#live

Ellikqal’a tumanida "Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivali o'tkazilmoqda.

Bugun Ellikqal'a tumanida   Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻ Kengesi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Ellikqal’a tumani hokimligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilindi. 

Mazkur festival mamlakatimiz, shu jumladan Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qoʻshni mamlakatlardan turizm boʻyicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Qoraqalpogʻiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Ellikqal’a tuman hokimligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, TDIU Toʻrtkoʻl fakulteti vakillari va yoshlar ishtirok etmoqda.

"Sahro sadosi" yoshlar festivalini Ellikqal'a tumani hokimi V.B. Niyazimbetov ochib berdi. Shundan so'ng festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar ayni vaqtda oʻtkazilmoqda.

Festival ikki kun davom qilishi rejalashtirilgan.

Web sayt | 🟣 Telegram | 🔵 Facebook  | 🟠 Instagram | 🔴 You Tube
Forwarded from TSUE-TDIU
#Sahro_sadosi
#Karakalpakstan #Live

"Sahro sadosi" yoshlar festivaliga start berildi. Bugun erta tongdan Ellikqal'a tumanidagi Yoshlar san’at saroyida barcha ishtirokchilar jamul-jam boʻldi. Festivalni Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Shundan soʻng xorijlik mehmonlar tomonidan festival doirasida Qoraqalpogʻiston turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar oʻtkazilmoqda.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sahro_sadosi
#Karakalpakstan

Annamaria Kardum, Yevropa ittifoqining Toshkentdagi Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassisi:

“Men 3 yildan buyon Oʻzbekistonda yashayman. Va shunday xulosaga keldimki, bu mamlakat tinchligining oʻzi bu - brend. Ana shu brend ostida siz turizm sohasida koʻp ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Sababi turistlar Oʻzbekistonda oʻzlarini xavfsiz va erkin his etishadi.

Turizm bu - faqat dengiz va okeanlar degani emas. Qoraqalpogʻistondagi choʻllar juda noyob va qadrli. Mana shu choʻllarning oʻzi turistlarni jalb qilish omili, deya olaman. Orol dengizining qurigan qismi ham juda uzoq tarixdan soʻzlaydi. Hozirgi kunda butun dunyo bunga qiziqish bildirmoqda”


Web sayt | 🟣 Telegram | 🔵 Facebook  | 🟠 Instagram | 🔴 You Tube
Forwarded from TSUE-TDIU
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sahro_sadosi
#Karakalpakstan #Live

"Sahro sadosi" yoshlar festivalida turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar oʻtkazilmoqda.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TSUE-TDIU
#Sahro_sadosi
#Karakalpakstan #Live

Anita Sethi,
Marketolog, turizm bo'yicha mutaxassis (Hindiston):


“Qoraqalpogʻiston turistik jihatdan maftunkor oʻlka. Ayniqsa, milliy taomlari mazali va sogʻliq uchun foydali. Ammo bu oʻlkaga keladigan turistlarning ma’lum qismi vegetarianlar boʻlishini ham hisobga olinsa, maqsadga muvofiq boʻladi, deb oʻylayman.

Sizlarga turizmi qisqa fursatda rivojlangan Gujaratdagi choʻl haqida gapirib bermoqchiman. Gujaratda uzoq yillardan buyon foydalanilmaydigan tuz choʻli bor edi. Uni turistlar uchun tibbiyot maskaniga aylantirildi va hozirda yiliga 700 mingdan ziyod turist tashrif buyuradi. Aholi esa 2-3 oylik mavsumda ishlab topgan puliga yil davomida yashay oladi. Oʻzbekistonda ham shunday joylar bor va ulardan unumli foydalanishni taklif qilgan boʻlardim”

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sahro_sadosi


"Sahro sadosi" yoshlar festivali doirasidagi tadbirlar Tuproqqal’a tarixiy yodgorligida davom etmoqda

Bu yerda festival ishtirokchilari tarixiy ma’lumotlar olish barobarida rasm chizish koʻrik-tanlovida ham qatnashdilar. Suratlarda asosan Ellikqal'aning diqqatga sazovor tarixiy joylari aks etadi.
#Sahro_sadosi
#Ellikqal'a

Festival doirasida oʻtkaziladigan “Baliqdan 99 xil taom”, sport oʻyinlari va konsert dasturiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.