmasiga deputatlik so'rovi yubordik.

P.S. Bitta-bittalab katta-katta muammolarni hal qilsa bo'ladi, shiorlarimizdan biri.😊

Ulanish👉@y_o_toshvil
#Murojaat
#Ijro

Shosh-Iloq ko'chasi aholisi minnatdor...

Men saylangan hudud, ya'ni, Olmaliq shahrining So'fi Olloyor MFY ga qarashli 20 okrug tarkibidagi Shosh-Iloq aylanma ko'chasida ichimlik suvi asosiy quvuri eskirib ketganligi uchun suv bosimi pasayib, honadonlarga suv chiqmay qolayotgan edi. Masalani deputatlik so'rovlari va ularning ijrosini doimiy nazoratga olish orqali ijobiy hal etdik. Hozir jarayon davom etmoqda. Suv quvuri "Suv ta'minoti" korxonasi mablag'lari hisobidan sotib olinib, o'rnatilmoqda. Masalani ijobiy hal etilishiga qadar korxona mas'ullari va "Suv ta'minoti" bo'yicha viloyat rahbari bilan bir necha bor muloqotlar olib borishga to'g'ri keldi. Jarayonda mas'ullarga "qattiq" gapirgan bo'lsak, aybga buyurmaysiz. Sal "bezbetroq" deputatmiz. Ahir bizga odamlar ishongan. Ishonchni esa yo'qotish niyatimiz yo'q. Jarayonlar haqida keyinroq yanada batafsil ma'lumotlarni berishga harakat qilaman.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov