Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.13K subscribers
11.6K photos
1.08K videos
4 files
4.44K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#seminar

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yil 9-fevral kuni Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmonning 6-bandi ijrosi yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Tovar xom-ashyo birjasi mutaxassisi hamda viloyatdagi ikkilamchi xomashyoni qabul qilish, sotish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Soha xodimi tomonidan ushbu Farmonning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirib oʻtildi. 2024-yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshirilishi hamda birja savdolarida ishtirok etish tartibi tushuntirildi.

Maʼlumot uchun, viloyatimizda 2023-yilda 11 ta ikkilamchi xomashyoni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan 51100 tonna chiqindilar qayta ishlanib, qayta ishlash darajasi 36 foizni tashkil qiladi.

Web-site | Telegram | Face book
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 18-bogʻcha oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 2 dona (shumtol, tut ) daraxtlarining tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ tomonidan betonlangani aniqlandi.

Ushbu daraxtning tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ ishchisi tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi. Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#CMSCOP14 boshlanishi arafasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen hamda suvli-botqoqli yerlar bo‘yicha Ramsar konvensiyasi Bosh kotibi doktor Musonda Mumba birinchi marta O‘zbekistonga keldi.

Samarqand aeroportida yuqori martabali mehmonlarni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov kutib oldi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 1992-yilda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturiga qo‘shilgan va UNEP tomonidan boshqariladigan 9 ta ko‘p tomonlama ekologik bitim va tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.

O‘z navbatida mamlakatimiz 2002-yil 8-fevralda Ramsar konvensiyasiga a’zo bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoqli yerlarning umumiy soni 4 taga, maydoni 674,4 ming gektarga yetdi.
___
Yuksalish liderlar akademiyasi Sirdaryo filiali liderlari ommani “Tozalik farishtalari” mehnatini qadrlashga chaqirib fleshmob oʻtkazdi

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#CMSCOP14 #COP14Samarkand

🌐Samarqandda BMT bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda BMTning Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyasi ijrochi kotibi Emi Frankel ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasi 14-yig‘ilishining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.


🌐В Самарканде состоялась церемония поднятия флага ООН, в которой приняли участие министр экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Азиз Абдухакимов и исполнительный секретарь CMS Эми Френкель.
Напомним, уже завтра состоится церемония открытия 14-го заседания Конференции Сторон Конвенции по сохранению мигрирующих видов диких животных (CMS COP14).


🌐A UN flag-raising ceremony was held in Samarkand, attended by the Minister of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, Aziz Abdukhakimov, and the Executive Secretary of the Convention on the Conservation of Migratory Species of Wild Animals (CMS), Amy Fraenkel.

The opening ceremony of the 14th meeting of the Conference of the Parties to the Convention on the Conservation of Migratory Species of Wild Animals (CMS COP14) will take place tomorrow.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM