Aziz hamkasblar!
Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik oilangizga farovonlik tilab qolaman.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin! Bayramingiz qutlug’ kelsin azizlar!
Hurmat bilan, Sirdaryo viloyati "Toza hudud" DUK direktori Saidbekov Yusuf Nurqulovich

🇺🇿 Сирдарё вилояти ҳокими Акмалжон Махмудалиевнинг Ўзбекистон Мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан байрам табриги
Азиз ва муҳтарам юртдошлар!
Барчангизни энг улуғ, энг азиз байрам — мамлакатимиз мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Халқимиз учун бу байрам жуда қадрли. Мустақилликка не-не жафолардан сўнг, сабр-матонат билан эришилди. Меҳнат, машаққатлар билан йилдан-йилга мустаҳкамланди. Бугун мамлакатимиз эркин, обод ва фаровон ҳаёт қуриш йўлидан дадил одимламоқда. Ўзбекистонда "Инсон қадри учун" деган эзгу тамойил асосий талабга айланди.
Кўзлаган мақсадларимиз аниқ. Албатта, Янги Ўзбекистонни муҳтарам Президентимиз бошчилигида мард ва меҳнатсевар, кўп миллатли халқимиз билан биргаликда барпо этамиз. Айни бугунги улуғ айёмда сизларга, сиҳат-саломатлик, янги-янги ютуқлар, оилавий хотиржамлик ёр бўлишини тилайман. Мустақиллигимизни қадри боқий, байрам шукуҳи файзли, истиқлолимиз абадий бўлсин!
Ҳурмат билан,
Акмалжон Махмудалиев
Сирдарё вилояти ҳокими

#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumanida joylashgan koʻmir zavodidan badboʻy hid chiqayotganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari hamda Sirdaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida Sirdaryo tumanida joylashgan “KOʻMIR SAQLASH” omboriga yaqin hududlardan laboratoriya tahlillari oʻtkazildi.
Hozirda ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 374-sonli qarori boʻyicha “Tadbirkorlik subʼektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni”ga tekshirish oʻtkazish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Tekshirish yakuni bo'yicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.

#Tadbir
Bugun, 4-sentyabr kuni butun mamlakatimizda boʼlgani kabi viloyatimizdagi mavjud 326 ta umumtaʼlim va xususiy maktablarda birinchi qoʼngʼiroq tadbirlari va “Mustaqillik darslari” koʼtarinki ruhda tashkillashtirildi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostidagi oʼtkazilgan ana shunday tadbirlarda Sirdaryo viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasi xodimlari xam ishtirok etishib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini yanada oshirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida nashr etilgan bolalar uchun mo‘ljallangan Qizil kitobi sovgʼa qilindi.
Shuningdek, bugun Sirdaryo tuman inspeksiyasining davlat inspektorlari tomonidan 14,16,20,22- umumtaʼlim maktablarida mustaqillik darslarida bolajonlar Vatanimiz tabiati, o‘simliklar va hayvonot dunyosini asrash kabi tushunchalar ham berildi.

O’zingizni sinab ko’ring.
SAVOL: Butunjahon tozalik kuni har yili qaysi sanada nishonlanadi?

Anonymous Quiz
30%
A. 18-sentyabr
12%
B.17-sentyabr
26%
D. 16-sentyabr
32%
E. Sentyabr oyining 3-shanba kuni
O’zingizni sinab ko’ring.
SAVOL: 16-sentyabr- qanday ekologik kun?
SAVOL: 16-sentyabr- qanday ekologik kun?
Anonymous Quiz
44%
A. Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
42%
B. Butunjahon tozalik kuni
11%
C. Butunjahon choʼllanish va qurgʼoqchilikka qarshi kurashish kun
3%
D. Xalqaro bioxilma-xillik kuni
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Sirdaryo tuman hududida joylashgan noqonuniy chiqindixona bartaraf qilindi va ushbu holat takrorlanmasligini oldini olish maqsadida targʻibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Hurmatli fuqarolar!
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

SAVOL: O'zbekistondagi qaysi davlat qo'riqxonasi biosferik qo'riqxona hisoblanadi?
SAVOL: O'zbekistondagi qaysi davlat qo'riqxonasi biosferik qo'riqxona hisoblanadi?
Anonymous Quiz
21%
A. Hisor davlat qo'riqxonasi
32%
B. Zomin davlat Archa qo'riqxonasi
8%
D. Kitob davlat qo'riqxonasi
39%
E. Chotqol davlat qo'riqxonasi
O’zingizni sinab ko’ring.
SAVOL:O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 408-sonli Qonun qachon qabul qilindi?

24%
А. 19.09.2016 yil
24%
B. 8.07.2020 yil
19%
D. 20.10.2014 yil
33%
E. 22.09.1994 yil