Forwarded from Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
Ёшлар парламенти вакиллари билан биринчи машғулот ўтказилди
🔺Унда "Олий Мажлис Сенати фаолиятининг ҳуқуқий асослари ҳамда таркибини шакллантириш тартиби" мавзуси доирасида Давлат ҳокимиятининг бўлиниш принсиплари, Қонун чиқарувчи, Ижро этувчи ва Суд ҳокимиятининг вазифалари ҳақида сўз борди.
🔸Қолаверса, илк дарс машғулотида вакиллар мактаби аъзолари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутатлари ва уларнинг доимий комиссиялари ҳақида ҳам батафсил маълумотга эга бўлдилар.
🔹Қизғин савол-жавоблар тарзида ўтган машғулотнинг илк кунидаёқ ёшлар бир жамоа бўлиб шакллана бошладилар.
@olmaliq_deputatlari

#Saboqlarim
Hamma kambag'al ham "farishta" emas. Hamma boy ham o'g'ri va mutahham emas.
Hamma ishsiz ham halolu, hamma mansabdor ham poraxo'r, yulg'ich emas.
@ergash_abdurayimov

#Shaxsiy_Munosabat
Yozishlaricha yaqinda "Humo" arenada TIKTOK ning "alvastilari" konserti bo'larkan.
Biz shuning uchun qurganmidik, bu saroyni. To'g'risi tashkilotchilari kimligini bilmayman, lekin juda xafa bo'ldim. Deputat sifatida ham, o'zbekning oddiy bolasi sifatida ham. Qonun buzganga jazo bor. Ma'naviyatni qastdan buzayotganlarga jazo yo'q. Shavkat Miromonovich 30-iyunda nima dedilar, ma'ruzlarini qayta-qayta ko'ringlar. Bular nima qilyapti, ataylab teskari ish qilyapti. Ortiqxo'jayevgaku..., Madaniyat vaziri Ozodbek akaga nima jin tegdi?
Bolalaringni ehtiyot qil, O'zbekiston, bizni hoxlagan ishimizni qilishga tashlab qo'yma, jarga ketayotgan bo'lsak ham bu "erkinlik" deyaberma, iltimos.
Hullas, boshqa gapim yo'q.
E.Abdurayimov - Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati.

Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Photo
#Kun_Hikmati
Сукут сақлашим одобимдандир. Ҳар сўзга берадиган жавобим бор. Лекин бир сўзга қарайман, сўзми дея. Яна бир сўзлаётганга қарайман, одамми дея...
✍️Жалолиддин Румий

Konsert o'tkazilmaydigan bo'lipti. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.
@ergash_abdurayimov
@ergash_abdurayimov
Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
Konsert o'tkazilmaydigan bo'lipti. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov o'zining telegram kanalida ma'lum qildi. @ergash_abdurayimov
Madaniyat vazirligi "Bu bizning tadbirimiz emas, mahalliy hokimliklar mas'ul" tarzidagi rasmiy munosabat beripti.
Tuyaqush boshini qum ostiga tiqib olarkanda, meni hech kim ko'rmayapti, der ekan.
Hullas, vazirlik fikricha hokimiyat aybdor ekan, bu degani Ortiqxo'jayev, degani.
U kishini shioriku bizga ma'lum😂 Ha, mayli har tugul jamoatchilik fikri inobatga olinipti.

O'g'lim Yusufga ikkimizga o'z xonangga yonma-yon qilib joy sol birga uxlaymiz, dedim. (Mustaqil bo'lsin, deb o'yinchoqlarni ham o'zlaringiz yig'inglar deymanda odatda.) Kirsam, menga 4 qavat, o'ziga 2 qavat qilib joy solgan. Nega bunday qilding, dedim. Bitta ortiqcha ko'rpacha bor ekan, buni o'zimga solsam sizga past bo'lib qolardi deydi.🥺
Bog'cha bolasi bo'lgan o'g'limga bunday fikr qayerdan keldi. Shu qarorga keldimki, bola Allohdan Otaga hurmat, Onaga muhabbat ruhida tug'iladi. Ularni e'zozlash qonida bor. Ruhida mujassam. Bilibmi, bilmaymi ota-onasini ardoqlaydi.
Ammo Allohdan farzandga berilgan mana shu buyuk tuyg'ularni keyinchalik saqlab qola olmasak, bunga farzandning emas, bizning xatoyimiz kattaligi sabab bo'ladi.
Xudoyim, dilbandimizga shunday mehr-muhabbatni, farosatni ato etganing uchun behisob shukrlar bo'lsin!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oлтинга тенг маслаҳат: «Агар дўстларингиз миллионер бўлса, сиз ҳам тез орада миллионер бўласиз. Аҳмоқлар билан дўстлашсангиз, сиз ҳам улардан бири бўласиз».
Дўстлар танлашда ҳеч қачон адашманг!
@ergash_abdurayimov
Дўстлар танлашда ҳеч қачон адашманг!
@ergash_abdurayimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyaning kuchi fuqarolarning unga qanchalik rioya qilishi va hurmat qilishi bilan nomoyon bo'ladi. Bugungi bayramda barchamizning qonunlari hurmat qilinadigan, huquqiy madaniyati yuksak jamiyatda yashash orzuimiz amalga oshishini tilayman!
Bu esa avvalo o'zimizga bog'liq!
@ergash_abdurayimov
Bu esa avvalo o'zimizga bog'liq!
@ergash_abdurayimov
#Shaxsiy_munosabat
Shaxsiy munosabat: OZODBEKNING DO'PPISIGA OSILMANGLAR!
O'zi bir ishni qoil qilmaydigan bekorchilar, endi Madaniyat vazirligining tashabbusini tanqid qilishga o'tdilar. Bu kalta o'ylaganlar, kanalida obunachilarini ko'paytirish, nima bo'lsa ham tashabbusni beliga tepish bilan shug'illanadiganlar o'zi millat uchun bir amaliy yumush qilmaydi, qilganni tepkilaydi.
Eng yomoni bu tashabbusning ustidan kulganlar, aslida shu orqali jamiyatda milliylikni yana yerga urishga hissa qo'shyapti. Endi do'ppini ko'rgan yoshlar nima deydi, kiysam Ozodbekka o'xshab tanqid bo'laman, kulguga qolaman, deydimi?
Muhammad Yusuf allaqachon shunday kimsalar haqida o'z so'zini aytib ketgan:
Do'ppim otamdan yodgor edi,
Sandiqlarga otdim uni men.
Ikki pulga sotdim, uni men,
Zamon yomon zamon tor edi.
...Ho'sh endichi, dersiz nima g'ov,
Do'ppim boshga o'rnashmagandek.
To'nim belga yarashmagandek,
Kiysam kulayotgandek birov.
Tarmoqlardan sizdirilgan g'iybatlar butun xalqning fikri emas...Muhokamaga boshqa mavzu topa olmagan, boshqa mavzularga aqli yetmagan, aqli yetsa ham zarracha o'zgarish qilishga amaliy hissa qo'sha olmaydiganlar uchun bayram kunidagi bekorchilik qissasi. Boshqa muhim mavzularga o'ting. Qisqasi, hohlasa kiyadi, hoxlasa yechadi. Qo'llaringizdan kelsa qo'llab-quvvatlang, qo'lingizdan kelmasa chetdan g'iybatni sizdirmanglar.
Ozodbekning do'ppisiga osilmanglar, o'zbekning do'ppisiga osilmanglar, bizning do'ppimizga osilmanglar!
Ergash Abdurayimov.