Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
148 subscribers
2.42K photos
564 videos
21 files
867 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Munosabat

Aziz aka, mening qo'shnim bo'ladi. Haqiqatdan ham malibusi bor. To'g'ri, kreditlari bor. Ammo oylikni yaxshi oladi. Sababi, professional haydovchi. Bilib-bilmay gapirayotganlar, Prezidentga bor haqiqatni aytgan shafyorni yomonlamay ishini qilsin. Borni ko'rolmaydi, yo'q bo'lsa berolmaydi. Og'ziga elak tutolmayotganlar Olmaliqqa kelinglar, bir ko'rib ketasizlar. Nima sizningcha, Prezidentga men bechoraman, ochman, deyishi kerakmidi. Aziz aka shukrona qilib, tinmay ishlaydigan odam. Har holda boqimanda emas. Postimni tagidan yashirinib yozmoqchi bo'lganlar diqqatiga, mard bo'lib Olmaliqqa kelib Aziz akani sharoitini ko'rib ketinglar. Kerak bo'lsa undan ham zo'r mashina oladi. Lekin u mashinasi bilan emas shirindan shakar qizlarini boylik deb biladi. Moddiy hayoti bilan qiziqqanlari uchun rahbarga bor haqiqatni aytib javob qaytardi. Vaqtlar keladi, hamshira va o'qituvchilar, hokimiyatning oddiy mutahassislari, kerak bo'lsa bog'bonlar malibu oladi. Noshukur lar o'shanda ham berkinib, har xil g'iybatdan bo'shamaydi. Bekorchilarga mavzu topildi. O'zlaringga boshqa mavzu qidiringlar, bunisi o'xshamadi.

Janob Prezident, Sizga aytilgan gaplar hammasi haqiqat, ming shukur OKMK ishchilarini yetarli ta'minlab kelmoqda. Halol ishchilari oyligini o'ynab yesin, ular mexnat qilmoqda va shunga yarasha yashasin. Sizga katta rahmat ularni ruhlantirib g'ayrat baxsh etganingiz uchun!!!

Facebook👉https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=841636333383444&id=100026112545690

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
#ташаббус ⚡️Ёшлар ишлари агентлиги Олмалиқ шаҳар бўлимининг фаол ёшлари ташаббуси билан шаҳримизнинг "Олтин олма" хиёбонида "Тозалик челленжи" дея ном олган ҳашар ишлари ташкиллаштирилди. 📌 Ушбу челленж асосида ҳафтанинг ҳар шанба куни шаҳримизнинг барча…
#Munosabat

Yoshlar tashkiloti deganda faqatgina yordam beruvchi, imtiyoz beruvchi tuzilmani tushunilishi yaxshi tendensiya deb hisoblamayman. Yoshlar tashkiloti deganda biz yoshlarga ko'mak qo'lini cho'zish bilan birgalikda ularning o'zi uchun o'zi intilishga o'rgatadigan, fidoiylik, vatanparvarlikka safarbar qiladigan, ruhini ko'taradigan loyihalar uchun asosiy bayroqdor bo'luvchi institutni tasavvur qilishimiz kerak. Yoshlar ishlari agentligi shahar ozodaligini saqlash bo'yicha bir qarashda oddiy ammo juda kerakli #chellange bilan masalaning mana shu qirralariga nazar tashlamoqchi.

Yaqin davrlardan buyon Olmlaiq shahar Yoshlar parlamenti vakillar maktabining yolg'iz qariyalar uylarida xasahr tashkil qilishni odat qilganidan quvongan edik. Bu kabi ishlar kundalik ommaviy ishimizga aylanishi kerak. Biz yoshlar tarbiyasiga xizmat qiluvchi har qanday loyihangizni qo'llab-quvvatlashga va Siz bilan birga bo'lishga tayyormiz. Barakalla, Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo'limi!

Ergash Abdurayimov - Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri.

@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
#Тайинлов Қобулов Беҳзод Ўрмонжонович Тошкент вилояти ҳокимининг матбуот котиби – ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди 📌Беҳзод Қобулов 1984 йилда Наманган вилоятида туғилган, мутахассислиги журналист. Журналистика соҳаси…
#Munosabat

Qobulov viloyat hokimiga maslahatchi

Bir paytlari otam menga o'g'lim, qaysi kasbni tanlasang ham shu kasbning ustasi bo'lgin! degandilar. Shu sababli men ko'nglimga quloq solib o'qituvchilik kasbini tanlaganman. Alloh nazari va hayot taqozosi, xalq va davlat ishonchi bilan turli lavozimlarda ishlab kelyapman. Lekin bular lavozim. Lavozim o'tginchi bir jarayon. Lekin kasbim mening eng yaqin do'stim va doim men bilan. Har onda uning bag'riga uchib ketishga tayyor bo'lib yashayman. Shunday ekan o'z kasbining ustalariga hurmatim cheksiz. Chunki ular professionallar. Behzod Qobulov ana shunday qalami o'tkir, kasbi bilan yashaydigan, sohaning buguni va ertasi uchun joni "kuyadigan" fidoiylardan biri. Lavozimlar mana shunday soha fidoiylariga berilishi kerak. Viloyat hokimligi imidji uchun javobgar bo'lishdek o'ta katta masʼuliyat ishonib topshirilgani bilan qutlayman.

Ergash Abdurayimov - Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat.

@ergash_abdurayimov
#Munosabat

Ayrim fuqarolarimizdan ba'zi Yo'lovchi tashish transporti faoliyati bilan shug'illanuvchi yo'nalishli taksi xizmatlari (Damaslar) yo'l haqqini ko'p talab qilishayotgani bo'yicha murojaatlar kelib tushdi. Olmaliq shahar deputatlari bu masalani nazoratga olishdi. Deputatlik nazorati va o'rganish olib borib natijasi bo'yicha mas'ullar bilan muhokama qilinishini ma'lum qilamiz.

@ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ergash Abduraimov, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaati boʻyicha
munosabat bildirdi:

“Biz deputatlar ushbu murojaatdan soʻng oʻz oldimizga koʻp vazifalarni belgilab oldik”

Batafsil lavhada

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#Murojaat_bo'yicha
#Chiqindilar_bo'yicha

Men saylangan Temur Malik mahallasi hududidan chiqindilarni olib chiqib ketish bo'yicha kechikish bo'layotgani haqida murojaatlar bo'layapti.

Men mas'ullarga bu haqida xabar berdim. "Sihat salomatlik stroy" MCHJ tomonidan kamchiliklar tez orada bartaraf etiladigan bo'ldi.

👉Natijasini bo'yicha o'zgarish bo'lsa (bo'lmasa ham) bizga yozib yuborsangiz xursand bo'lardim.

@ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

KUN.UZ SAYTIDA EʼLON QILINGAN TANQIDIY MATERIAL YUZASIDAN

Kun.uz jurnalisti Shokir Sharipov jurnalist surishtiruvi oʻtkazib, unda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan fermer Bekzod Sheronovning yerini noqonuniy olib qoʻyilgani haqida xabar tarqatgan. Surishtiruv muallifi fermerning yeri Olmaliq shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivini qurish uchun joʻrttaga olib qoʻyilganini qayta-qayta taʼkidlaydi, mutasaddilar vaziyatga izoh bermaganiga urgʻu qaratadi. Xoʻsh, aslida vaziyat qanday?

Mazkur surishtiruv suratga olinayotganda Olmaliq shahri hokimi Qobil Hamdamov va boshqa mutasaddilar jurnalist Shokir Sharopov bilan uchrashishgan, intervyular berilgan. Ammo, jurnalist faqat bir tomonning fikri bilan internetda material eʼlon qilgan va holatga ishora qilib, inson, jamiyat haqida diniy-falsafiy xulosalar keltirib, jamoatchilikni chalgʻitishga uringan.

Jurnalist mazkur voqealar zanjirini har ikki gapning birida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga bogʻlaydi, aniq misollar keltirmaydi, faqat farazlarini bildirish bilan cheklanadi. Haqiqat shuki, Olmaliq shahrining bosh rejasi ishlab chiqilganda, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlamas edi.

Toshkent viloyati hokimligi mazkur jurnalist surishtiruvini noxolis axborot bilan omma fikrini chalgʻitish hamda tuhmat va haqoratdan iborat kontent, deb hisoblaydi, belgilangan tartibda huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM