Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.01K subscribers
12K photos
1.17K videos
6 files
4.65K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda  Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani "3-nasos daryo boʻyi"da baliqlar — qayiqlarda baliqchi brakonerlar tomonidan elektr toki bilan qirib tashlanayotganligi  toʻgʻrisida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Sirdaryo viloyati  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida muntazam ravishda viloyatning barcha hududlarida noqonuniy ov qilishni oldini olishga qaratilgan doimiy reyd tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 3 iyun kuni oʻtkazilgan nazorat reyd jarayonida janubiy Mirzachoʻl  kanalidan  2 nafar shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq yordamida jami 5 turdagi 53 dona baliqlarini  ovlayotgan joyida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Ushbu noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga  60 million 520 ming soʻm  zarar yetkazilganligi aniqlanib, holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.

Aynan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani  hududidan va Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtuvchi "Sirdaryo" daryosidan 6 nafar shaxslar tomonidan 3 dona rezina qayiq yordamida baliq ovlaganlik holati oʻrganilganda, mazkur sodir etilgan holat vaqti aniq boʻlmaganligi, (Tasvirda koʻrsatilgan joydagi daryo suvi oqimi bugungi kunda pastligi) baliq ovlayotgan fuqarolarning shaxslari aniq boʻlmaganligi sababli, hozirda sohaga oid surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tezkor ishchi guruh tomonidan  "Sirdaryo" daryosida noqonuniy baliq ovlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni aniqlash hamda ularga tegishli choralar koʻrish maqsadida bugungi kunda nazorat reyd jarayonlari davom etmoqda.

Olib borilayotgan nazorat reyd tadbirlari natijasida aniqlangan xar bir huquqbuzarlik holatlari yuzasidan kelgusida maʼlumotlar taqdim etilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Tungi reyd tadbirlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Sirdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan hududlarda noqonuniy qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 3-iyul kuni tunda Guliston tumani hududida oʻtkazilgan reyd tadbirida 2 nafar fuqarolar  noqonuniy ravishda qum-shagʻal mahsulotlarini ortish, tashish va sotish bilan shugʻullanayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olinib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, har bir huquqbuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan, jami 10 million 200 ming soʻm jarima qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz

Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.

Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___

🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot

Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.

Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.

@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

📱Facebook
#Siyosiy_maʼrifat soati

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari  navbatdagi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʼrifat soati” da ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Tadbir

Daraxtga nafas bering
Daraxtlarga mehr bermoq, ularni parvarishlamoq eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Daraxtlar hayotimizda muhim rol oʻynaydi: ular karbonat angidridni biz nafas oluvchi kislorodga aylantirib beradi, issiq kunda salqinlikni hadya etadi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda daraxtlarning tanasiga shikast yetkazayotgan har xil turdagi reklama bannerlari, yonuvchi maxsus yoritish moslamalari va ildiz qismi beton va asfalt qoplamalarini olib tashlash hamda daraxtlarni sugʻorish va parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun Guliston shahar boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan Guliston shahar "Shodlik" MFY hududidagi 14 dona koʻp yillik daraxtlarning ildiz qismi beton qoplamadan tozalandi hamda daraxtlarni sugʻorish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Sirdaryoda 6 oyda 1497  nafar huquqbuzarlarga 2mlrd 108 million 259 ming soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zarar qoʻllanildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 6 oy davomida hududlarda oʻtkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 1497 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan 2mlrd 108 million 259 ming soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zarar qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqbuzarlik holati aniqlandi

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Yer maydoniga oʻt qoʻyib yuborildi

🟢Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining Oqoltin tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan tuman hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

⚡️Tadbir davomida tumanning “U.Nosir” SIU hududidagi  "Risboy ogʻli Ashraf" fermer xoʻjaligi  ishchisi fuqaro S.A tomonidan ikkinchi ekin maqsadida gʻalladan boʻshagan 1 gektar yer maydonidagi somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborganlik holati aniqlandi.

⚡️Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzar sodir etgan fuqaro S.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 20 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 2 million 193 ming soʻm etib belgilandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#murojaat

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga "Namuna" MFY  hududiga maxsus suyuq chiqindi tashuvchi avtotransport vositasida suyuq chiqindi toʻkayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi

Oʻrganish davomida Guliston shahar "Namuna" MFY hududiga fuqaro O. N   tomonidan maxsus suyuq chiqindi tashuvchi avtotransport vositasida belgilanmagan joyga suyuq chiqindi toʻkganligi uchun unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 91 prm1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, 340 000 soʻm jarima jazosi qoʻllanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube