Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
155 subscribers
2.44K photos
577 videos
21 files
876 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#Xushxabar
#Sport

Deputatlarimiz Respublika final bosqichiga chiqdi

Xabaringiz bor, deputatlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan e'lon qilingan "Parlament o'yinlari" sport musobaqalari o'tkazilmoqda. Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlaridan iborat "Olmaliq deputatlari" jamoasining minifutbol bo'yicha Toshkent viloyatida birinchilikni qo'lga kiritgani va Respublika mintaqaviy bosqichiga yo'llanma olgani haqida xabar bergan edik.

Bugun deputatlarimiz Toshkent shahridan g'oliblikni qo'lga kiritgan Olmazor tumani deputatlari bilan bellashdilar. Uchrashuv 4:2 xisobida shahrimiz deputatlari g'alabasi bilan yakun topdi.

Endi jamoamiz Respublika final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Biz, Respublika final bosqichida deputatlarimizga omad tilaymiz.

@olmaliq_deputatlari
"Солиқ тўламаётганлар бизга дўст эмас".

Давлат раҳбари очиқ рақобатдан, солиқ тўлашдан қочаётган бизнес ҳақида.

@ergash_abdurayimov
#Murojaat
#Natija

Murojaat: Olmaliq shahar "Ramazon" mahallasi Manguberdi 2-tor ko'chasida yashovchi nuroniylar nomidan fuqaro P.M. ko'chaning eskirgan - ishlamayotgan chiroqlari o'rniga yangisini o'rnatib berishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

Natija: Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati E.Abdurayimov va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i Q.Rahimovlar ko'magida murojaat ijobiy hal etib berildi.

Shiorimiz: Katta muammolar ham kichik qadamlar bilan hal etiladi!✍️

https://t.iss.one/olmaliq_murojaat_yechim
#Bir_murojaat_izidan
#Hududlarda

Murojaatlar o'rganildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Farhodbek Umarov, Ergash Abdurayimov va deputat Ravshan Siddiqovlar shahar Tibbiyot birlashmasi, shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi, mahalla fuqarolar yig'inlari vakillarini jalb qilgan holda shahrimizdagi bir nechta mahallalarda bo'lib, deputatlarga yuklatilgan fuqarolar murojaatlarini o'rgandilar va murojaatlarni hal etish bo'yicha aniq vazifalar va muddatlarni belgiladilar.

@olmaliq_deputatlari
1970 йилда очликдан нобуд бўлаётган қутб айиқларига егулик ташиган одам... Унинг оёқларига ёпишиб олган айиқчага қаранг!
Одам ўғли мана шундай бўлади!

@ergash_abdurayimov
#Hududlarda
#Uy_joy

Deputatlar 16 qavatli uylardagi sharoitlar bilan tanishdi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari shahrimizning "Uvaysiy" mahallasi Ulug'bek ko'chasida yangi barpo etilgan 16 qavatli uylarning shart-sharoitlari, narx-navosi, sotib olish shartlari, rasmiylashtirishda aholiga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

@olmaliq_deputatlari