Ergash Abdurayimov/ Olmaliq shahar hokimining o'rinbosari
171 subscribers
2.85K photos
652 videos
21 files
976 links
Olmaliq shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
ОКМКда илк бор соф палладий олинди

👉 https://qalampir.uz/n/22415

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Dam_olish_kunlaridan

Uzumini yegin, bog'ini surushtirma, deydilar. Lekin aytib qo'yaqolay Sobir aka Mahmudovning uzumzorida bo'ldik. O'g'limga uzumni yeyish bo'yicha master klass o'tdlar.👩‍🌾

P.S. Yurtimizga ko'z tegmasin.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Президент фармони билан Ўзбекистон Республикаси Ёшлар масалалари агентлиги ташкил этилди.

Ulanish👉@y_o_toshvil
Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Prezident Farmoni qabul qilindi.

🏢 Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

☑️ Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

🔎 Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

📋 Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

🌐 Dasturda, jumladan, O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.

♻️ Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar Agentlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali moliyalashtiriladi.

Ulanish👉@y_o_toshvil
Forwarded from Nodir Abduqodirov
⚡️ Янги агентликнинг ташкилий тузилмаси тасдиқланди

✍🏻 “Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”
Президент қарори қабул қилинди.

🏢 Қарор билан Ёшлар ишлари агентлигининг ташкилий тузилмаси тасдиқланди.

Агентлик томонидан бир қатор оммавий ахборот воситалари ва нашриётлари негизида акциядорлик жамияти шаклидаги “Yoshlar media xoldingi” ташкил этилади.

🤝 Давлат ва давлат улуши мавжуд бўлган ОТМнинг ёшлар билан ишлаш бўйича проректори лавозимига номзод
Агентлик билан келишилган ҳолда лавозимга тайинланади ва лавозимидан озод этилади.

❗️Ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга бевосита ёки билвосита таъсир қиладиган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг лойиҳалари Агентлик билан мажбурий равишда келишилади.

💼 Агентлик директори Бош вазир тақдимномасига асосан Президент томонидан лавозимга тайинланади ва лавозимидан озод этилади.

🔰 Мақоми, меҳнатга ҳақ тўлаш, моддий рағбатлантириш ва тиббий хизмат кўрсатиш шартларига кўра:

🔸 Агентлик директори – вазирга, унинг биринчи ўринбосари – вазирнинг биринчи ўринбосарига, ўринбосарлари – тегишли равишда вазир ўринбосарларига;

🔸 Агентликнинг марказий аппарати ходимлари – вазирликлар марказий аппарати, ҳудудий бўлинмалари ходимлари эса – вазирликлар ҳудудий бўлинмалари ходимларига тенглаштирилади.

♻️ Қарор билан шунингдек, Тошкент шаҳар “Ёшлар ижод саройи” қошидаги Ёшлар симфоник оркестри негизида Ўзбекистон давлат симфоник оркестри ташкил этилади ва амалдаги меҳнатга ҳақ тўлаш шартлари сақланиб қолган ҳолда Маданият вазирлиги тузилмасига ўтказилади.

➡️ Президент ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси қошидаги Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва истиқболли кадрларни тайёрлаш институти Агентлик тузилмасига ўтказилади.

⚠️ Институт асосий фаолияти ёшлар муаммоларини ўрганиш, мазкур йўналишда илмий ва таҳлилий тадқиқотлар ўтказиш ҳамда истиқболли ёш кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини оширишга йўналтирилган юридик шахс мақомига эга бўлган давлат муассасаси ҳисобланади.
🤷‍♂️ Қандай қилиб ўзини ўзи банд қилган шахс сифатида рўйхатдан ўтиш мумкин ?

Батафсил қўлланма билан👉 ТАНИШИНГ.

Каналга уланиш: 👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Siyosatchilar qaysi oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan?

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Қабул_2020

Тошкент давлат юридик университетининг Ихтисослаштирилган филиали Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти абитуриентларини 2020/2021 ўқув йили учун ҳужжат топширишга таклиф этади.

⚖️ Филиал Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш соҳасида Ички ишлар вазирлиги ва Миллий гвардия тизимига замонавий ва юқори малакали юридик кадрлар тайёрлаш мақсадида ташкил этилган.

💼 Филиалда “Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш” мутахассислиги бўйича олий юридик маълумотга эга бўлган кадрлар ҳам қайта тайёрланади.

🔰 Филиалда ўқиш:
• кундузги таълим шаклида;
• уч йил;
• давлат гранти асосида амалга оширилади.

🌐 Қабул қилинган ҳужжатлар бўйича ҳар кунлик маълумот Филиалнинг www.sbtsul.uz расмий веб-сайтида эълон қилиб борилади.

Эслатиб ўтамиз, Филиал дипломи ички ишлар органларига Ички ишлар вазирлиги Академиясида махсус касбий тайёргарликни ўтмасдан, “лейтенант” махсус унвони берилган ҳолда хизматга қабул қилиш учун асос бўлади.

Филиалнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари:
👉 Телеграм канали: @tdyu_ixtisoslashtirilgan_filiali
👉 Facebook: https://fb.com/sbtsul
👉 Савол-жавоблар учун телеграм-бот: @sbtsulfikrbot

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/toshvilpressa

Web-site| Facebook| Instagram|Telegram
Kaminaning deputatlik faoliyati Xalq demokratik partiyasi Markaziy (Respublika) Kengashi tomonidan "Eng faol yosh deputat" sifatida e'tirof etildi. Ishonchni oqlash yo'lida davom etamiz. Katta rahmat!

P.S. Marosim onlayn tarzda o'tganligi sababli mazkur hujjat Toshkent shahridan yuboriladigan bo'ldi. Suratda viloyat Kengash raisi Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna va yosh deputatlar. Niqoblarni surat uchun yechib turdik.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Биласизми

Давлат органига мурожаат қилиш тартиби

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Ғалла_2020

⚡️Тошкент вилояти ғаллакорлари бугун давлат эҳтиёжларига дон сотиш шартномавий режасини бажарди

📝Жорий йилда давлатга 350 минг 148 тонна, шундан 320 минг 323 тонна товар дон, 29 минг 425 тонна уруғлик дон топширишни режа қилган эди.

📌Мавсум бошидан 2 минг 697 та фермер хўжаликлари томонидан 116 минг 100 гектар сувли майдонларда ғалла парваришланиб, давлат омборларига 350 минг тоннадан ортиқ сифатли дон етказиб берилди. Шартнома шартларини 103 фоизга бажаришга эришишди.

📊Шартнома режасининг қисқа кунларда ортиғи билан бажарилишида Ўрта Чирчиқ, Юқори Чирчиқ, Қуйи Чирчиқ, Тошкент туманиларининг деҳқон ва фермер хўжаликлари жонбозлик кўрсатдилар.

Ulanish👉@ergash_abdurayimov
Olmaliq shahridagi tibbiyot xodimida koronavirus aniqlandi.

Batafsil — https://dy.uz/jBsxo

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
📌 Magistraturaning turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha sharh

2019-yil 17-iyundagi Prezident qarori bilan ushbu o‘zgarish rasman tasdiqlandi.

Endi o‘z-o‘zidan savollar ko‘payishi tabiiy. Bu ro‘yxat nimani anglatadi? Bu ro‘yxatda yo‘q yo‘nalishlar bilan endi nima bo‘ladi? Falonchi yo‘nalishdan pistonchiga topshira olamanmi? Pistonchidan falonchigachi?

Shu masalaga oydinlik kiritamiz. Aslida barchasi juda oddiy va sodda.

Yuqoridagi ro‘yxatda 6 ta guruh berilgan. Biz ularni umumiy qilib qo‘yidagicha guruhlarga ajratimiz:
1) sport;
2) musiqa;
3) tasviriy san’at;
4) san’atshunoslik;
5) texnogen san’at;
6) sog‘liqni saqlash.

Mana shu yuqoridagi 6 ta guruhda turdosh ta’lim yo‘nalishlari uchun qat’iy cheklov bor, bundan chiqish mumkin emas.

Bundan tashqari yana 6 ta alohida nomdagi yo‘nalishlar sanalgan, bular:

1) “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”;
2) “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”;
3) “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”;
4) “Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)”;
5) “Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)”;
6) “Veterinariya”.

Ushbu 6 ta yo‘nalishga ham cheklov bor, ular faqat o‘zlariga mos yo‘nalish bo‘yicha magistraturaga hujjat topshira oladi xolos. Ya’ni “Dirijyorlik” faqat “Dirijyorlik”ka, “Veterinariya” faqat “Veterinariya”ga va h.k.

Shu joyigacha tushunarlimi? Demak, xulosa qilamiz: yuqorida faqat cheklov qo‘yiladigan yo‘nalishlar nomi sanalgan.

Ana endi asosiy qismiga yetib keldik. Bu ro‘yxatda yo‘q yo‘nalishlar bilan nima bo‘ladi?

JAVOB: yuqorida nomi tilga olinmagan ta’lim yo‘nalishlari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega. Ya’ni hech qanaqa cheklov yo‘q.

Matematikani tugatgan yurisprudensiyaga topshira oladi.
Fizikani tugatgan jurnalistikaga topshira oladi.
Filologiyani tugatgan neft-gazga topshira oladi.
Irrigasiyani tugatgan xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga topshira oladi.

Yana bir joyi. Hov, tepadagi cheklovlar ro‘yxati bor ediku. O‘sha ro‘yxat faqat "kirish" uchun cheklov. "Chiqish" uchun esa cheklov yo‘q. Masalan, tibbiyotni tugatgan yurisprudensiyaga topshira oladi, lekin yurisprudensiyani tugatgan tibbiyotga topshirolmaydi. Yoki san’atni tugatgan iqtisodga topshira oladi, iqtisodni tugatgan san’atga topshira olmaydi. Va h.k.

Faqat yana kichkinagina cheklov bor. Agar qaysidir magistratura mutaxassisligi uchun maqsadli qabul ajratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsadli qabulga faqat turdosh yo‘nalishni bitirganlar topshira oladi, boshqalar da’vogarlik qila olmaydi. Ammo bu arzimagan cheklov.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#E'lon

Ijaraga kvartira bor. Oydinda. 2 xonali so'raganlarga aytvoringlar. Tel: 944158840.

P.S. Kimningdur mushkuli oson bo'lsa biz hursand.😊 Aytgancha e'lonni to'g'riligi uchun e'lon beruvchining o'zlari mas'ul.

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
#Munosabat
#So'rov

Ijtimoiy tarmoqlarda Covid19 ga topshirilgan test natijalari musbat chiqqan Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi xodimi va uning yaqin qarindoshlari, qolaversa, u bilan yaqin muloqotda bo'lgan deya tayyorlangan hujjat namunasi tarqaldi.

Shahar deputati sifatida shahar IIB dan bu hujjatlarning qanchalik to'g'riligi hususida rasmiy axborot berishini so'rayman. Bordiyu, bu ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa, nima uchun shaxsning obro'si, qadr-qimmati bilan bog'liq hujjat bunday tarzda ommaga chiqib ketdi? Agarda, bu hujjatlar noto'g'ri va asossiz bo'lsa, rasman bu haqda ma'lum qiling va hujjatlardagi insonlarning obro'sini saqlab qoling.

Javobini kutamiz!

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
😷Aziz mahalladoshlar!

Bugundan boshlab karantin talablari yana kuchaytirilgani yodingizdan chiqmasin. Zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqishdan saqlaning va o'zgalar bilan yaqin muloqotdan saqlaning. Karantin qoidalariga rioya qilish jarimadan saqlanish uchun emas, hayotimizdan ko'rinmas yovdan saqlash uchundir!

Ulanish👉@ergash_abdurayimov