❇️Ellikqal’a kasb hunar maktabi faoliyatiga bir nazar...

⚡️O‘zbekiston-yoshlar mamlakati

⚡️Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Biz ijodiy jamoamiz bilan Sarabiy ovul fuqarolar yig‘inidagi Ellikqal'a tuman kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdik. Biz guvohi bo‘ldik-ki bu yerda yoshlarimizning o‘z qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
❇️Zamon talablari darajasida ta'mirlangan maktabda hozirgi kunda 505 nafar o‘quvchi ta'lim olib kelmoqda, ularga umumta'lim fanlardan 25 nafar, kasbiy maxsus fanlardan 8 nafar o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta'lim ustalari tomonidan saboq berilmoqda.Kasb-hunar maktabida 28 yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan. Maktabda o‘quvchilarning amaliyot ishlashi uchun tajriba ustaxonalari mavjud. Bundan tashqari Issiqxona va parnik xo‘jaligi lobaranti yo‘nalishida taxsil oluvchi o‘quvchilar o‘quv amaliyotini samarali o‘tkazish uchun 3 sotix yerda issiqxona tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda quyonchilik, qo‘ychilik va intensiv baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.