Экспортни рағбатлантириш агентлиги*Агентство продвижения экспорта*Export promotion agency
648 subscribers
541 photos
24 videos
11 files
317 links
Последние новости и события в области экспорта Узбекистана
Подписка на канал https://t.iss.one/epauzb
Веб сайт: www.epauzb.uz
Fb: www.facebook.com/Exportpromotionagency
https://www.instagram.com/epauzb_uz
Для сотрудничества @UZEPA
Те
Download Telegram
Eksportni rag‘batlantirish agentligi beg’ubor, sofdil, jonkuyar, ko‘ngilchan va qat’iyatli, go‘zal hamda betakror ayollarimizni 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaydi!

Ayolni e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat!

Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, ulug' va ezgu maqsadlaringiz yo'lida hech qachon tolmang.

Bayramingiz muborak bo'lsin aziz va muhtaram ayollar!


Facebook | Instagram | Telegram | Site
O‘zbekiston Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida “INTERTKAN 2023. VESNA”

O‘zbekiston kompaniyalari Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida “Intertkan 2023. VESNA” mato va to‘qimachilik materiallari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Tadbir 13-15 mart kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, Moskvadagi “Expocentre” ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram | Site
"CAF Textile 2023" Xalqaro moda ko'rgazmasi

Shu
kunlarda Olmaota shahrida “Central Asia Fashion 2023” xalqaro moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ko'rgazma Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yorqin va manfaatli moda ko'rgazmalaridan biridir.

“Central Asia Fashion” – Oʻzbekiston kompaniyalari uchun oʻz mahsulotlarini tanishtirish va ularni saralangan professional auditoriya -fashion riteylerlar, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasi xaridorlariga namoyish etish imkoniyati bilan biznes aloqalarni oʻrnatish uchun noyob platformadir.

Facebook | Instagram | Telegram | Site
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi yurtdoshlarimizni Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi.

Sizga cheksiz quvonch, baxt-saodat, omad, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

Navro'z sizga bahor quyoshi va iliq kunlar, o’zi bilan birga omad va farovonlik olib kelsin.

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
"Istanbul Jewelry Show 2023" хalqaro zargarlik buyumlari ko'rgazmasida О‘zbekistonlik zargarlarning debyut ishtiroki

Istanbul Jewelry Show – xalqaro zargarlik hamjamiyati va soha mutaxassislari orasida keng qamrovli tadbir sifatida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar soni tobora ortib borayotgan ushbu ko‘rgazma dunyoda jadal suratda rivojlanayotgan mintaqada noyob biznes muhitini yaratdi.

16-martdan 19-martgacha Istanbul shahrida o‘tkazilgan “Istanbul Jewelry Show 2023” xalqaro zargarlik buyumlari ko‘rgazmasida O‘zbekiston zargarlari ilk bor ishtirok etishdi.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonning 5ta kompaniyasi ko‘rgazmada o‘zbek zargarlarining nozik did va iste’dodini namoyish etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan nafis zargarlik buyumlari tashrif buyuruvchilar qalbida yaxshi taasurot qoldirib, davlarlararo savdo-sotiqni rivojlantirishga xizmat qildi.

Подробнее
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
13-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–2-son Farmoniga asosan Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv - trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi moliyalashtirish krеditlari uchun ajratiladigan moliyaviy rеsurslar bo'yicha ma'lumot

___________________________

Информация о финансовых средствах, выделенных Агентством продвижения экспорта на предэкспортное кредитование предприятий, экспортирующих ткани, трикотажные полотна и готовые швейно-трикотажные продукции на основании Указа Президента Республики Узбекистан от 13.01.2023 г. № УП-2 «О мерах по поддержке деятельности хлопково-текстильных кластеров, коренному реформированию текстильной и швейно-трикотажной промышленности, а также дальнейшему повышению экспортного потенциала сферы»
27-29 mart kunlari Janubiy Koreyada “Mo‘yna va charm-2023 xalqaro ko‘rgazmasi” (International Fur and Leather Expo-2023) bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyada hashamdor moda tobora ilgarilab bormoqda va bu borada o‘zining o‘sish alomatlarini ko'rsatyapti. Hashamatli mahsulotlar bozori xalqaro kompaniyalar e’tiborini shu kabi ko‘rgazmalarda ishtirok etishga qaratmoqda va qisqa vaqt ichida Osiyo mintaqasida o‘ziga xos trendlarni yaratmoqda. Seul mana shunday keng qamrovli tadbir uchun eng ideal markazga aylandi.

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi koʻmagida koʻrgazmada Oʻzbekistondan bir necha korxonalar ishtirok etib, qorako‘l, moʻyna va jundan tayyorlangan mahsulotlarni muvaffaqiyatli namoyish etdi va oʻzaro hamkorlik uchrashuvlarini oʻtkazdi. Shuningdek, ular moda sanoati mutaxassislaridan xorijiy bozorlar haqida to‘liq ma’lumot olib, dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan mo‘yna va charm mahsulotlaridan qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdilar hamda foydali hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Agentlik tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga taqdim etiladigan moliyaviy yordamlaridan foydalanganmisiz?
Anonymous Poll
47%
Ha
53%
Yoʻq
Agentlikning ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha fikringiz?
Anonymous Poll
37%
Aʼlo
27%
Yaxshi
36%
Qoniqarli
Agentlikning ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha takliflaringiz mavjudmi?
Anonymous Poll
55%
Ha
45%
Yoʻq
2023 yil 29 martdan 2 aprelgacha Vengriya poytaxti Budapesht shahrida “Hungarotherm-2023” elektrotexnika mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Hungarotherm ko‘rgazmasida kompaniyalar o‘zlarining konditsionerlik, sanitexnika, ventilyatsiya tizimi, quvur, nasos, filtrlash texnologiyalari, issiqlik almashtirgich va shu kabi sohalardagi eng so‘nggi mahsulotlarini namoyish etdilar.

Mazkur tadbirda Eksportni rag'batlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va yangi sanoat korxonalari ishtirok etib, elektrotexnika sohasining rivojlanish tendensiyalari, tizimli yechimlari va uskunalarini taqdim etishdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z mahsulotlarining savdo geografiyasini kengaytirib, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, ko‘rgazma maydonida bevosita muzokaralar olib borish, potentsial xaridorlarga mahsulotlari, texnologiyalari va yangi ishlanmalarini namoyish etish imkoniga ega bo'ldilar.